O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
Innovatsiyalar hayotiy tsiklining kamayishi – sohalar bo’yicha muhim
innovatsiyalarning paydo bo’lishini oldindan oldindan ko’ra olish juda ham muhim, chunki aks holda ushbu soha yangi innovatsion yechimlar ta’sirida yo’q bo’lib ketishi ham mumkin. Misol sifatida musiqa bozoridagi ilg’or texnologiyalar evolyutsiyasi vositasida tushuntirishimiz mumkin: vinil plastinkalar –magnitofon lentalari – kassetalar – kompakt disklar – DVD – MP3 – on-line strimming servislari. Mehnat bozori tuzilishining o’zgarishi – information texnologiyalarning rivojlanishi ishchi-xodimlarning malakalariga bo’lgan talablarni ham tubdan o’zgartirib yuboradi. Natijada aqliy mehnatnig qadri oshib, bu sahada ishlaydiganlarga ish haqi miqdori ancha katta bo’lib ketadi. Buni iqtisodchilar texnik progressning yangi texnologiyalar bilan ishlay oluvchilar tomonga qarab burilishi (skill-based technological change – SBTC) deb ataydilar. Bu shubxasiz jahon trendidir va shuning uchun ham bu xolatni ta’lim dasturlari hamda rejalarini tuzishda hisobga olish kerak bo’ladi. Masalan, BCG konsalting kompaniyasining ma’lumotlariga ko’ra, Germaniyada ommaviy robotlahstirish hisobiga 2025 yilga kelib 610 ming ish joyi qisqaradi, ammo 960 ta malakali hodimlar talab qiladigan yangi ish joylari paydo bo’ladi (RAEK, NIU BSHE, Ekonomika Runeta RF, str.5). Asta-sekin jahon bo’ylab raqamli iqtisodiyot tamoillari va dasturiy-texnok hamda algoritmik vositalari mobil tijoratga o’tish jarayoni amalga oshadi; Internet tizimida va raqamli dunyoda oldindan bashorat qilib bo’lmaydigan va kutilmagan ko’rinishdagi firibgarlik va tovlamachilik xolatlari yanaga rivojlanib 565 boradi, kompaniyalar esa buning oldini olish uchu katta kuch sarflashlariga to’g’gri keladi; Sharing economy texnologiyalari insonlarning shaxsiy mulkka ega bo’lish istagiga ta’sir qila boshlaydi va yoshlar albatta shaxsiy mulikka ega bo’lish kerakligidan voz kehca boshlaydilar; Ijtimoiy tarmoqlar iste’mol imkoniyatlariga va harid bo’yicha qarorlar qabul qilish jarayoniga tobora ko’proq ta’sir ko’rsata boshlaydilar; Virtuallik xizmatlari va bulutli texnologiyalar biznes uchun tobora ko’proq imkoniyatlar yaratib, kompaniyalar ularni o’z faoliyatlariga yanada ko’proq jalb qila boshaydiar. Bu esa o’z navbatida information tizimlarning havfsizligi va ishnochliligini ta’minlab beradi; Kraudsorsong va kraudfanding texnologiyalarining biznesga kirib kelish jarayoni yanada kuchayadi va kompaniyalar jamoaviy fikr va jamoaviy mablag’lardan keng foydalangan xolda nafaqat tijoriy, balki ijtimoiy masalalarni ham hal qila boshlaydilar; Sun’iy intellekt va Big Data texnologiyalarining Mashine Learning asosidagi imkoniyatlari kompaniyalarning mijozlarga yo’naltirilganligini ta’minlaydi va iste’molchilarning qoniqish darajasini oshiradi; Buyumlar interneti kompaniyalarni kerakli bo’lgan ma’lumotlarni shu zumdayor yig’ish, qayta ishlash va tahlil qilish imkoniyati bilan ta’minlaydi. Bu esa insoniy faktorning ko’zda tutilmagan nojo’ya ta’sirlaridan qutulishga yordam beradi; Virtual va to’ldirilgan voqe’lik texnologiyalari hamda robotlashtirish ishlab chiqarish modellarining tubdan o’zgarishiga juda katta ta’sir qila boshlaydi; 3D-printerlar esa ishlab chiqaruvchilarni iste’molchilarga shu qadar yaqinlashtiradiki, endi mahsulotlarni individual zakaz bo’yicha kichik partiyalarda ishlab chiqarish ham juda foydali bo’lib qoladi; Kompaniya va tashkilotlarning yangi texnologiyalarni o’zlashtirish jarayoniga bog’liq ravishda, ishchi-xizmatchilarning malaka oshirishiga bo’lgan talablar ham keskin o’zgaradi va hodimlarning butun umri davomida ta’lim olishi (Life Long Learning) kerakligi zamona talabi bo’lib qoladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling