O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
http://www.ludidela.ru/artikles/1073509
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
http://www.ludidela.ru/artikles/1073509
) . Biologiyada esa ekotizim bu yashash joyi bo’lib, uning faoliyat yo’nalishi va barqarorligi ekotizimning tashkil etuvchilari hilma-hilligi va o’zaro muloroti orqali amalga oshiriladi. Keyinchalik 2006 yillarda Dj.Mur biznes-ekotizimni bozorlar va firmalar kabi muhim bo’lgan tashkiliy tuzilma sifatida ko’rgan (Мооrе J.F. Predators anr Pray: A new ecology of competition. URL: http://www.ncbi.nlm.nih.gov/pubmed/10126156 ) . Yuqorida eslatib o'tilgan uch tashkily tuzilmani solishtirgan holda Mur ta'kidlaydiki, bozorlar mahsulot va hizmatlarning tranzaktsiyasini ta'minlab bersa, firmalar mahsulotlar ishlab chiqishni nazorat qiladilar. Ekotizimlarning kompaniyaga kiritadigan asosiy ulushlari sifatida mahsulotlarga va ularni ishlab chiqarishga bo’lgan innovatsiyalarni, shu jumladan, bozorning, firmalarning va mahsulotlarning birgalikdagi evolyutsiyasini tushunish mumkin. Kompaniyalar biznes-ekotizimda innovatsiyalar tevaragida birgalikda yangi mahsulotlar yaratish, mijozlarning talablarini qondirish va ularni yanada innovatsion qilish uchun o’z imkoniyatlarini birgalikda rivojlantiradilar. Bunda ular hamkorlikda va raqobat kurashida ishlaydilar. Kooperatsyia va hamkorlikning muhimligi atrof-muhitning noaniqligi sharoitlarida dinamizmni ta’minlab beradi, chunki yangi dunyodagi raqobatda muvaffaqiyat ekotizimlar tashkil etishni bilish va ularni boshqara olish tufayli ta’minlanadi. Ekotizimlar qisman bo’lsa ham tashqi muhitning noaniqligini tartibga solishga imkon beradi. Biznes-ekotizimlar biznesning yiriq integrallashgan tuzilmalariga qo’shimcha sifatida faoliyat ko’rsatib, ular nomoddiy aktivlar – platforma texnologiyalari, bilimlar va kompetentsiyalar majmuasi sifatida yuzaga keladilar (Moore J.F. Business ecosystems and view from the firm. Vol. 51; № I. Р. 74.). Ular ekotizimning mustaqil ishtirokchilariga resurslar va vaqt sarfini ancha kamaytirgan holda, o’z bizneslarini yaratish va uni rivojlantirish imkonini beradilar. Ekotizim doirasida ishtirokchilarning umumiy va birgalikdagi iqtisodiy 545 bilimlar va ko’nikmalarni ko’paytirish mumkin bo’ladi. Biznes-ekotizim tushunchasining ma’no-mohiyati bo’yicha hozircha umumiy bir fikrlar shakllanmagan, shuning uchun ham ilmiy adabiyotlarda biznes ekotizim tushunchasi ko’pincha kompaniyalarning bir-biri bilan o’zaro aloqasi sifatida tushuniladi (masalan, klasterlar, tarmoq tusilmalari va boshqalar). Ammo M.Porterning fikriga ko’ra (ПортерМ. Конкуренция. М.: Вильямс, 2005. С. 257.), klasterlar tashkilotlarning o’ziga hos jug’rofiy to’plami bo’lib, biznes- ekotizimlarda bunday qattiq talablar mavjud emas. Boshqa tomondan, biznes- ekotizimlarni ishlab chiqarishning, innovatsion infratuzilmaning va tashqi muhitlarning majmuasi sifatidagi tushunilishi ham mavjud (Moore J.F. Business ecosystems and view from the firm. Vol. 51; № I. Р. 74.). M.Iansity va Z.Levien biznes ekotizimini tashkilotlarning bir-biriga bog’liq guruhi sifatida aniqlaydilar. Bunda ekotizimning har bir a’zosi uning kim bo’lishidan qat’iy- nazar, tarmoqning taqdiri bilan bog’liq bo’ladi. Ekotizimlarning asosiy bir hususiyatlaridan biri – unda uning ishtirokchilari o’z faoliyatlarida ishlatishlari mumkin bo’lgan servislar, uskunalar va texnologiyalar sifatidagi platformaning mavjudligidir. Masalan, Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling