O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Platformali fikrlash boshqaruvchilar va rahbarlarning ishga bo’lgan
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
Platformali fikrlash boshqaruvchilar va rahbarlarning ishga bo’lgan
munosabatini quyidagi tarzda o’zgartirib yuboradi: Qimmatlilar (ценности) yaratish usulining o’zgarishi – chunki bunda qimmalik yaratish zanjiri doirasidagi chiziqli fikrlashdan qimmalik yaratish zanjirining ekotizim tarmoq ishtirokchilari doirasidagi platform texnologiyali tafakkuriga o’tish kerak bo’ladi; Qimmatlilarni qabul qilishning o’zgarishi – bunda mahsulotning konkret mijozlar uchun mo’ljallangan qimmatlidan barcha ishtirokchilar uchun kengayayotgan ekotizim qimmatlilariga o’tish va ekotizim kapitalini tashkil etish amalga oshadi. Teskari aloqaga yo’nalgan iteratsion jarayon davomida iste’molchilarning qandaydir bir turiga yordam berish kerak bo’lib 533 qolishi ham mumkin, chunki ular boshqalarni jarayonga jalb qilish uchun yordamlashadilar; Resurslarga munosabat o’zgaradi - resurslarga egalik qilish va ularni nazorat qilish kontseptsiyasidan resurslarni birgalikda ishlatish kontseptsiyasiga o’tish amalga oshriladi {(1- URL: http://bankir.ru/publikacii/platformennaya-economoka-10007338)}. Ko’pnicha buni shering tamoili deb ham atashadi. Bunda platforma va ekotizimning nusxalab bo’lmaydigan resurslariga ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va hamjamiyat egalik qiladigan resurslar kiradi; Kompetentsiyalarga munosabat o’zgaradi - ekotizimning boshqa ishtirokchilari kompetentsiyalaridan foydalanish hamda ekotizimning yaratilishi va rivojlanishi bilan bog’liq bolgan yangi kompetentsiyalarning hosil bo’lish imkoniyati paydo bo’ladi. Platformalar tashki muhitdagi ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar orasidagi munosabatlarni soddalashtiradi, shuning uchun ham eng muhim kompetentsiyalardan biri ekotizimni boshqarish bo’lib qoladi (ya’ni, tashqi tomonlar bilan muloqot, o’zgalarni platformadan foydalanishga undash va platformani rivojlantrish kabilar); Platformalar bilan bog’liq bo’lgan biznes-modellar kompaniyaga tashqi muhitdan o’zgarishlar olib keladilar va ulardan olingan ma’lumotlar asosida yangi ekotizim yaratish mumkin bo’ladi. Accenture kompaniyasi bunday biznes- modellarning uch asosiy hususiyatini ajratib ko'rsatadi: 1. Muvaffaqiyatli platformaning tarmoq effekti yoki talab masshtabi samarasi – bu samara ikki guruh foydalanuvchilarning birgalikda foyda olish maqsadida bir-birlari uchun qimmatliliar yaratishida vujudga keladi; 2. Distributsiyaning (mahsulot tarqatilishining) soddalashishi – bunday biznes-modellar masshtablashtirilishi mumkin va ular yordamida distributsyaning oxirida foyda ham olinadi. Bu esa sotuvlarning chiziqli masshtablashtirilishi bilan bog’liq yo’qotishlardan qutulishga imkon beradi; 3. Raqobat va asimmetrik o’sish – platformali biznes-modellar qandaydir asosiy bozorga asoslanganliklari bilan, ular noodatiy tarmoqlar bozorlarida 534 ishlashni ham o’z tarkiblariga oladilar. Asimmetriya asosiy yordamchi bozorlarni o’zlashtirish va yangi bozorlarga kirish imkoniyati hisobiga hosil bo’ladi. Bunda raqobatchi kompaniyalar (platformalar) turli yondoshulardan foydalanishlari mumkin ba bu holat har bir ishtirokchiga bozorda o’z joyini topishga imkon beradi. Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling