O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
-bob uchun nazorat savollari va topshiriqlar
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Platform Thinking Labs
15-bob uchun nazorat savollari va topshiriqlar
1. Ichki platformaning tashqi platformalardan asosiy farqi nimalardan iborat? Ichki va tashqi platformalarga misollar keltiring; 2. Tashqi platformalar iste’molchilarning qanday to’rt muammolarini hal qilib beradilar? 3. Tashqi platformaning to’rtta asosiy ko’rsatgichini keltiring va ularni misollar yordamida tushuntirib bering. 4. Tashqi platformalarning asosiy ishtirokchilarini sanab bering va ularni misollar vositasida tushuntiring; 5. Zamonaviy rahbarlarning platformali tafakkuri nimalardan iborat bo’lishi lozim? 6. O’zbekiston iqtisodiyotida platformalar yaratish va ularni ishlatish bilan bog’liq bo’lgan muammolarni misollar vositasida tavsiflab bering. 7. Platformalar asosidagi biznesning rivojlanishi raqobat hamda kompaniya va platforma egalari orasidagi munosabat bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina muammolarni keltirib chiqaradi, shu muammolarni sanab va tushuntirib bering. 8. Platform Thinking Labs kompaniyasining hodimi S.Choudari platformali biznes-modelni yaratish uchun quyidagi yondoshuvning mohiyatini tushuntirib bering. 543 16-BOB. TIZIM TUSHUNCHASIDAN BIZNES-EKOTIZIM TUSHUNCHASIGA O’TISH 16.1. Biznes ekotizimlarning asosiy hususiyatlari Ko’pchilik mutaxassislarning fikrlariga ko’ra, kompaniyalar platformalar asosida raqamli texnologiyalarning va biznesni rivojlantira turib, ekotizim tashkil qilish zarurligini tushunadilar. Bu hozirgi davrda turli-tuman ma’lumotlarga ega bo’lish yetarli emasligini, balki bu ma’lumotlardan qanday qilib keraklilarini tanlab olish hamda ularni biznes va jamiyat manfa’atlari yo’lida ishlatishni anglatadi. Bu ishni bitta inson yoki kompaniya qila olishi juda ham murakkab masala, shuning uchun ham ertangi kun iqtisodiyoti turli ishtirokchilar bilan hamkorlikka, yangi ekotizimlar tashkil qilishga va qiymatlar hosil qilish zanjirining maqsadga muvofiq ravishda o’zgarishiga asoslanadi. Biznes ekotizimlarining tashkil etilishi va ekotizimlarning rivojlanishiga raqamli dunyo katta ta'sir ko’rsatadi va bu ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va iste'molchilar uchun chergaralanmagan imkoniyatlar yaratib beradi. Konsalting kompaniyalarning aytishlariga ko’ra, hozirgi paytda rahbarlarning mental holatlari ham o’zgarib borayapti. Agarda ular avval faqat biznes haqida, foyda haqida o’ylagan bo’lsalar, endi ular yetkazib beruvchilar, iste’molchilar, transport kompaniyalar, to’lov tizimlari, qo’shni industriyalardagi kompaniyalar hamda tarmoqdagi boshqa kompaniyalar bilan muloqotning yangi usullarini qidirmoqdalar. Bu izlanishlar natijasida kompaniyalar biznes-ekotizimlar yaratishda yangi imkoniyatlarni ko’rmoqdalar. Biznes-ekotizimlarni o’rganish menejmentdagi nisbatan yangi yo’nalishlardan biri bo’lib, uning vujudga kelishi internet va raqamli texnologiyalarning rivojlanishi natijasida biznesning modellari va hamkorliming modellarining o’zgarishi bilan bog’liq. Ekotizim tushunchasi biznesga Djeyms F.Murning ilmiy izlanishlari tufayli 1993 yillarda biologiyadan kirib kelgan. U istalgan bir murakkab tizimni uning 544 boshqa tashkilotlar bilan o’zaro muloqoti orqali o’rganishni taklif qilgan va “biznes-ekotizim - business ecosystem” degan atamani kiritgan. Bunda u bunday tizim sifatida dinamik va birgalikda yangi mazmunlar yaratadigan murakkab tizimni tushungan (Accenture Technology – Vision 2015. URL: Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling