O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet318/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Pul o’zi nima?


558 

Nimaga puling bunaqa ko’plab turlari mavjud va ularning xususiyatlari 
qanday?

Pullarning bulardan ko’ra yaxshiroq ko’rinishlari bormi va qaysi birlari 
yaxshiroq

Kriptovalyutalardan real pul sifatida foydalanish maqsadga muvofiqmi 
yoki yo’qmi? 

Kriptovalyuta va tokenlarning o’ziga va qiymatiga davlat kafolat bera 
oladimi?  
kabi bir qancha savollarni mutaxassislardan boshqa insonlar to’liq 
tushunmaydilar va ularga bu kerak ham emas. Ularni ko’proq “Pullarni qanday 
qilib ko’proq topish va saqlash mumkin?” degan savol qiziqtiradi xolos. Agarda 
tarixga nazar solsak, dunyoning barcha davlatlarida pullarni chiqarish va uni 
boshqarish masalalari bilan tegishli davlat organlari shug’ullanadilar. Bunday 
yondoshuvning o’z ijobiy va salbiy tomonlari mavjud, albatta. Agarda bunday 
salbiy tomonlar kimlargadir yoqmasa, ular umumiy xolatni o’zgartirib va yaxshilab 
ololmaydilar, chunki bu ish qonunga hilof amal bo’lib hisoblanadi. Shuni ham 
aytish kerakki, eng avvalo qandaydir xolat yuzaga keladi, shundan so’nggina uni 
tartibga soladigan qonunlar yaratiladi. Xuddi shunday holat radio sohasi bilan ham, 
internet tizimi bilan ham, avtomobil texnologiyasi bilan ham va shunga o’xshash 
boshqacha texnologiyalarda ham kuzatilgan. Endi esa xuddi shunday hodisa 
kriptovalyutalar bilan ham kuzatilmoqda. Umuman aytganda, kriptovalyutalar 
iqtisod, kriptografiya, komp’yuter texnologiyasi va siyosat masalalari kesishuvida 
paydo bo’lgan. Ilk kriptovalyuta – bitkoin esa pastdan (halqdan) chiqqan 
innovatsiya bo’lib, yuqoridagilarning (davlat organlarining) bunga hech qanday 
aloqasi yo’q. Ya’ni, raqamli kriptovalyutalar davlatning emas, balki halq 
tomonidan ulaning xohish-istaklarini hisobga olgan xolda yaratilgan yechim 
hisoblanadi. Shuning uchun ham bu innovatsion g’oyaning yaratilish tarixi va 
uning rivojlanishini o’rganib chiqish diqqatga sazovordir. Ushbu g’oya asosida 
pul muomalasining markazlashmagan usuli taklif qilingan va u amaliyotga tadbiq 
etilgan. Bunday pul aylanish modelida komissiyalar minimal bo’ladi yoki umuman 


559 
bo’lmaydi. Unda ikki kelishuvchi tomon xohishisiz hech qanday uchinchi tomon 
ularga halaqit ham bera olmaydi, o’z pullik hizmatlarini taklif ham eta olmaydi, 
kelishuvni to’xtata ham olmaydi hamda birovlarning mulkini musodara qila ham 
olmaydi. Bu tizimda pul emissiyasi miqdori oldindan dasturlab qo’yilgan va bu 
siyosiy manipulyatsiyalarni hamda pul chiqarilishi bilan bog’liq bo’lgan 
qalbakichiliklarning oldini oladi. Tizim birorta nozik tomoni bo’lmagan trasmilliy 
tizim bo’lib, hech kim uni foydalanuvchilarning roziligisiz boshqara olmaydi.
Tizim qandaydir darajadagi ishonchni ham talab qilmaydi – uning to’g’ri ishlashi 
aniq matematik formulalar va kriptografiya usullari bilan to’liq kafolatlanadi. Bu 
esa inson tomonidan boshqarilishi mumkin bo’lgan xuquqiy kelishuvlarni chetga 
surib qo’yib, insoniy faktorni yo’qqa chiqaradi. Bitkoin kriptovalyutasi 
blokcheynga asoslangan tizimlar ishlatilishining birinchi amaliy isboti bo’ldi. 
Ammo, blokcheyn texnologiyasi kriptovalyutalarga nisbatan ancha keng 
miqyoslidir, chunki uning yordamida istalgan turdagi taqsimlangan hisob 
tizimlarini yaratish mumkin. Masalan, yer maydonlari reestrlari, notarial servislar, 
shahsni tasdiqlash tizimlari, aktsiyalarni hisobga olish tizimlari, depozitariylar va 
boshalar. Ishonchi taqsimlangan ma’lumotlar bazalaridan tashqari, blokcheyn 
texnologiyasi avtomatik tarzda bajariladigan smart-kontraktlarni yaratish imkonini 
ham beradi, kontraktlarga esa multiimzolar qo’yishga yordam beradi. Albatta, 
yangi imkoniyatlar yangi turdagi tavakkalchiliklarga ham sabab bo’ladi.
Anonimlilik, istalgan miqdordagi pul mablag’larini dunyoning istalgan joyiga 
o’tkazish imkoniyati, hisob raqamlarini blokirovka qilish mumkin emasligi va 
kriptovalyutalarning boshqa xususiyatlari davlat organlari oldiga jinoyatchilik 
bilan kurashish, terrorizmga qarshi turish va noqonuniy pul oborotiga qarshi 
kurashish bo’yicha yangidan-yangi masala va muammolarni hal qilish masalasini 
qo’yadi. Shuning uchun ham davlat organlari oldida bu muammolarni qanday hal 
qilish yo’llarini topish, yangi kriptovalyuta va blokcheyn texnologiyalarini qanday 
ishlatish, uning ijobiy va salbiy tomonlarini bilgan xolda tavakkalchilik miqdorini 
minimallashtirish va qanday qilib bu yangi texnologiyalarni joriy moliyaviy 
tizimga optimal ravishda joylashtirish masalalari ko’ndalang bo’lib turibdi. Bu 


560 
texnologiyalarni butunlay rad qilish yoki ularga to’liq ruxsat berish javobgarlikdan 
qochish kabi tushunilishi mumkin. Biror bir mamlakatda bu texnologiyalarni to’liq 
boshqarish mexanizmi hali-xamon kuzatilmagan va shuning uchun ham 
kimlardandir nusha olish imkoniyati ham yo’q darajada. Barcha ijobiy va salbiy 
fikrlarga qaramasdan, kriptovalyutalar va blokcheynlar texnologiyasi mavjud va u 
baholi-qudrat ishlab turibdi. Boshqacha so’zlar bilan aytganda, kriptovalyuta jini 
Aloviddining sehrli chiroqchasidan allaqachon chiqib ketgan va uzoq vaqt 
davomida bu jin hali ham ko’za ichida deb o’zimizni ovuntirishimiz maqsadga 
ham, aqlga ham muvofiq emas. Biznes esa kriptovalyutalarni ish jarayoniga tadbiq 
qilish uchun tayyor bo’lib bo’lgan, dunyo miqyosidagi katta-katta halqaro banklar 
esa kriptovalyutalarni va blokcheyn texnologiyalarni qanday qilib ishlatishni faol 
o’rganmoqdalar. Moliyaviy texnologiya (Fintex) industriyasi blokcheynni 
zamonaviy iqtisodiyotning eng perspektiv trendlaridan biri deb hisoblashgacha 
bordi. Faqat bu texnologiyalarning huquqiy jihatdan aniqlamaganligi ularga keng 
miqyosda rivojlanishga imkon bermayapti. O’z navbatida, blokcheyn hamjamiyati 
barcha istovchilarga bu yangi tizimlarni o’rganishga yordam berishga tayyordir 
(adabiyotlar ruyhatidagi saytlar ruyhatiga qarang). Biz ham sizni bu 
jarayonlarning passiv kuzatuvchisi emas, balki aktiv ishtirokchisi bo’lishga 
chaqirib, dunyoni yaxshi tomonga o’zgartirish tarafdorimiz.
Blokcheyndan foydalanishning yana bir imkoniyati sifatida World Wi-Fi 
platformasi yordamida aholi uchun internetdan tekin foydalanish imkonyatini 
yaratishni ko’rsatishimiz ham mumkin. Bu platforma “Efir” (Ethereum
kriptovalyutasi blokcheyniga asoslangan. World Wi-Fi platformasida uch tomon 
bo’ladi: internet foydalanuvchisi, router egasi va reklama beruvchi. Ularning har 
qaysisi ham tizimdan o’z foydasi ulushini oladi. Uyida router bor bo’lgan va 
internetga ulangan oddiy insonlarni tekin Wi-Fi o’ziga jalb qila oladi, chunki ular 
internetga qo’shimcha ulanish nuqtasini hosil qilib, unga boshqalarni jalb qiladilar 
va shu orqali pul ishlay oladilar. Ularga ish haqqi WeToken kriptotokenlarida 
keladi va ular bu tokenlarni real pullarga yoki kriptovalyutalarga almashtirib 
oladilar.Kriptovalyutalar olamidagi yuqorida tavsif etilgan strategik va taktik xatti-


561 
harakatlarning muvaffaqiyatli ravishda amalga oshishi va rivojlanishi uchun, 
bizning fikri ojizimizcha, hozirgi kunda mamlakatimizda to’rt xildagi asosiy 
yo’nalishlar taklif etish mumkin: 
 Birinchi stsenariyda bit so’m kriptovalyutasi muomalaga chiqarilishi 
mumkin. O’zbek milliy valyutasini blokcheynga va raqamli formatga 
o’tkazish unga bir qancha afzalliklar berishi mumkin, ammo bu holda bir 
qancha muammolarni qonunchilik asosida to’g’ri hal qilish kerak bo’ladi. 
Masalan, ushbu blokcheynni kim boshqaradi va unga davlat maqomi 
beriladimi yoki u korporativ maqomga ega bo’ladimi. Bit so’m ichki va tashki 
bozorda qanday ishlatiladi va kim tomonidan nazorat qilinadi - degan 
savollarga ham bank-moliya-kredit sohalari mutaxassislarini jalb qilgan holda 
konkret, ishonchga sazovor hamda aniq javob topish lozim bo’ladi. 
 Ikkinchi yo’nalishda O’zbekistonning suveren davlat blokcheyn tizimi 
tashkil qilinadi va u o’zida turli moliyaviy institutlarning funktsiyalarini 
qamrab oladi. Bunday institutlar jumlasiga banklar, depozitariylar, pensiya 
fondlari, soliq idoralari va boshqalarni kiritish mumkin. Bu amal soliq to’lash 
va mablag’larni fondlarga o’tkazish ishlarini nisbatan osonlashtirish va to’liq 
avtomatlashtirish imkonini beradi. 
 Uchinchi imkoniyat esa kriptovalyutani alohida tashkilotlarda yoki 
hududlarda hayotga tadbiq qilinadi va bu sohada yetarlricha amaliy tajriba 
to’planganidan so’ng, bu ish respublika miqyosida amalga oshiriladi 
(masalan, O’zbekiston Respublikasidagi ochiq iqtisodiy xududlarda yoki chet 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling