O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
платформ , Platform (R)evolution
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
платформ
, Platform (R)evolution) deb nomlangan trendni aniqladi. Kompaniya mutaxassislarining fikrlaricha, yangi raqamli platformalarning paydo bo’lishi jamiyatga ikki asr avval fabrikalarning yaratilishidan ham ortiq ahamiyatga ega bolgan inqilob hosil qilishi mumkin. Shuning uchun ham Accenture kompaniyasi mutaxassislari platformalar asosidagi iqtisodiyotni raqamli texnologiyalarning eng muhim rivojlanish yo’nalishi deb ta’rifladilar (Qarang: Intelning platformali yondoshuvi: URL: http://www.bytemag.ru/articles/detail.php? ID=8655, 2- URL: http://www.uber.com/legal/terms.ru 3- URL:http://www. ludidela.ru/articles/,4 - Muegge S. Platforms. Communities and Business ecosystems. Lessons learning about Technology Enterpreneurship in an Interconnected World. //Technology Innovation Management Review. 2013. №3(2), p 5-15). Aniq va ravshan qilib shuni aytish lozimki, platformali iqtisodiyot shunday iqtisodiyotki, unda kompaniya o’z faoliyatini yuritish uchun o’zining tasarrufida bo’lmagan va o’zi nazorat qila olmaydigan tashqi platformalardan va bu platformalar bilan bog’liq bo’lgan ekotizimlardan foydalanadi. Bunday yechimlardan foydalanish kompaniyalarga yangi mahsulot va hizmatlarni bozorga chiqarish uchun kerakli bo’lgan vaqtni qisqartirishga, o’z infratuzilmasiga bo’lgan harajatlarni minimallashtirishga imkon berib, iste’molchilar bilan aloqani yaxshilaydi va mahsulotlarni sotish jarayonini yengillashtiradi. Ushu holda so’z to’liq yoki qisman ochiq texnologiyalar va qo’shimcha aktivlar majmuasi sifatidagi platforma texnologiyalari haqida ketadi. Ular kompaniyalar va alohida shaxslar tomonidan platformani to’ldiruvchi texnologiyalar, mahsulotlar, hizmatlar va servislar ishlab chiqish uchun foydalanilishi mumkin (Мооtее I. What’s the Diffirence between Vs. Platform technology Vs. Product Strategy? URL: 525 http://idr.is//app/aploads/008/05/6а00d8351b44f853еf00е5523d81178833- 800wi.рng; 2 - Коммерсантъ. 2017. 18 апреля.). Shuning uchun ham qandaydir texnologiyaning platforma texnologiyasiga aylanishi uchun u nafaqat iste’molchilar va yetkazib beruvchilarni, balki asosiy mahsulot va hizmatlarni to’ldiruvchi tovar va hizmatlar yetkazib beruvchi komplementar kompaniyalar va raqobatchilarni ham jalb qila olishi lozim. Masalan, Skype kompaniyasi o'z platformasini 2005 yilda ishga tushirgan edi va shundan beri o’z faoliyatiga Skype kompaniyasi hizmatlarini integratsiya qilishni istaganlar bu ishni amalga oshirishi mumkin edi. Buning natijasida Skype tizimining foydalanuvchilari soni ikki yil ichida 51 milliondan ortib ketdi va Skype tezkor ma’lumotlar almashinish uchun jahondagi eng katta ochiq servisga aylandi. O’z platformasiga raqobatchilarni ham kirishiga ruxsat bergan kompaniya sifatida Google ni keltirish mumkin. U 2017 yilda Rossiyaning monopoliyaga qarshi kurash kompaniyasi bilan Chrome brauzerida Yandex qidiruv tizimini ishga tushirish bo’yicha shartnoma tuzdi. Natijada Yandex ning Android dagi qidiruvlari 31%, Google dagi qidiruvlari esa 65,8% ni tashkil qildi. Uber texnologik platformasi faqatgina xaydovchilar (yetkazib beruvchilar) va yo’lovchilar (ite’molcjilar) uchun ochiq, ammo ma’lumotlar tahlili uchun esa yopiq. Platformali texnologiya o’z rivojlanishi natijasida iqtisodiy sub’ektlar muloqotining tashkiliy formasi ekotizimi yadrosiga aylana boshlaydi – ya’ni, bu holda texnologiyalar sohasi kommunikatsiya va hamkorlik bilan to’ldirilib boriladi. Platformali texnologiya yoki keng ma’nodagi platforma bir qancha muhim tashkil etuvchilardan va umumiy qoidalardan hamda faoliyat standartlaridan iborat bo’lgan bir butun tuzilmadir. Platformani loyihalash, qurish va texnologik jihatdan rivojlantirish kerak bo’ladi. Servislar va texnologiyalarning bir-biriga mosligi, o’zaro to’ldirilish printsiplari esa platformaning potentsial ishtirokchilari uchun qulayligini hamda qimmatliligini ancha oshirishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling