O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet319/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

ellik mutaxassislar ishlaydigan innovatsion qo’shma korxonalarda).
 Oxirgi, to’rtinchi imkoniyat esa Rossiya Federatsiyasidagidek Markaziy 
bank tomonidan raqamli kriptovalyutalar bilan ishlashni amalga oshiradigan 
pilot loyihani ishga tushirishdir (mastercheyn loyihasi). Ushbu platforma 
bozor ishtirokchlarining elektron usulda o’zaro ma’lumot almashinishi va 
blokchenlarda identifikatsiya qilinishi uchun mo’ljallangandir. Bu tizim asta 
sekin, kritpovalyutalar bilan ishlash tajribasi oshib borgan sari bir qancha 


562 
davlat interaktiv hizmatlarining ham navbatma-navbat blokcheynga 
o’tkazilishini ta’minlashi mumkin. 
Respublikamizda kriptovalyuta bo’yicha malakali mutaxassislarning juda 
kamligi va bu sohadagi tajriba ozligini hisobga olgan tarzda bu yo’nalishda 
malakali mutaxassislar tayyorlashni ham amalga oshirish zamona talabi bo’lib 
qolmoqda (bu taklif oily va o’rta mahsus ta’lim vazirligiga, iqtisodiyot 
universitetiga, moliya institutiga hamda bank-moilya akademiyasiga tegishlidir).
Lekin blokcheyn texnologiyalarni hayotga tadbiq qilish va o’zbek kriptovalyutasini 
chiqarich innovatsion g’oyasini qadam ba qadam amalga oshirish hozirdanoq 
boshlab yo’lga qo’yilishi kerak bo’lgan hayot taqozosidir. Chunki dunyodagi 
ko’pchilik rivojlangan mamlakatlar o’zlarining milliy yoki korporativ 
kriptovalyuta loyihalarini amalga oshirmoqdalar va ular keyinchalik barcha 
raqamli kriptopullarga egalik qilib, boshqa mamlakatlarni bu jarayondan siqib 
chiqarishga harakat qiladilar. Davlatning monetar siyosatidagi eng muhim 
amallardan biri pul emissiyasini nazorat qilish bo’lgani uchun, kriptovalyutadan 
voz kechish mamlakatdagi moliya-kredit tizimini va uning jahon moliya kredit 
tizimi bilan aloqalarini sezilarli ravishda chegaralashga va uni izdan chiqishiga olib 
kelishi 
mumkin.Respublikaga 
innovatsion 
iqtisodiyotni 
tezkorlik 
bilan 
rivojlantirish hamda turli xildagi innovatsion loyihalarni moliyalashtirsh uchun 
yuqoridagi tegishli bo’limda tavsif etilgan ICO (Initial Coin Offering) 
mexanizmini ham qonuniylashtirish va joriy qilish maqsadga muvofiq bo’lar edi. 
Bunda O’zbekistonda ishlab chiqariladigan mahsulotlar va hizmatlar bilan 
ta’minlangan tokenlar chiqarish va ularni ichki hamda tashqi bozorda realizatsiya 
qilib, yig’ilgan mablag’lar tegishli loyihalarni moliyalashtirish uchun ishlatilar edi. 
Loyiha 
amalga 
oshirlib bo’linganidan so’ng, tokenlar ko’rinishidagi 
kriptovalyutalar egalariga ularning tokenlari miqdoriga teng bo’lgan tegishi 
mahsulotlar yetkazilib beriladi yoki ular uchun tegishi hizmatlar amalga oshiriladi. 
Masalan, gipotetik UzCotton kriptovalyutasining (quyida keltirilgan barcha 
kriptovalyuta turlari ham gipotetik mavqe’ga ega) har biri bir tonna paxtaga 
ekvivalent bo’lishi mumkin. Demak, ICO tashkil etuvchilar bunday tokenlarni 


563 
sotib olgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ular tokenlari miqdoriga teng bo’lgan 
paxta 
yoki 
tola 
yetkazib 
berish 
majburiyatinio’z 
zimmasiga 
oladi. 
UzGoldkriptovalyutasining bittasi bir gram oltinga ekvivalaent bo’ladi, demak, 
loyiha amalga oshganidan so’ng, bunday tokenlar evaziga tokenlar egalariga jahon 
birjasidagi narxlar bo’yicha O’zbekiston Respublakasida zarb qilingan oltin 
tangalar yoki valyuta beriladi. Agar innovatsion loyiha quyosh yoki shamol 
elektrostantsiyasi (fermasi) qurish bo’lsa, bitta UzEnergo kriptovalyutasi bir 
kilovatt energiyaga teng bo’ladi va demak elektrostantsiya ishga tushirilganidan 
so’ng, kriptovalyutani sotib olgan inson yoki tashkilot oldingi pastroq bo’lgan 
narxlarda tokenlariga mos bo’lgan elektroenergiyadan foydalanishi mumkin 
bo’ladi. Agar masalan, UzKvartira deb atalgan tokenlarning har biri bir kvadrat 
metr uy-joy maydoniga teng deb chiqarilan bo’lsa, u xolda tokenlarning egalari 
loyiha amalga oshganidan so’ng, ushbu tokenlar miqdoriga teng bo’lgan uy-joy 
maydoniga egalik qila oladilar. Ya’ni ularning jalb qilingan pullariga 
(kriptovalyutalar sotishdan yig’ilgan pullarga) uy quriladi va keyin uydagi 
kvartiralar kriptovalyutalar egalariga tokenlarga mos ravishda taqsimlanadilar. 
Demak, ko’pchilik insonlar uy-joyli bo’lish uchun banklardan yuqori foyizli 
ipoteka kreditini olish o’rniga hech qanday kredit mablag’lari jalb qilmasdan turib, 
uy qurayotgan kompanniyadan kriptotangalar sotib oladilar va birozdan so’ng, uy-
joyli bo’ladilar. Agar ularga uy kerak bo’lmasa, kriptotangalarni ikkilamchi 
bozorda sotib, qo’shimcha daromad ishlab olishlari ham mumkin. Buni 
kriptovalyutalardan foydalanishning spekulyativ usuli deb atash mumkin. 
Ushbu risola kriptovalyutalarga bag’ishlangan va o’zbek tilida yozilgan 
dastlabki kitoblardan biri bo’lib, kamchiliklardan holi emas, albatta. Unda raqamli 
texnologiyalar, sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar, elektron tijorat, raqamli 
davlat 
hizmatlari, 
raqamli 
fintexnologiyalar, 
kriptologiya, 
kriptografiya, 
blokcheyn, kriptovalyuta, uning turlari, tarqalishi, ishjlatilishi, tarixi, rivojlanishi, 
bozorlari, birjalari, almashinuv punktlari, ICO lar va ularni tashkil qilish 
mexanizmi hamda kriptovalyuytalardan foydalanilish va ularning rivojlanish 
tendentsiyalari bo’yicha baholi-qudrat bir qancha ma’lumotlar berilgan. Shuni ham 


564 
aytishimiz kerakki, har qanday yangi ma’lumot, u qanchalik foydali bo’lmasin, 
amalda ishlatilmasa, moddiy foyda keltira olmaydi. Buni unutmang, va 
bilimlaringizni amalda ishlatishdan erinmang. Bunda tavakkalchilik qilishga to’g’ri 
keladi, albatta. Ammo tavakkal qilmasangiz, hayotda hech nimaga erisha olmaysiz. 
Tavakkalchilik darajasini kamaytirishni usuli esa aktivlarning diversifikatsiyasi, 
doimiy o’qish va o’rganish, yangi texnologiyalarni bilish va tushunish, ishonchli 
hamkorlar topishdir. Endi raqamli iqtisodiyot bo’yicha jahon miqyosidagi asosiy 
trendlarni ham yoritib o’tishga harakat qilamiz: 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling