O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
ko’rsatgichlar hos bo’lishi kerak ekan
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
ko’rsatgichlar hos bo’lishi kerak ekan:
Platformali texnologiya biror bir sohada bitta yoki bir nachta muhim funktsiyalarni bajara olishi kerak; Platforma qandaydir “standartlar” ni o’rnatishi va yechimlar yoki mahsulotlarning umumiy arxitekturasiga ta’sir qila olishi lozim; Tarmoq hamkorligi hisobiga rivojlanish imkoniyatlariga ega bo’lish uchun platformaning boshqalar uchun ochiq yoki yarim ochiq bo’lishi talab etiladi; Iqtisodiyot nuqtai-nazaridan platforma texnologiyasi qo’shimcha hizmat va mahsulotlar taklif etuvchi komplentator kompaniyalarning ishtirok etishiga imkon berishi lozim, chunki shundagina u qo’shimcha rivojlanish 530 potentsiyliga ega bo’ladi hamda asosiy mahsulot yoki hizmatlarga qo’shimchalar taklif etib, platformaning rivojlanishiga o’zining baholi- qudarat hissasini qo’sha oladi; Platformaning rivojlanish strategiyasini shakllantirish uchun o’yinlar nazariyasidan foydalanish foydadan holi bo’lmaydi. Masalan, ba’zi xolatlarda qisqa muddatli g’alabadan voz kechish, barcha o’yinchilarga (bizning xolatda platforma ishtirokchariga) undan kattaroq foyda olishga imkon beradi. A. Gaver va M.Kusumanolar ham (Gawer A., Gustamo M., Industry Platforms and Ecosystem Innovation. //Pro J. Innovation Management, 2014, №31 (3). C.413- 433. 2 - Эдельман Б. Как запустить цифровую платформу / / Harwrd Business Rewiev – Россия. 2015. Апрель. С. 80-87.) platformalarning rivojlanishiga oid shunga o’xshash kriteriyalarni keltiradilar. Ularning fikrlariga ko'ra: Tarmoq platformasi kengroq texnologik tizimga mos bo’lgan funktsiyalarni bajarishi lozim; Platforma tarmoq bozorining ko’pchilik ishtirokchilariga tegishli muammolarni hal qilib berishi kerak, chunki shundagina tashqi kompaniyalar platformaga qo’shilishga intiladilar; Platformaning texnologik arxitekturasi bilan birga unga qo’shilish yoki kirish qoidalari ham ishlab chiqilgan bo’lishi zarur; Platformaning barcha ishtirokchilari uchun majburiy bo’lgan tartiblar, shu jumladan, platformaning ishlashi va unga innovatsion o’zgartirishlar kiritishning strategik qoidalarini ishlab chiqish lozim. Yuqoridagi sanab o’tilgan kriteriyalar juda muhim, ammo ular kompaniyaga o’z an’anaviy texnologiyalarini tarmoq texnologiyasiga transformatsiya qilishi yoki maqsadli ravishda shunday platformalar yaratishi uchun yetarli emasdir. Afsuski, hozirda tarmoq platformalarini yaratish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar ishlab chiqilmagan. Lekin ko’pchilik mutaxassislarning fikriga ko’ra, hozirda rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyotda yuqori texnologik kompaniyalarning asosiy rivojlanish yo’nalishi - strategik afzallikka ega platformalar yaratish va ularning asosida biznes ekotizimlari tashkil etishdir. Huddi shu ish uzoq istiqbolda ularning 531 bozordagi raqobat kurashida muvaffaqiyat garovi bo’lib hizmat qiladi. Google va shunga o’xshash kompaniyalar amaliyotining eng yaxshi tajribalarini umumlashtirish reklama jarayonidan daromad olishga mo’ljallangan platformalar tashkil qilish uchun tavsiyalar ishlab chiqishga imkon berdi. Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling