O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Alibaba kompaniyasi internetga kirish imkoniyatiga ega bo’lgan xitoyliklarning  taxminan 90% ning profiliga ega. Shuning uchun bu kompaniya Dharma Sword


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet297/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Alibaba kompaniyasi internetga kirish imkoniyatiga ega bo’lgan xitoyliklarning 
taxminan 90% ning profiliga ega. Shuning uchun bu kompaniya Dharma Sword 
deb nomlangan marketing platformasini tashkil qildi. Uning ishtirokchilari oylik 
to’lov asosida kompaniya tomonidan to’plangan ma’lumotlarni tahlil qilib
o’zlariga kerakli bo’lgan qimmatli ma’lumotlarni oladilar.
Platformalar keng ma’noda iqtidisodiyotning investitsiyalar jalb qiladigan va 
boshqa kompaniyalarning innovatsiyalarini jalb qilgan holda qo’shimcha mahsulot 
va servislar hosil qiladigan o’ziga hos iqtisodiy qurilish bloklari deb hisoblanishi 
mumkin. Yangi biznes muammolarni hal qilish uchun tashqi resurslarni jalb qilgan 
holda, platforma alohida bir kompaniyaning chegarasidan chiqib ketadi va buning 
natijasida biznesning ekotizimini hosil qiladi. Bu holda platforma gorizontal – 
bozorning ko’p sektorlariga yo’nalgan yoki vertikal – bir tarmoq doirasida tashkil 
qilingan bo’lishi mumkin. Tahlillaning ko’rsatishicha, Bosch kompaniyasi o’z 
Connected World deb nomlangan platformasini energetikaga, qurilishga, ishlab 
chiqarishga tadbiq qilgan, chunki u gorizontal platformani rivojlantirayapti. Ammo 
sog’liqni saqlash sohasiga mansub Health Care Suit deb nomlangan platformaga 


528 
ega bo’lgan Philips kompaniyasi va Uber vertical platformalarga misol bo’la oladi 
(https://www.xcom.ru/upload/iblock/6aa/xcom_magazin_5.pdf c.10 ). Albatta har 
bir kompaniya oddiy emas, balki uning asosida biznes ekotizimi hosil qilish 
mumkin bo’lgan platforma yaratish uchun harakat qiladi, chunki bu kompaniya 
uchun juda katta iqtisodiy afzalliklar beradi. Platforma egasi bo’lgan kompaniya 
platform ishtirokchilaridan abonent to’lov olishi, tranzaktsiyalar uchun to’lov talab 
qilishi, yangi loyihalardan royalty olishi, platformaning boshcha ishlatilish 
sohalaridan foyda olishi yoki sinergetik samaraga erishishi mumkin. Eng asosiysi 
esa, kompaniya o’z ekotizimini yanada rivojlantirish uchun mustaqil 
hamkorlarning 
resurslaridan 
foydalanishdir. 
Texnologiyalar 
sohasidagi 
ekspertlardan biri bo’lgan F. Saymon Amazon, Apple, Facebook va Google 
kompaniyalarining faoliyatini har tomonlama o’rganib, ushbu to’rt kompaniya 
biznes yuritishning butunlay yangi usulini topganliklarini aniqladi: bu usulning 
mohiyati - asosida hamkorlik yotgan platformalarda ishlash, tezlik bilan 
rivojlanish, yangi texnologiyalardan foydalanish hamda tashqaridan jalb 
qilinadigan innovatsiyalar. Biznesning huddi shu printsipial yangi modeli hozirgi 
fragmentar va dinamik iqtisodiyotda kompaniyalarga muvaffaqiyatli bo’lishga 
imkon beradi. 2011 yilda F. Saymonning 
Amazon, Apple, Facebook and Google 
have Redifined Businees deb nomlangan kitobi biznes-texnologiyalari bo’yicha 
AQSH dagi eng yaxshi kitob deb tan olingan (Simon F. The age of Platform: How 
Amazon, Apple, Facebook and Google have Redifined Businees. Paperback, 2011.,
Иоффе Д., Кусумано М. Искусство стратегии: Уроки Билла Гейтса, Энди 
Гроува и Стива Джобса. М.: Манн, Иванов и Фербер, 2016. С. 21.).

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling