O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
ellik mutaxassislar ishlaydigan innovatsion qo’shma korxonalarda).
Oxirgi, to’rtinchi imkoniyat esa Rossiya Federatsiyasidagidek Markaziy bank tomonidan raqamli kriptovalyutalar bilan ishlashni amalga oshiradigan pilot loyihani ishga tushirishdir (mastercheyn loyihasi). Ushbu platforma bozor ishtirokchlarining elektron usulda o’zaro ma’lumot almashinishi va blokchenlarda identifikatsiya qilinishi uchun mo’ljallangandir. Bu tizim asta sekin, kritpovalyutalar bilan ishlash tajribasi oshib borgan sari bir qancha 562 davlat interaktiv hizmatlarining ham navbatma-navbat blokcheynga o’tkazilishini ta’minlashi mumkin. Respublikamizda kriptovalyuta bo’yicha malakali mutaxassislarning juda kamligi va bu sohadagi tajriba ozligini hisobga olgan tarzda bu yo’nalishda malakali mutaxassislar tayyorlashni ham amalga oshirish zamona talabi bo’lib qolmoqda (bu taklif oily va o’rta mahsus ta’lim vazirligiga, iqtisodiyot universitetiga, moliya institutiga hamda bank-moilya akademiyasiga tegishlidir). Lekin blokcheyn texnologiyalarni hayotga tadbiq qilish va o’zbek kriptovalyutasini chiqarich innovatsion g’oyasini qadam ba qadam amalga oshirish hozirdanoq boshlab yo’lga qo’yilishi kerak bo’lgan hayot taqozosidir. Chunki dunyodagi ko’pchilik rivojlangan mamlakatlar o’zlarining milliy yoki korporativ kriptovalyuta loyihalarini amalga oshirmoqdalar va ular keyinchalik barcha raqamli kriptopullarga egalik qilib, boshqa mamlakatlarni bu jarayondan siqib chiqarishga harakat qiladilar. Davlatning monetar siyosatidagi eng muhim amallardan biri pul emissiyasini nazorat qilish bo’lgani uchun, kriptovalyutadan voz kechish mamlakatdagi moliya-kredit tizimini va uning jahon moliya kredit tizimi bilan aloqalarini sezilarli ravishda chegaralashga va uni izdan chiqishiga olib kelishi mumkin.Respublikaga innovatsion iqtisodiyotni tezkorlik bilan rivojlantirish hamda turli xildagi innovatsion loyihalarni moliyalashtirsh uchun yuqoridagi tegishli bo’limda tavsif etilgan ICO (Initial Coin Offering) mexanizmini ham qonuniylashtirish va joriy qilish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Bunda O’zbekistonda ishlab chiqariladigan mahsulotlar va hizmatlar bilan ta’minlangan tokenlar chiqarish va ularni ichki hamda tashqi bozorda realizatsiya qilib, yig’ilgan mablag’lar tegishli loyihalarni moliyalashtirish uchun ishlatilar edi. Loyiha amalga oshirlib bo’linganidan so’ng, tokenlar ko’rinishidagi kriptovalyutalar egalariga ularning tokenlari miqdoriga teng bo’lgan tegishi mahsulotlar yetkazilib beriladi yoki ular uchun tegishi hizmatlar amalga oshiriladi. Masalan, gipotetik UzCotton kriptovalyutasining (quyida keltirilgan barcha kriptovalyuta turlari ham gipotetik mavqe’ga ega) har biri bir tonna paxtaga ekvivalent bo’lishi mumkin. Demak, ICO tashkil etuvchilar bunday tokenlarni 563 sotib olgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ular tokenlari miqdoriga teng bo’lgan paxta yoki tola yetkazib berish majburiyatinio’z zimmasiga oladi. UzGoldkriptovalyutasining bittasi bir gram oltinga ekvivalaent bo’ladi, demak, loyiha amalga oshganidan so’ng, bunday tokenlar evaziga tokenlar egalariga jahon birjasidagi narxlar bo’yicha O’zbekiston Respublakasida zarb qilingan oltin tangalar yoki valyuta beriladi. Agar innovatsion loyiha quyosh yoki shamol elektrostantsiyasi (fermasi) qurish bo’lsa, bitta UzEnergo kriptovalyutasi bir kilovatt energiyaga teng bo’ladi va demak elektrostantsiya ishga tushirilganidan so’ng, kriptovalyutani sotib olgan inson yoki tashkilot oldingi pastroq bo’lgan narxlarda tokenlariga mos bo’lgan elektroenergiyadan foydalanishi mumkin bo’ladi. Agar masalan, UzKvartira deb atalgan tokenlarning har biri bir kvadrat metr uy-joy maydoniga teng deb chiqarilan bo’lsa, u xolda tokenlarning egalari loyiha amalga oshganidan so’ng, ushbu tokenlar miqdoriga teng bo’lgan uy-joy maydoniga egalik qila oladilar. Ya’ni ularning jalb qilingan pullariga (kriptovalyutalar sotishdan yig’ilgan pullarga) uy quriladi va keyin uydagi kvartiralar kriptovalyutalar egalariga tokenlarga mos ravishda taqsimlanadilar. Demak, ko’pchilik insonlar uy-joyli bo’lish uchun banklardan yuqori foyizli ipoteka kreditini olish o’rniga hech qanday kredit mablag’lari jalb qilmasdan turib, uy qurayotgan kompanniyadan kriptotangalar sotib oladilar va birozdan so’ng, uy- joyli bo’ladilar. Agar ularga uy kerak bo’lmasa, kriptotangalarni ikkilamchi bozorda sotib, qo’shimcha daromad ishlab olishlari ham mumkin. Buni kriptovalyutalardan foydalanishning spekulyativ usuli deb atash mumkin. Ushbu risola kriptovalyutalarga bag’ishlangan va o’zbek tilida yozilgan dastlabki kitoblardan biri bo’lib, kamchiliklardan holi emas, albatta. Unda raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, bulutli texnologiyalar, elektron tijorat, raqamli davlat hizmatlari, raqamli fintexnologiyalar, kriptologiya, kriptografiya, blokcheyn, kriptovalyuta, uning turlari, tarqalishi, ishjlatilishi, tarixi, rivojlanishi, bozorlari, birjalari, almashinuv punktlari, ICO lar va ularni tashkil qilish mexanizmi hamda kriptovalyuytalardan foydalanilish va ularning rivojlanish tendentsiyalari bo’yicha baholi-qudrat bir qancha ma’lumotlar berilgan. Shuni ham 564 aytishimiz kerakki, har qanday yangi ma’lumot, u qanchalik foydali bo’lmasin, amalda ishlatilmasa, moddiy foyda keltira olmaydi. Buni unutmang, va bilimlaringizni amalda ishlatishdan erinmang. Bunda tavakkalchilik qilishga to’g’ri keladi, albatta. Ammo tavakkal qilmasangiz, hayotda hech nimaga erisha olmaysiz. Tavakkalchilik darajasini kamaytirishni usuli esa aktivlarning diversifikatsiyasi, doimiy o’qish va o’rganish, yangi texnologiyalarni bilish va tushunish, ishonchli hamkorlar topishdir. Endi raqamli iqtisodiyot bo’yicha jahon miqyosidagi asosiy trendlarni ham yoritib o’tishga harakat qilamiz: Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling