Yandex.Taxi deb nomlangan platformasini yaratib olgan. Platformaning egasi
protokollardan, qoidalardan, brenddan va normalardan foydalanib, platformaning
faoliyat ko’rsatish standartlarini aniqlab oladi. Protokol taoliyat turi uchun mos
bo’lgan qoidalar majmui bo’lib, u har qanday murakkab holatda ham jarayonni
normal holda ushlab turishga hizmat qiladi. Kommunikatsiyalar olamida ingliz tili
protokol bo’lsa, bank hizmatida SWIFT, internet olamida esa HTTP. Protokolni
yaratish va uni boshqarish, tizimdagi barcha muhim jarayonlarni boshqarishni
anglatadi. Protokolga o’xshash tarmoq tuzilmalarida protokol tarmoqning nazorati
va uning ishlashini quvvatlab turuvchi dasturiy tizimdir. Huddi shuning uchun
ham, protokollarni o’zgartirish juda ham murakkab bir jarayondir. Visa,
Mastercard va shularga o’xshash platformalar asosidagi to’lov tizimlarida turli xil
tashkilorlar tomonidan chiqariladigan to’lov kartalarining tashqi ko’rinishini va
undagi brend logotipning borligini boshqaradigan qoidalar mavjud. Bundan
tashqari, aniq bo’lmagan tranzaktsiyalar bilan bog’liq bo’lgan qoidalar ham
mavjud. Ammo kartalarning egalari turli joylarda to’lovlar amalga oshrilishi
mumkinligini, sotuvchilar esa kompaniya ularga kartalarga hizmat ko’rsatish bilan
bog’liq xarajatlarni qoplashni kafolatlashini biladilar.
Uber platformasida haydovchilar va yo’lovchilar o’zaro kelishib oladilar va
o’z xatti-harakatlarini murakkab dasturiy ta’minot asosida asosida koordinatsiya
qilib turadilar, ya’ni, yo’lovchilar haydovchini, haydovchi esa yo’lovchilarni
baholaydilar. Platformalar “innovatsiya ruhsat talab qilmaydi” (Google) deb
nomlangan siyosatni yurgizishi yoki bu faoliyatni sertifikatsiya tizimi orqali (1C
kompaniyasi) boshqarishi, ishtirokchilarning reytinglarini tuzishi (Airbnb va
Uber), foydalanuvchilarga internet buzg’unchilaridan himoya qilish uskunalarini
taqdim etishlari (Twitter va Facebook), sifatsiz ilovalarni yo’q qilishlari (Apple
536
Do'stlaringiz bilan baham: |