568
Sberbankning
Sber Graduate deb nomlangan loyihasida
Sberseasons deb
ataladigan stajirovkaga talabalar, magistrantlar hamda mutaxassislar qabul qilinadi
va bu stajirovka Moskvada,
Sankt-Peterburgda, Yekaterinburgda, Novosibirskda,
Samarada va Voronejda o’tkaziladi. Bunda
IT-yo’nalishlardan
UX/UI design, Data
Engineering, Java Script, Cyber security, Python development, Data science kabi
fanlar
hamda grafik dizayn, iqtisodiy modellashtirish usullari, biznes-analiz kabi
alohida yo’nalishlar mavjud. O’qish jarayoni davomida
talabalar Sberbankning
turli xildagi amaliy loyihalarini amalga oshirishda ham ishtirok etadilar.
New Professional Lab ta’lim loyihasi «
Специалист по большим данным» deb
nomlangan amaliy kurs taklif etadi. Kursning dasturi algoritmlar, texnologiyalar va
biznes deb nomlangan uchta blokdan iborat. Talabalar ma’lumotlarga ishlov
berishni, analitik masalalarni yechishni va olingan
bilimlarini amaliyotda
qo’llashni o’rganadilar. Uch oylik o’qish muddatida talabalar 10 ta laboratoriya
ishi topshiradilar va ikkita guruhiy loyihani bajaradilar. Darslar Moskva shaxrida
o’tkaziladi
va talabgorlar Linux va chiziqli algebra asoslarini,
Python da
dasturlashni va
SQL ni bilishlari talab etiladi. Bundan tashqari
NewProLab da
«
Анализданныхна Scala» kursi ham ochilgan
va u data-sayentistlarga, data-
injenerlarga va scala-ishlab chiqaruvchilarga mo’ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: