O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet322/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Binary District deb nomlangan halqaro ta’lim platformasi ham sun’iy intellekt, 
mashinaviy o’qitish va neyron tarmoqlarga bag’ishlangan intensiv kurslar taklif 
etgan. Kurs davomida talabalarga matnlar va tasvirlarni tanib oladigan masalalarni 
yechish uchun neyron tarmoqlaridan foydalanish usullarini hamda katta 
ma’lumotlar (big data) larni tahlil qilish uchun turli hildagi usullardan foydalanish 
bo’yicha ta’lim beriladi. Darslar haftasiga uch marta Moskvadagi Digital October 
maydonchasida olib boriladi.


568 
Sberbankning Sber Graduate deb nomlangan loyihasida Sberseasons deb 
ataladigan stajirovkaga talabalar, magistrantlar hamda mutaxassislar qabul qilinadi 
va bu stajirovka Moskvada, Sankt-Peterburgda, Yekaterinburgda, Novosibirskda, 
Samarada va Voronejda o’tkaziladi. Bunda IT-yo’nalishlardan UX/UI design, Data 
Engineering, Java Script, Cyber security, Python development, Data science kabi 
fanlar hamda grafik dizayn, iqtisodiy modellashtirish usullari, biznes-analiz kabi 
alohida yo’nalishlar mavjud. O’qish jarayoni davomida talabalar Sberbankning 
turli xildagi amaliy loyihalarini amalga oshirishda ham ishtirok etadilar.
New Professional Lab ta’lim loyihasi «Специалист по большим данным» deb 
nomlangan amaliy kurs taklif etadi. Kursning dasturi algoritmlar, texnologiyalar va 
biznes deb nomlangan uchta blokdan iborat. Talabalar ma’lumotlarga ishlov 
berishni, analitik masalalarni yechishni va olingan bilimlarini amaliyotda 
qo’llashni o’rganadilar. Uch oylik o’qish muddatida talabalar 10 ta laboratoriya 
ishi topshiradilar va ikkita guruhiy loyihani bajaradilar. Darslar Moskva shaxrida 
o’tkaziladi va talabgorlar Linux va chiziqli algebra asoslarini, Python da 
dasturlashni va SQL ni bilishlari talab etiladi. Bundan tashqari NewProLab da 
«Анализданныхна Scala» kursi ham ochilgan va u data-sayentistlarga, data-
injenerlarga va scala-ishlab chiqaruvchilarga mo’ljallangan.

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   318   319   320   321   322   323   324   325   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling