Biznes-model – Kompaniyaning qo’yilgan maqsadlariga erishishga yordam
beradigan va uning tijoratini amlga oshirishga imkon beradigan biznes jarayonlar
yig’indisi.
Botnet yoki botlar – robot va Network so’zlaridan olingan bo’lib, zararli (yoki
qandaydir, insonlar uchun foydali bo’lgan) dasturiy ta’minot o’rnatilgan
komp’yuterlar bo’lib, ular tashqaridan mahsus dastur bo’yicha boshqarilina
oladilar.
Bek-ofis – kontentni boshqarish tizimi yoki qandaydir jarayonning ma’lumotlar
bazasi.
Biznes-model – bu daromadni yaratish uslubini aks ettiruvchi korxona tomonidan
ishlab chiqarilgan tovar tamoyili va mohiyatining mavhum ko‘rinishidir.
Tovarlarni an’anaviy do‘konlar orqali emas, balki xaridorlarga bevosita interfaol
sotish Yangi biznes-modelini ifoda etadi. Kitob do‘konlari elektron kitoblarni
vositachilar yordamisiz bevosita xaridorlarga sotib, ushbu biznes-modelni
amaliyotda qo‘llaydi. Sarmoyadorlar o‘z bitimlarini yuqori komission foizlarni
undiradigan universal chakana brokerlarga murojaat qilmasdan, bevosita Internet
orqali arzon moliyaviy axborotdan foydalanishlari mumkin. Agar biznes-model
faqatgina Internetga asoslangan bo‘lsa, u holda uni sof o‘yinchi deydilar.
Bilim– ma’lum qiymatga ega axborotlashgan mahsulotlar yig‘indisi. Tayanch
bilimlarga ta’lim muassasalarida o‘rgatiladigan axborotlashgan mahsulotlar
ta’alluqlidir.
Bilimlarni boshqarish – bu bilimni identifikatsiya qilish, bilimni boshqarish,
bilimni rivojlantirish va undan foydalanishdir. U bilimlarni qanday olish, uni
tarqatish, o‘zgartirish, undan foydalanish hamda firma uchun zarur amaliy
ustunliklarni uzluksiz topish bilan shug‘ullanadi.
Bilimlar kapitali – bu kompaniyaning bilimlarni egallash, ishlab chiqish va
ulardan foydalanish uchun sarflagan sarmoyalaridir. Bilimlar kapitalining muhim
tarkibiy qismi kompaniyaning intellektual mulki hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |