O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


 Platformalar bilan ishlash muammolari va ularning rivojlanishi


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet306/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

15.5. Platformalar bilan ishlash muammolari va ularning rivojlanishi 
Platforma biznes modeli sifatida, haridorlarga kerakli narsalarni tezda 
topishga, mahsulot va hizmatlarni solishtirishga, standartlarga rioya qilishga 
yordam berishi hamda ko’pgina boshqa foydali amallarni bajara oladigan biznes 
modelga tushuniladi. Ammo bunda ular platforma ishtirokchilari bo’lgan 
kompaniyalar yaratgan qiymatning ularga mos (tegishli) bo’lmagan qismini 
o’zlashtirib olishlari mumkin va bu bilan raqobatchilarning hamda platforma 
ishtirokchilarining huquqlarini poymol qilishlari ham mumkin. Platformaning 
egalari va sotuvchilar ko’pincha “majburiy do’stlar” sifatida faoliyat ko’rsatadilar. 
Platformalarning qanday qilib pul topishlari bo’yicha AQSH lik maslahatchi 
B.Edelman quyidagi misollarni keltiradi. Apple kompaniyasi iTuneStore 
ilovalarini sotib olganlarda 30% komissiya oladi, Uber va boshqa taksi servislari 
20% ushlab qoladilar, Google dagi reklama esa bitta turtki uchun bir dollar atrofida 
to’lov talab qiladi. Avia kompaniyalar bronlashtirish servislariga bitta yo’lovchi 
uchun uch dollar to’laydilar. Demak, ko’pchilik sotuvchilar uchun platformaga 
bo’lgan to’lovlar anchagina katta miqdordadir. Bundan tashqari, platformalar ulush 
so’rashlar, narxlarni o’zgartirishga ruhsat bermasliklari mumkin yoki eng 


540 
haridorgir tovarlarni o’zlari sotishlari mumkin. Shuning uchun B.Edelman kuchli 
platformalar egalarining bunday ishlarini oldini olish uchun quyidagi 
tavsiyalarni taklif qilgan: 

Platformalarga bozor haqidagi to’liq ma’lumotlar kerak ekanligini hisobga 
olgan holda, ular bilan hamkorlik shartlari haqida kelishuvlarga erishish 
kerak (bu ishni aviakompaniyalar va ko’chmas mulk agentliklari amalga 
oshirganlar); 

Raqobatlarga nisbatan diskriminatsiya holatlari haqida platformalarga tez-tez 
ma’lumotlar berish – bu holda platformalar foydalanuvchilarni yo’qotib 
qo’yishdan qo’rqib, o’z siyosatlarini o’gartiradilar; 

Al’ternativ platformalarni (Google, Яндекс, Amazon, Alibaba, Ozon va 
shunga o’xshashlarni) ham qo’llab-quvvatlash – haqiqatan ham 
sotuvchilarga platformalar orasidagi raqobat ancha foyda beradi; 

Iste’molchilar bilan o’z sayti orqali muloqot qilish – bu ishni oldindan 
mavjud bolgan iste’molchilar bilan amalga oshirgan ma’qul; 

Saytlarning raqobati tufayli narxlar biroz past bo’lgan chegirmalar 
saytlaridan foydalanish (ЭдельманБ. Как не платить дань в Интернете. 
Четыре способа найти управу на таких, как Google, Amazon и Kayak // 
Harward Business Review \\ —Россия. 2014. Октябрь. с.77-78.); 
Shunday qilib, katta va quvvatli raqamli platformalar sotuvchilarga nisbatan bir 
qancha afzalliklarga ega, bular jumlasiga ularning mavqei, ko’lami, murakkablik 
darajasi, narxlar tuzilmasi va foydalanuvchilarning ularni afzal ko’rishlarini kiritish 
mumkin. Shu tufayli, kichikroq investitsiyalar kiritgan holda ular mahsulot ishlab 
chiqaruvchilardan ko’ra ko’proq foyda olishlari mumkin. Bir qancha raqamli 
platformalar o’zlarini tekin deb bildiradilar, ammo tovar yetkazib beruvchilar 
ularga komission to’lov to’laydilar, foydalanuvchilar esa uni tekin deb biladilar. 
Lekin vaqti kelib, platforma tomonidan olinadigan to’lov iste’molchilar uchun 
og’irlik qilishi mumkin va bunday platformalardan ishlab chiqaruvchilar ham, 
iste’molchilar ham voz kechishlari mumkin. Platformalar asosidagi biznesning 
rivojlanishi raqobat hamda kompaniya va platforma egalari orasidagi munosabat 


541 
bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina muammolarni keltirib chiqaradi va bular 
quyidagilar bilan bog’liq: 

Hamkorlik platformasining arxitekturasi bilan bog’liq muammolar; 

Hamkorlik ishtirokchilari orasidagi ishonch mexanizmini tashkil qilish. 
Ishonchni saqlab qolish uchun esa ekotizim hamkorlik va raqobat orasidagi 
balansni saqlab turushi lozim;

Biznes 
bo’yicha 
mutaxassislarning 
fikrlariga 
ko’ra, 
ishonchni 
mustahkamlash uchun ishtirokchilarning ochiq muloqoti, transparentlik, 
ma’lumot almashinisini kengaytirish, bilimlar va kompetentsiyalar 
almashinish tarmog’ini tashkil qilish hamda muvaffaqiyatli hamkorlik 
tajribasini umumlashtirish kerak; 

Kompaniyalar darajasida ishonch mexanizmini rivojlantirish omillaridan eng 
asosiysi, institutsional faktor hisoblanadi, ya’ni, bu qoidalarni 
quvvatlaydigan jamoyat instituti qoidalari tizimi va tashkilotlariga ishonch 
mavjud bo’lishi (Маркова В.Д, Трапезников М.С. Современные формы 
партнерства в бизнесе // Мир экономики и управления. 2016. № 4. С. 
109—19.). Bunday tashkilotlarning samarasiz ishlashi tizimning barbod 
bo’lishiga olib kelishi mumkin; 

Informatsion muammolar, shu jumladan, faoliyat ko’rsatayotgan tashkiliy 
tarmoqlar va ekotizimlar tuzilishining noaniqligi va qonun tomonidan yo’lga 
qo’yilmaganligi; 

Texnologik infratuzilma ekotizimning to’laqonli ishlashiga tayyor emasligi 
bilan bog’liq infratuzilmaviy muammolar; 

Boshqaruv muammolari esa hamkorlik tizimi biznes-modelini tashkil qilish, 
uni koordinatsiya qilish, faoliyatini monetizatsiya qilish, birgalikda 
ishlashdan 
sinergetik 
samaraga 
erishish 
va 
tarmoq 
hamkorligi 
imkoniyatlaridan foydalanishdir; 
Yuqoridagi bir qancha muammolarga qaramay, jahonning turli mamlakatkarida 
platforma texnologiyalari tashkil qilish shiddat bilan davom etmoqda. Bundan 


542 
keyingi bosqich esa platfroma texnologiyalari asosida biznes-ekotizimlar yaratish 
va uni yangi tamoillar asosida boshqarishdir. Rossiyada ishlab chiqarilgan Smart 
KIT informatsion tizimini hududiy avtomatlashtirishning yangi uskunasi deb atash 
mumkin. Uning yordamida osonlik bilan hududiy ma’lumotlar bazasini tashkil 
qilish va shu asosda tashkilotlar va davlat organlarining information tizimlarini 
yaratish mumkin (http://smart-kit.org). Buyumlar interneti va bulutli 
texnologiyalar 
yordamida 
platformalar 
va 
ekotizimlar 
yaratish 
uchun 
muvaffaqiyatli horijiy tajribalardan foydalanish juda ham foydali bo’lishi mumkin.

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling