O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet302/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Accenture 
kompaniyasining 
83% 
respondentlarining aytishlaricha, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi taklif 
iqtisodiyotidan iste’molchilar, hamkorlar va mahsulot ishlab chiqaruvchilar 
ekotizimlariga asoslangan talab iqtisodiyotiga o’tishga asoslangan. 
15.3. Platformalarning tashkil etuvchilari va ishtirokchilari 
Platformalar asosidagi biznesning rivojlanishi izlanuvchilarning platforma 
va unining ishtirokchilarni tasniflashlariga, ishtirokchilarning turli hatti-
harakatlarini ajratib ko’rsatishga urinishlariga olib keladi. Albatta barcha uchun 
tushunarli va keng tarqalgan platformalarga birja platformalari (savdo 
maydonchalariniki, agregatorlarniki va ikki tomonlama bozorlarniki) kiradi. Ular 
ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni uchrashtiradilar. Misol sifatida Uber
Яндекс.ТаксиAirbnb, Booking.com, Alibaba, e-Bay, Amazon va boshqalarni 
keltirish mumkin. Rivojlanish natijasida bunday oddiy platform-agregatrolarning 
bir qismi ko’p o’lchamli biznesga aylanadi va ular turli guruhlarga mansub 
iste’molchilar orasidagi muloqotni ta’minlab beradilar. Masalan, Amazon 
platformasi nafaqat mahsulotlar agregatori sifatida namoyon bo’ladi, balki, 
mustaqil sotuvchi-kompaniyalar uchun o’z platfromasini taqdim ham etadi. Lekin, 
soha bo’yicha mutaxassislarning fikrlariga ko’ra, platforma sifatida mahsulot 
(masalan, Apple kompaniyasining iPhone ni mobil ilovalarning ishlab 
chiqaruvchilari va foydalanuvchilarini birlashtirib turadi), dasturiy modul 
(masalan, asosida Uber va ko’pgina mashap-servislar yaratilgan GoogleMap)
ma’lumotlar ombori yoki asosida turli xildagi tarmoq hamjamiyatlari yaratila 
olinadigan ko’p sondagi boshqa ob’ektlar ham bo’lishi mumkin. Demak, o’z 
yadrosi, infratuzilmasi va o’yin qoidalari bo’yicha platformalar turli-tuman 
ko’rinishlarda bo’lishlari mumkin. Platformalarning asosiy ishtirokchilari 
tashkilotchilar va uning o’z intellektual mulkini hamda platformaning boshqaruv 


535 
tizimini nazorat qiluvchi egasidir. Provayderlar esa platorma va foydalanuvchilar, 
ishlab chiqaruvchilar hamda iste’molchilar orasidagi vositachilardir. Agarda 
platformaning himoya mexanizmlari bo’lmasa, platforma ishtirokchilari undan 
foydalangan holda o’zlarning platformalarini tashkil qilib, undan iste’molchilarni 
olib ketib qolishlari ham mumkin. Masalan, Yandex da provayder o’zining 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling