Axborotlashtirish – yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan
ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda
axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-
iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni.
Affiliate Network– hamkorloik marketing, bunda tashkilot katta marketing
kompaniyalari bilan hamkorlik haqida shartnoma tuzadi va har bir jalb qilingan
foydalanuvchi uchun mukofot oladi (Cost per Sale).
Aktiv reklama – interaktiv rejimda foydalanuvchini muloqotga undovchi reklama
turi.
Axborotlashgan ma’lumotlar – abstrakt ramzlar tartibga solingan to‘plamdir
bo‘lib, u harfli, sonli, vizual va tovushli bo‘ladi, insonning faoliyati yoki
mashina ishi yordamida yaratiladi. Ular axborot yaratilishida resurs bo‘lib
hizmat qiladi.
Axborot resursi – axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot,
ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasidir.
Axborotlashgan resurslar – o‘z ichiga axborotlashgan mahsulotlar va
axborotlashgan ma’lumotlarni, ya’ni inson oliy faoliyatining resurslarini oladi.
Firmaning axborotlashgan resurslariga tegishli bo‘ladi. Axborotlashgan
mahsulotlar biznes-axborot va ishbilarmon bilimga bo‘linadi.
Axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdori – axborot
resurslariga yoki axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va
ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining egasi – qonun bilan yoki
axborot resurslarining, axborot tizimlarining mulkdori tomonidan belgilangan
huquqlar doirasida axborot resurslariga yoxud axborot tizimlariga egalik qiluvchi,
ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Do'stlaringiz bilan baham: |