O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet310/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Philips o’z platformasini sog’likni saqlashga yo’naltirgan. Gorizontal 
arxitektektura esa bozorning bir necha sektoriga mo’ljallangan bo’ladi. 
Masalan, Bosh kompaniyasining Connected World platformasi energetika, 
qurilish va yuk tashishlarga mo’ljallangan. Arxitektura ekotizim 
ishtirokchilariga mavjud imkoniyatlar va tuzilmalar asosida to’g’ri qarorlar 
qabul qilishga imkon beradi. Ekotizim arxitekturasini tashkil etayotganda, 
eng asosiy masalalardan biri texnologiyalarni bir-biriga mos tushishi 
(integratsiyalashish)dir.

Ekotizimning faoliyat ko’rsatish qoidalarining mavjudligi. Bularga 
ekotizimga kirish qoidalari, uning ochiqlik darajasi (kim va qanday 
shartlarda ekotizimga kira oladi), ekotizimda ishlash qoidalari kiradi. 
Endi biznes ekotizimni boshqarish muammolarini ko’rib chiqamiz. Biologik 
tizimlardan farqli ravishda, biznes-ekotizimlar o’z-o’zicha moslasha oladigan 
tizimlar emas va ular o’ziga hos hususiyatlarga ega. Ekotizimlarning 
tashkilotchisi va egasi quyidagi vazifalarni bajaradi: 

Boshqaruvchi sifatida ishtirokchilarning birlashishi va koordinatsiya 
qilinishi uchun samarador usullarni ta’minlab beradi; 


548 

Raqobatchilardan himoyalanish va liderlikni saqlash uchun ekotizimdagi 
doimiy texnologik va tashkiliy o’zgarishlarni qo’llab-quvvatlab turadi va 
ularni boshqaradi; 

Hamkorlar va iste’molchilar uchun ekotizimning jalb qilinishligini 
oshirishning turli hildagi usullar va qoidalarni ishlab chiqadi; 

Ekotizimning obru-e’tiborini me’yorida saqlash uchun turli hil uslub va 
uslubiyatlarni ishlab chiqadi va hayotga tadbiq etadi. 
Lekin ekotizimlardagi asosiy boshqaruv muammosi ekotizim ishtirokchlarining 
birgalikdagi faoliyatidan daromad olish va sinergizm effektiga erishishdir. 
Ekotizimning asosiy faoliyat yo’nalishi bozorlarning va kompaniyalarning doimiy 
innovatsiyar asosidagi birgalikdagi boshqariluvchi evolyutsiyasidir. Masshtab 
effekti va opetatsion samaradorlikdan foydalanish o’rniga tovar, hizmat va 
texnologiyalarni agressiv yaxshilashni raqobatchilardan himoyalanishning bir 
vositasi sifatida tushunish mumkin. Ekotizim yo’lboshchisi-lideridan tashqi 
muhitning signallariga e’tibor bergan xolda, hamda ekotizim rivojlanishining 
asosiy yo’nalishlarini ko’rsatib berib turgan holda ishlashi talab etiladi. 
Ekotizimning evolyutsiyasi va uning doimiy rivojlanishi uning ish ko’lamini 
kengaytirish, yangi bozorlarga chiqish va ommabopligini kengaytirish bilan 
amalga oshiriladi. Ekotizimlar ko’pincha rivojlanayotgan platformalar asosida 
tashkil etiladi. Bunda mustaqil yaratuvchilar qancha ko’p bo’lsa, shuncha ko’p 
sondagi mahsulotlar yaratiladi va bu ekotizim uchun ko’proq haridorlarni jalb 
qiladi. Natijada ekotizimda har bir ishtirokchisining sotuv hajmi ham ortadi. Bu esa 
o’z navbatida ekotizimning rivojlanishi, unga innovatsiyalar va investorlar jalb 
qilinishini oshiradi.
Biznes-ekotizim faoliyatining eng muhim yo’nalishlaridan biri resurs richaglari 
(yoki mul’tiplikatorlar)dir, ya’ni, ekotizim tashkilotchisining ekotizim natijalarini 
kuchaytirishga hizmat qiladigan musbat teskari aloqani ishlata olishidir. 
Mul’tiplikatorlar kam sarf qilib, kattaroq natijaga erishishga yordam beradigan 
faktorlar bo’lib, ular platforma asosidagi hamkorlik, iste’molchilar olamini 
kengaytirish (yangi ish yo’nalishlarini topish), aralashtirish (meshap) natijasida 


549 
yuzaga keladi (masalan, mahsulotning yangi ko’rinishlari va imkoniyatlari, yangi 
bilimlar yoki kompetentsiyalar kabilar). Umumiy holda aytganda, ekotizim bozor 
ustidan hukmronlik, ko’proq daromadga erishish, bozordagi noaniqlikni 
kamaytirish, iste’molchilar safini kengaytirish, haridorlarning loyalligini 
ta’minlash va raqobatchilar uchun to’siqlar qo’yish maqsadlarida hizmat qiladi. 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling