O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


partiyada mahsulotlar ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega bo’ladi. Bunday


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet290/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]


partiyada mahsulotlar ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega bo’ladi. Bunday 
turdagi ishlab chiqarish maqkazlashmagan ishlab chiqarish degan nomni olgan – 
distributed manufacturing (Zaxarov A. 3D-ishlab chiqarish//RBK, yanvar-fevral 
2017. Str.21). 
Hozirgi zamonda robototexnikaning evolyutsiyasi shunga olib keldiki, endi 
ular nafaqat oddiy operatsiyalarni bajara oladilar, balki ular insonlarning ovozlarini 
taniy oladilar, harakatlarini kuzata oladilar va sun’iy intellektga egadirlar. Bular 
hodimlar va ishchilar bilan birgalikda ishlay oladigan avtonom robotlaridir. ABB 
firmasining YuMI deb nomlangan poboti mahsulot mahsulot yig’ish konveerida 
boshqa ishchilarning qo’llari konturlarini va yig’ilayotgan mahsulotning tarkibiy 
qismlarini taniy oladi. Kaliforniya shtatidagi Tesla avtomobillari zavodida 160 
nafar universal ishlab chiqarish robotlari haftasiga 400 ta avtomobil yig’adilar. 
Robototexnika halqaro federatsiyasining ma’lum qilishicha 2000-2012 yillarda 
ishlab chiqarish robotlarining sotish hajmi 60% dan ortiqroq miqdorga o’sdi (Ford 
M. Robotlar hujum qilayaptilar. M.: Alpina non-fikshn, 2016. str.21). Yaponiyada 
esa robotlar hizmat qiladigan mehmonhonalar juda ommabop hisoblanadi. Bu 
yerlarda robotlar ovqat pishiradilar, idish yuvadilar, yig’shtiradilar, kofe 
tayyorlaydilar, yo‘lovchilarga yordam ko’rsatadilar. Misol sifatida yaponiyaning 
sushi-restoranlar tarmog’i Kura ni keltirish mumkin. Unda robotlar sushi 
pishirishga yordam beradilar, ofitsiyantlar hizmatini qiladilar, hisob varaqlari 
tayyorlaydilar va boshqa amallarni bajaradilar. Avtomatlashtirishga asoslangan 
tizimga o’tish tufayli Kura bir tarelka sushining narxini bir dollargacha tushirishga 


518 
mufaffaq bo’ldi, bu esa raqobatchilar oldida katta afzallillarga erishishga imkon 
berdi. (http://www.nytimes.com/2010/12/31/business/global/31sushi.html). Shu 
turdagi boshqa robotlarga misol sifatida ikki o’lchamli ko’rish tizimiga ega bo’lgan 
robot Rethinkni, yuk tashuvchi robot Industrial Perseption larni keltirishimiz 
mumkin. Robotlar uchun mo’ljallangan operatsion tizimlar [ROS (Robot Operating 
Systems)] Stenford Universitetining sun’iy intellekt laboratoriyasida ishlab 
chiqilgan. Keyinchalik bu tizimni to’laqonli robototexnik platformaga aylantirish 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling