O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekotizimlarning tashkilotchisi va egasi quyidagi vazifalarni bajaradi
Philips o’z platformasini sog’likni saqlashga yo’naltirgan. Gorizontal
arxitektektura esa bozorning bir necha sektoriga mo’ljallangan bo’ladi. Masalan, Bosh kompaniyasining Connected World platformasi energetika, qurilish va yuk tashishlarga mo’ljallangan. Arxitektura ekotizim ishtirokchilariga mavjud imkoniyatlar va tuzilmalar asosida to’g’ri qarorlar qabul qilishga imkon beradi. Ekotizim arxitekturasini tashkil etayotganda, eng asosiy masalalardan biri texnologiyalarni bir-biriga mos tushishi (integratsiyalashish)dir. Ekotizimning faoliyat ko’rsatish qoidalarining mavjudligi. Bularga ekotizimga kirish qoidalari, uning ochiqlik darajasi (kim va qanday shartlarda ekotizimga kira oladi), ekotizimda ishlash qoidalari kiradi. Endi biznes ekotizimni boshqarish muammolarini ko’rib chiqamiz. Biologik tizimlardan farqli ravishda, biznes-ekotizimlar o’z-o’zicha moslasha oladigan tizimlar emas va ular o’ziga hos hususiyatlarga ega. Ekotizimlarning tashkilotchisi va egasi quyidagi vazifalarni bajaradi: Boshqaruvchi sifatida ishtirokchilarning birlashishi va koordinatsiya qilinishi uchun samarador usullarni ta’minlab beradi; 548 Raqobatchilardan himoyalanish va liderlikni saqlash uchun ekotizimdagi doimiy texnologik va tashkiliy o’zgarishlarni qo’llab-quvvatlab turadi va ularni boshqaradi; Hamkorlar va iste’molchilar uchun ekotizimning jalb qilinishligini oshirishning turli hildagi usullar va qoidalarni ishlab chiqadi; Ekotizimning obru-e’tiborini me’yorida saqlash uchun turli hil uslub va uslubiyatlarni ishlab chiqadi va hayotga tadbiq etadi. Lekin ekotizimlardagi asosiy boshqaruv muammosi ekotizim ishtirokchlarining birgalikdagi faoliyatidan daromad olish va sinergizm effektiga erishishdir. Ekotizimning asosiy faoliyat yo’nalishi bozorlarning va kompaniyalarning doimiy innovatsiyar asosidagi birgalikdagi boshqariluvchi evolyutsiyasidir. Masshtab effekti va opetatsion samaradorlikdan foydalanish o’rniga tovar, hizmat va texnologiyalarni agressiv yaxshilashni raqobatchilardan himoyalanishning bir vositasi sifatida tushunish mumkin. Ekotizim yo’lboshchisi-lideridan tashqi muhitning signallariga e’tibor bergan xolda, hamda ekotizim rivojlanishining asosiy yo’nalishlarini ko’rsatib berib turgan holda ishlashi talab etiladi. Ekotizimning evolyutsiyasi va uning doimiy rivojlanishi uning ish ko’lamini kengaytirish, yangi bozorlarga chiqish va ommabopligini kengaytirish bilan amalga oshiriladi. Ekotizimlar ko’pincha rivojlanayotgan platformalar asosida tashkil etiladi. Bunda mustaqil yaratuvchilar qancha ko’p bo’lsa, shuncha ko’p sondagi mahsulotlar yaratiladi va bu ekotizim uchun ko’proq haridorlarni jalb qiladi. Natijada ekotizimda har bir ishtirokchisining sotuv hajmi ham ortadi. Bu esa o’z navbatida ekotizimning rivojlanishi, unga innovatsiyalar va investorlar jalb qilinishini oshiradi. Biznes-ekotizim faoliyatining eng muhim yo’nalishlaridan biri resurs richaglari (yoki mul’tiplikatorlar)dir, ya’ni, ekotizim tashkilotchisining ekotizim natijalarini kuchaytirishga hizmat qiladigan musbat teskari aloqani ishlata olishidir. Mul’tiplikatorlar kam sarf qilib, kattaroq natijaga erishishga yordam beradigan faktorlar bo’lib, ular platforma asosidagi hamkorlik, iste’molchilar olamini kengaytirish (yangi ish yo’nalishlarini topish), aralashtirish (meshap) natijasida 549 yuzaga keladi (masalan, mahsulotning yangi ko’rinishlari va imkoniyatlari, yangi bilimlar yoki kompetentsiyalar kabilar). Umumiy holda aytganda, ekotizim bozor ustidan hukmronlik, ko’proq daromadga erishish, bozordagi noaniqlikni kamaytirish, iste’molchilar safini kengaytirish, haridorlarning loyalligini ta’minlash va raqobatchilar uchun to’siqlar qo’yish maqsadlarida hizmat qiladi. Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling