O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
platformalar yaratishning ko’p bosqichli jarayonini
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Platform Thinking Labs
- Innocentive™
platformalar yaratishning ko’p bosqichli jarayonini tavsiflab berdilar:
Iste’molchilar nuqtai-nazaridan biror bir qiymatga ega bo’lgan taklifni hosil qilish, ya’ni, platform uning ishtirokchilariga qanday foyda va afzalliklar beradi; Platformaning rivojlanishiga yordam berishlari mumkin bo’lgan potentsiyal hamkorlar va mustaqil kompaniyalarni topish. Bunda albatta hamkorlik shartlarini va hamkorlar nimalarga ega bo’lishini aniqlab olish kerak bo’ladi; Iste’molchilar, hamkorlar va yetkazib beruvchilar hamjamiyatini tashkil qilish uchun nimalar qilish lozim ekanligini aniqlash (reagregatsiya); Qimmatlilarning harakatini va almashinuvini vizual ravishda ko’rsatib beradigan qandaydir haritani tayyorlash (vizualizatsiya); Platformani standartlar asosida boshqarish va uning turli usullar yordamida quvvatlab turish; Platform Thinking Labs kompaniyasining hodimi S.Choudari platformali biznes-modelni yaratish uchun quyidagi yondoshuvni taklif qildi: Biznesni platforma formatida tasavvur qilib, bunda platform texnologiyasining yuqorida ko’rsatilgan kriteriyalariga tayanish; Platforma biznes-modelining dizayni bosqichida platforma ishtirokchilarining o’zaro muloqotini tavsiflash kerak, chunki bu ochiq infratuzilmani ishlab chiqish uchun zarur bo’ladi; Platformaning ko’lamini kengaytirish uchun uning kumulyativ qiymatini (qiymat yaratish ko’rsatgichlarini) tavsiflash hamda ishtirokchilarning o’zaro muloqotini ta’minlash va tushunmovchiliklarning oldini olish bo’yicha boshqaruv yechimlarini ishlab chiqish lozim. Platforma ko’lamini kengaytirish muloqotlarning samaradorligi va qaytaruvchamligini oshirish orqali amalga oshiriladi; Platforma asosidagi biznes-modelni ishga tushirib yuborish uchun stimullar ishlab chiqish; 538 Tarmoqlar olamida virusli o’sishning harakatlantiruvhi kuchini tushungan holda bu ishga kompaniyaning texnik va marketing imkoniyatlarini keng jalb qilish; Tarmoqning teskari aloqa effektini ham hisobga olib, qachon ko’lamning oshishi biznes uchun havfli bo’lib qolishini tushunishga urinish, chunki juda ham ko’p muloqot amalga oshganida jarayonning sifati pasayib ketishi ham mumkin. Bir qancha mualliflar platformalarni iqtisodiy katalizator sifatida tushunadilar. Masalan, D.Evans va R.Shmalenskylarning fikrlariga ko’ra (Эванс Д, Шмаленски Р. Кодк атализатора. Стратегии прорыва в современном бизнесе. М.: Вершина, 2008 г), iqtisodiy katalizator - ikkita yoki undan ko’proq iste’molchilar guruhi orasidagi muloqot natijasida qiymat hosil qilish jarayonnini tashkil qiladigan kompaniyadir. Xuddi kimyoga o’xshash, katalizator-kompaniya kam harajatlar bilan yuqori qiymat hosil qilishi mumkin. Muvaffaqiyatli katalizator- kompaniyaning innovatsiyalari bunga qiziqqan guruhlarga bir-biri bilan osonroq muloqot qilish orqali biznesni yuritishga imkon beradi. Bunday kompaniyalar guruhlarni o’zaro muloqot qilishga undamaydi, balki ular barcha ishtirokchilar uchun foydali muhitni yaratib beradi. Buning natijasida esa ushbu kompaniyalarning bizneslari an’anaviy bir olchamli (chiziqli)dan ko’p o’lchamli xolatga o’tib qoladi. Katalizator-kompaniyalarga misol qilib, to’lov kartalari tizimlarini, qidiruv tizimlarini, birjalarni, savdo komplekslarini ko’rsatishimiz mumkin. Katalizator-kompaniyalarning asosiy funktsiyalariga hamjamiyat hayotini me’yorida saqlab turish, auditoriyani tashkil qilish va harajatlarni minimallashtirish uchun ishtirokchilar (platformalar yoki tarmoqlar) orasida foydali aloqalar o’rnatilishidir. Ochiq innovatsiyalar tamoili innovatsiyalardagi to’rtinchi davrni boshlab beradi va uni korporativ katalizatorlar davri deb atash ham mumkin. Agar innovatsiyalarning birinchi davri ixtirochi insonlar bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchisi korporativ call-markazlar bo’lgan, undan so’ng, venchur kapitalistlar quvvatlagan startaplar davri boshlangan va hozirda esa katta kompaniyalar qo’llab- quvvatlayotgan korporativ katalizatorlar davri boshlanayapti. Ushbu davrning kirib 539 kelishi kompaniyalarning innovatsiyalar yaratish uchun global infratuzilmasidan foydalanoyotgan insonlarning borligi, brendning ahamiyati, jarayonlarning sozlanganligi va dunyoviy muammolarni hal qilish uchun hamkorlik aloqalarini o’rnatish bilan bog’liqdir. Bundan tashqari, katta kompaniyalar ham ochiq innovatsiyalar tamoilidan foydalanib, o’z atroflarida kompaniya platforma texnologiyasidan foydalangan xolda ekotizim yaratuvchilarni to’playaptilar. Ba’zida kompaniyalar Innocentive™ kabi innovatsiyalar sohasidagi mustaqil platformalar hizmatlaridan foydalanishlari ham mumkin (ЭнтониС. Новая корпоративная кухня. О том, где сейчас процветает самое новаторское и революционное мышление//Harward Business Review — Россия. 2012. Сентябрь. С. 43—2., Эдельман Б. Как не платить дань в Интернете. Четыре способа найти управу на таких, как Google, Amazon и Kayak // Harward Business Review — Россия. 2014. Октябрь. С. 77-78.) Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling