O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Skydrive
Microsoft ekotizimiga mustaqil vendorlar, tizimli integratorlar, trenerlar,
sotuvchilar tarmog’i, internet va xosting hizmatlari ko’rsatuvchilar, biznes- maslahatchilar, dasturiy mahsulotlarni quvvatlab turuvchilar, agregator-firmalar, mutahassislashgan do’konlar va boshqalar kiradi. Microsoft ekotizimi iste’molchilarga nimalar beradi va uning qimmatliligi nimalardan iborat? – degan savolga quyidagicha javob berish mumkin: birinchidan, foydalanuvchilarning o’z servislariga istalgan qurilma (shaxsiy komp’yuter, noutbok, planshet, smartfon, televizor) orqali kirishi mumkinligi, ikkinchidan, Skydrive ilovasi Microsoft ning istalgan qurilmalari orasida ma'lumot almashinuvini ta'minlab beradi, uchinchidan, Xbox Music tekinga musiqa eshitishga imkon beradi. Ekotizim mustaqil ishtirokchilar va guruhlarning moslashuvchan tarmog’i bo’lib, u birgalikda innovatsion yechimlar va texnologiyalar yaratish asosida rivojlanadi (Moore J.F. Business ecosystem and view from the firm//Bulletin. 2006. Spring. Vol. 51; №1). AQSH dagi taniqli bisnes-lider L.Kopeykinaning fikriga ko’ra, har qanday biznes 546 ekotizimi to’rtta asosiy tashkil etuvchidan iborat: bular g’oyalar, tadbirkorlik tajribasi, moliyalashtirish manba’i va ularni bir butun qilib birlashtirib turadigan hamjamiyatdir. Uningcha, ekotizim uchun birlashtiruvchi omil sifatida innovatsion markaz hisoblanadi va u g’oyalarni tanlashni va ularning eng yaxshisini moliyalashtirishni amalga oshiradi (ШиляевА.В. Развитие информационно- коммуникационных бизнес-экосистем высокотехнологичных ТНК (например компании Nokia). автореф.дис. канд. экон. наук. СПб., 2013). Bizning fikri ojizimizcha, bunday aniqlanuv innovatsiyalar ekotizimga yaqinroq bo’lsa kerak. Ko’pchilik mualliflarning fikrlariga ko’ra, biznes-ekotizimlari innovatsiyalarning rivojlanishiga hamda uning ishtirokchilari ko’payishiga sabab bo’ladi, chunki ekotizimdagi kompaniyalar bir-biriga bog’liqdir. Ular texnologik yangiliklarni almashinish orqali yangi mahsulotlar ishlab chiqarishlari mumkin yoki iste’molchilar orqali bir-birlariga foyda keltirishlari mumkin. Biznes ekotizimda ko’pincha ikki tomonlama yutuq win-win holati amalga oshiriladi, ya’ni, har bir ishtikorchi yutuqqa ega bo’ladi. Demak, biznes-ekotizim tarmoq tuzilishiga ega bo’lgan kompaniyalar hamjamiyatidir, ammo u o’ziga hos hususiyatlarga ega. Biznes-ekotizim tarmoq tuzilmasi sifatidagi quyidagi hususiyatlarga ega: Ekotizimning o’ziga hos yadrosi (asosi) mavjudligi – bu yadro sifatida ko’pincha platforma yoki platforma texnologiyasi namoyon bo’ladi. Ekotizim ishtirokchilari ushbu platformani o’z faoliyatlarida ishlatadilar; Ekotizim bozorlar va imkoniyatlar fazosidir. Dj.Murning firkiga ko’ra, ekotizim fazoda biznesning rivojlanishiga bo’lgan kooperativ yondoshuvdir. Texnologiyalarni, yechimlarni va mahsulotlarni kombinatsiyalagan holda, ekotizim doimiy ravishda yangi ishtirokchilar (yaratuvchilar, provayderlar va iste’molchilar) qo’shiladigan fazo bo’lib qoladi va o’z imkoniyatlari bilan boshqalarni jalb qila boshlaydi; Turli hildagi agentlarning (mul’ti agentli hamjamiyatning) mavjudligi – bunda ekotizimning tashkilotchisi, asosiy egasi, yaratuvchilari, provayderlari, sotuv bo’yicha hamkorlari, haridorlari va foydalanuvchilari 547 yoki sponsori ajratib ko’rasatiladi. Ekotizim egalari platformani yaratadilar, uning arxitekturasini aniqlaydilar, intellektual mulkka egalik qiladilar, o’z ekotizimlarida ishtirokchilarning o’zaro muloqoti qanday bo’lishi qoidalarini ishlab chiqadilar, innovatsiyalarni quvvatlab turadilar, ekotizimning ishlatilishini ko’pchilik hollarda IP orqali nazorat qiladilar hamda ekotizimning rivojlanishini ta’minlab beradilar. Mustaqil dasturchilar yoki raqamli hamkorlar ekotizimda asosiy mahsulot uchun API dan foydalangan holda yangi mahsulotlar yoki servislar yaratgan holda qo’shimcha qiymat hosil qilishlari lozim bo’ladi. Provayderlar esa sotuvchilar sifatida platformaning foydalanuvchilariga mahsulotlar va hizmatlar taklif qiladilar. Ekotizimning arxitekturasi vertikal yoki gorizontal tarzda tashkil qilinishi mumkin. Vertikal arxitektura bitta tarmoqqa mo’ljallangan bo’ladi. Masalan, Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling