O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Bu xolda platforma yaratish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat bo’ladi


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet300/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Bu xolda platforma yaratish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat bo’ladi: 
1. “Qaerda va qachon bo’lsa ham” tomoilidan foydalangan holda ochiq 
manba’lardan ma’lumotlar to’plash va ularni qulay formatda ifodalash; 
2. Foydalanuvchilarga saytda (platformada) turgan xolatda ma’lumotlar bilan 
qanday ishlash kerakligini namoyish qilish, ya’ni, ma’lumotlarni qo’shish, 
o’zgartirish va aniqlashtirish bo’yicha demonstratsion misollar tayyorlash; 
3. Platformada reklama joylashtirganlardan pul olish qoida va mexanizmimni 
ishlab chiqish; 
4. Platformaga eng birinchi foydalanuvchilarni jalb qilish masalasini “kegelban 
strategiyasi” dan foydalangan holda amalga oshirish taklif qilinadi. Ya’ni, 
avval bu ishga qiziqqan foydalanuvchilarning kamroq guruhini tanlash, 
so’ngra keyingi segmentga o’tish va asta-sekin foydalanuvchilar jamoasini 
tashkil qilish; 
5. Platformani rivojlantirishning yana bir asosiy aspekti - platforma yaratish 
jarayoniga strategik hamkorlarni jalb qila olishdir. 
Bu bosqichlarning asosiy mag’zi - platforma foydalanuvchilarining 
hamjamiyatini tashkil qilish va bunday foydalanuvchilar soni yetarli bo’lganidan 
so’nggina, reklama kompaniyalari bilan ishlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Shuni 
ham ta’kidlash kerakki, biznes modeli toza moddiy ob’ekt emas, chunki u 
boshqaruv jarayoni bilan bog’liq kommunikatsiyalar bilan, qimmatliklar bilan
strategiyalar bilan, modellar bilan tavsiflanadi. Masalan, o’zida mobil qurilmalar, 
buyumlar interneti, ijtimoiy funktsiyalar, bulutli texnoogiyalar va analitikani 
birlahstirgan zamonaviy raqamli texnologiyalar turli tarmoqlardagi kompaniyalarni 
bir-biri bilan o’zaro muloqot qilishiga imkon beradi. Masalan Philips kompaniyasi 
Salesforce, Amazon AWS IoT va Alicloud (Alibaba kompaniyasining bulutli 
servisi) kompaniyalari bilan birgalikda Philips Health Suit platformasini yaratish 


532 
ustida ishlab, tibbiy hizmatlar ko’rsatish jarayonini o’zgartirib yuborishi mumkin. 
Ushbu platforma tibbiy mobil ilovalar yaratish ustida ish olib borayotganlar uchun, 
butun davolanish tsiklida tibbiyot hodimlari va bemorlar orasida ma’lumot 
almashinish va muloqot qilish uchun mo’ljallangan ekotizim yaratib beradi. 
Bunday keng miqyosdagi ekotizim bemorlarning elektron tibbiy kartalarini, tashxis 
ma’lumotlarini, amalga oshirilayotgan muolajalarni, Philips ning mahsus tibbiy 
qurilmasi yordamida yig’ilgan ma’lumotlarni va bemorning ko’rsatgichlarini 
o’lchab beradigan shaxsiy qurilmalardan olingan ma’lumotlarni o’zida jamlaydi 
(
http://www.ludidela.ru/articles/1073509). Ammo yuqorida aytib o’tilganidek, 
Stiv Jobsga mansub bo’lgan mahsulotli fikrlashdan platformali fikrlashga o’tish 
juda ham oddiy bir amal emas. Lekin agarda tarmoq platformasi tashkil qilib
uning asosida hamkorlar ekotizimini yaratib, ularning mahsulotlari, yangiliklari va 
hizmatlarini bir-birini to’ldiradigan holda olib kelish kompaniyaga bozorda uzoq 
muddat davomida peshqadamlikni saqlab turishga imkon beradi. Yuqori 
texnologiyalar bozoridagi buyuk strateglar huddi shunday ishlarni amalga 
oshirishga harakat qiladilar. Apple kompaniyasining tajribasi kor’satishicha, 
kompaniya platformali biznesni yuritishda an’anaviy yondashuvdan ham 
foydalanishi mumkin, albatta.

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling