O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Platformalarning afzalliklari va asosiy ko’rsatgichlari
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Cadillac
15.2. Platformalarning afzalliklari va asosiy ko’rsatgichlari
Platformalarning biznes modellarga ta’siri bir qancha yo’nalishlarda amalga oshadi, shu jumladan, uni oxirgi iste’molchilar tomonidan birgalikda ishlatilish imkoniyati mavjud, mutaxassislar esa platformadan foydalanib, foydalanuvchilarning “talablari bo’yicha” turidagi biznesni amalga oshira oladilar. Platforma ishtirokchilarining tarmog’i qanchalik keng miqyosda bo’lsa, iste’molchilarning muammolarini hal qilish uchun kerakli bo’lgan variantlarni qidirish uchun kerak bo’lgan ma’lumotlar manba’i ham shunchalik keng miqyosda bo’ladi. Platforma esa kelishuvlarning foydaliroq bo’lishini kafolatlaydi. Zamonaviy tarmoq texnologiyalari bunday tarmoq effektini kuchaytiradi. Bu esa o’z navbatida, munosabatlarni shaxsga yo’naltirishga, talabni agregatsiya qilishga, yangi ilovalar ishlab chiqishga olib kelib, tarmoqning kengayishiga hizmat qiladi. Cadillac kompaniyasining Book servisi bu markadagi avtomobillarning egalariga mavsum va talablarga muvofiq ravishda mashinalarni almashtirib turishga imkon beradi. Bu hizmatning abonent to’lovi oyiga 2 ming dollar bo’lib, mijozning yangi avtomobiliga barcha pleylistlar, radoistantsiyalar sozlovlari va oldingi avtomobildagi o’rindiqning eng yoqimli holatlari ko’chiriladi (URL: https://dni24.com/exclusive/107848-companiya-cadillac-zapustit-servis-book-by- cadillac.html). Yuqorida ko’rsatilganlardan tashqari, platformalar quyidagi muammolarning innovatsion yechimlarini ham taklif qiladilar: Iste’molchilar va yetkazuvchilar uchun chegaralangan kirish muammosini hal qilib beradi. Masalan, Uber va Yandex.Taxi da transport hizmatlari ko’rasatish sohasida, Coursera — esa ta’lim sohasida hal qilib beradilar; Platformalar iste’molchilarga arzonroq biletlar topishga, qimmat mehmonxonalar o’rniga arzon turar joylar topishga, transport uchun yo’lovchilar yoki tashishga qo’shimcha yuklar topishga imkon beradilar; Bank hizmatlaridan foydalanishni ancha soddalashtiradilar va yengillashtiradilar; 527 Platformalar ortiqcha vositachilarni yo’q qilib, tovarlar yetkazib berish yoki hizmat ko’rsatish zanjirini optimallashtiradilar. Platfromalarning afzallik tomonlariga ishtirokchilarning boshqa resurslaridan foydalana olishi ham kiradi (shering yoki birgalikdagi foydalanish). Bu esa ishtirokchi kompaniyalarning foyda miqdori ko’payishiga, tranzaktsion harajatlarning kamayishiga olib keladi. Bundan tashqari, platformalarda ishtirok etish mahsulot va hizmatlar sohasida innovatsiyalarning rivojlanishiga, bozorga chiqishning osonlashishiga va mijozlarni ushlab qolishga olib keladi. Platformalarning eng muhim resursi u generatsiya qilayotgan ma’lumotlar miqdorining juda ham kattaligidir. Agar bu ma’lumotlar unikal bo’lsalar, yaxshi analitika yordamida platforma ishtirokchilarining ma’lumotlaridan foydalanib, kerakli va foydali bo’lgan informatsion resurslariga ega bo’lish mumkin. Bunday information resurslar esa o’z navbatida, bunga qiziqqan kompaniyalarga (reklama va konsalting kompaniyalarga) sotilishi mumkin (monetarizatsiya). Misol uchun, Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling