O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


-bob uchun nazorat savollari va topshiriqlar


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet307/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

15-bob uchun nazorat savollari va topshiriqlar 
1. Ichki platformaning tashqi platformalardan asosiy farqi nimalardan iborat? 
Ichki va tashqi platformalarga misollar keltiring; 
2. Tashqi platformalar iste’molchilarning qanday to’rt muammolarini hal qilib 
beradilar? 
3. Tashqi platformaning to’rtta asosiy ko’rsatgichini keltiring va ularni misollar 
yordamida tushuntirib bering. 
4. Tashqi platformalarning asosiy ishtirokchilarini sanab bering va ularni 
misollar vositasida tushuntiring; 
5. Zamonaviy rahbarlarning platformali tafakkuri nimalardan iborat bo’lishi 
lozim? 
6. O’zbekiston iqtisodiyotida platformalar yaratish va ularni ishlatish bilan 
bog’liq bo’lgan muammolarni misollar vositasida tavsiflab bering. 
7. Platformalar asosidagi biznesning rivojlanishi raqobat hamda kompaniya va 
platforma egalari orasidagi munosabat bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina 
muammolarni keltirib chiqaradi, shu muammolarni sanab va tushuntirib 
bering. 
8. Platform Thinking Labs kompaniyasining hodimi S.Choudari platformali 
biznes-modelni yaratish uchun quyidagi yondoshuvning mohiyatini 
tushuntirib bering. 


543 
16-BOB. TIZIM TUSHUNCHASIDAN BIZNES-EKOTIZIM 
TUSHUNCHASIGA O’TISH 
16.1. Biznes ekotizimlarning asosiy hususiyatlari 
Ko’pchilik mutaxassislarning fikrlariga ko’ra, kompaniyalar platformalar 
asosida raqamli texnologiyalarning va biznesni rivojlantira turib, ekotizim tashkil 
qilish zarurligini tushunadilar. Bu hozirgi davrda turli-tuman ma’lumotlarga ega 
bo’lish yetarli emasligini, balki bu ma’lumotlardan qanday qilib keraklilarini 
tanlab olish hamda ularni biznes va jamiyat manfa’atlari yo’lida ishlatishni 
anglatadi. Bu ishni bitta inson yoki kompaniya qila olishi juda ham murakkab 
masala, shuning uchun ham ertangi kun iqtisodiyoti turli ishtirokchilar bilan 
hamkorlikka, yangi ekotizimlar tashkil qilishga va qiymatlar hosil qilish 
zanjirining maqsadga muvofiq ravishda o’zgarishiga asoslanadi. Biznes 
ekotizimlarining tashkil etilishi va ekotizimlarning rivojlanishiga raqamli dunyo 
katta ta'sir ko’rsatadi va bu ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va 
iste'molchilar uchun chergaralanmagan imkoniyatlar yaratib beradi. Konsalting 
kompaniyalarning aytishlariga ko’ra, hozirgi paytda rahbarlarning mental holatlari 
ham o’zgarib borayapti. Agarda ular avval faqat biznes haqida, foyda haqida 
o’ylagan bo’lsalar, endi ular yetkazib beruvchilar, iste’molchilar, transport 
kompaniyalar, to’lov tizimlari, qo’shni industriyalardagi kompaniyalar hamda 
tarmoqdagi 
boshqa 
kompaniyalar 
bilan 
muloqotning 
yangi 
usullarini 
qidirmoqdalar. Bu izlanishlar natijasida kompaniyalar biznes-ekotizimlar 
yaratishda yangi imkoniyatlarni ko’rmoqdalar. Biznes-ekotizimlarni o’rganish 
menejmentdagi nisbatan yangi yo’nalishlardan biri bo’lib, uning vujudga kelishi 
internet va raqamli texnologiyalarning rivojlanishi natijasida biznesning modellari 
va hamkorliming modellarining o’zgarishi bilan bog’liq. 
Ekotizim tushunchasi biznesga Djeyms F.Murning ilmiy izlanishlari tufayli 
1993 yillarda biologiyadan kirib kelgan. U istalgan bir murakkab tizimni uning 


544 
boshqa tashkilotlar bilan o’zaro muloqoti orqali o’rganishni taklif qilgan va 
biznes-ekotizim - business ecosystem” degan atamani kiritgan. Bunda u bunday 
tizim sifatida dinamik va birgalikda yangi mazmunlar yaratadigan murakkab 
tizimni 
tushungan 
(Accenture 
Technology 
– Vision 2015. URL: 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling