O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


 Platformalarning afzalliklari va asosiy ko’rsatgichlari


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet296/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

15.2. Platformalarning afzalliklari va asosiy ko’rsatgichlari 
Platformalarning biznes modellarga ta’siri bir qancha yo’nalishlarda amalga 
oshadi, shu jumladan, uni oxirgi iste’molchilar tomonidan birgalikda ishlatilish 
imkoniyati 
mavjud, 
mutaxassislar 
esa 
platformadan 
foydalanib, 
foydalanuvchilarning “talablari bo’yicha” turidagi biznesni amalga oshira oladilar. 
Platforma ishtirokchilarining tarmog’i qanchalik keng miqyosda bo’lsa, 
iste’molchilarning muammolarini hal qilish uchun kerakli bo’lgan variantlarni 
qidirish uchun kerak bo’lgan ma’lumotlar manba’i ham shunchalik keng miqyosda 
bo’ladi. Platforma esa kelishuvlarning foydaliroq bo’lishini kafolatlaydi. 
Zamonaviy tarmoq texnologiyalari bunday tarmoq effektini kuchaytiradi. Bu esa 
o’z navbatida, munosabatlarni shaxsga yo’naltirishga, talabni agregatsiya qilishga, 
yangi ilovalar ishlab chiqishga olib kelib, tarmoqning kengayishiga hizmat qiladi. 
Cadillac kompaniyasining Book servisi bu markadagi avtomobillarning egalariga 
mavsum va talablarga muvofiq ravishda mashinalarni almashtirib turishga imkon 
beradi. Bu hizmatning abonent to’lovi oyiga 2 ming dollar bo’lib, mijozning yangi 
avtomobiliga barcha pleylistlar, radoistantsiyalar sozlovlari va oldingi 
avtomobildagi o’rindiqning eng yoqimli holatlari ko’chiriladi (URL: 
https://dni24.com/exclusive/107848-companiya-cadillac-zapustit-servis-book-by-
cadillac.html). Yuqorida ko’rsatilganlardan tashqari, platformalar quyidagi 
muammolarning innovatsion yechimlarini ham taklif qiladilar: 

Iste’molchilar va yetkazuvchilar uchun chegaralangan kirish muammosini 
hal qilib beradi. Masalan, Uber va Yandex.Taxi da transport hizmatlari 
ko’rasatish sohasida, Coursera — esa ta’lim sohasida hal qilib beradilar; 

Platformalar iste’molchilarga arzonroq biletlar topishga, qimmat 
mehmonxonalar o’rniga arzon turar joylar topishga, transport uchun 
yo’lovchilar yoki tashishga qo’shimcha yuklar topishga imkon beradilar; 

Bank 
hizmatlaridan 
foydalanishni 
ancha 
soddalashtiradilar 
va 
yengillashtiradilar; 


527 

Platformalar ortiqcha vositachilarni yo’q qilib, tovarlar yetkazib berish yoki 
hizmat ko’rsatish zanjirini optimallashtiradilar.
Platfromalarning afzallik tomonlariga ishtirokchilarning boshqa resurslaridan 
foydalana olishi ham kiradi (shering yoki birgalikdagi foydalanish). Bu esa 
ishtirokchi 
kompaniyalarning 
foyda 
miqdori ko’payishiga, tranzaktsion 
harajatlarning kamayishiga olib keladi. Bundan tashqari, platformalarda ishtirok 
etish mahsulot va hizmatlar sohasida innovatsiyalarning rivojlanishiga, bozorga 
chiqishning osonlashishiga va mijozlarni ushlab qolishga olib keladi. 
Platformalarning eng muhim resursi u generatsiya qilayotgan ma’lumotlar 
miqdorining juda ham kattaligidir. Agar bu ma’lumotlar unikal bo’lsalar, yaxshi 
analitika yordamida platforma ishtirokchilarining ma’lumotlaridan foydalanib, 
kerakli va foydali bo’lgan informatsion resurslariga ega bo’lish mumkin. Bunday 
information resurslar esa o’z navbatida, bunga qiziqqan kompaniyalarga (reklama 
va konsalting kompaniyalarga) sotilishi mumkin (monetarizatsiya). Misol uchun, 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling