Elektron reklamalarni ko‘rsatish baholarining quyidagi modellari mavjud:
„Ko’rsatuv bo’yicha to’lov“ modeli – Cost Per Thousand, CPT, Cost For
Mille, CPM va AD exposure.
„Aniq to’lov“ modeli – Flat Fee Advertising, FFA.
„Kliklar soni bo’yicha to’lov“ modeli – Cost Per Clik, CPC.
„Amal bo’yicha to’lov“ modeli – Cost Per Action, CPA.
„Jalb qilingan foydalanuvchilar uchun to’lov“ modeli – Cost Per Visitor,
CPV.
„Sotuvlar uchun to’lov“ modeli–Cost Per Sale, CPS.
“Banner almashinuvi” modeli – Cost for Banner Exchange, CBE.
Butunlilik – informatsiyaning saqlanish va uzatilish jarayonida ruxsatsiz
o’zgartirila olinmasligi. Bu talab elektron raqamli imzo va imitohimoya
orqali bajariladi;
Blokcheyn – ma’lumotlar bloklarining uzluksiz zanjiri, ya’ni bir butun
ma’lumotlar bazasi bo’lib, unda kriptovalyutalar bilan amalga oshirilgan barcha
ma’lumotlar saqlanadi. Uni kim, qachon va qancha operatsiyalar amalga
oshirganini ko’rsatib turadigan katta hisob-kitob jurnali deb tasavvur qulish ham
mumkin.
Bayopik – inglizcha «biographical picture» (biografik chizgi) biror ajoyib
insonning hayoti haqida biografik kino. Masalan, «Ijtimoiy tarmoq» filmi Mark
Sukerberg haqida suratga olingan bayopik sanaladi”.
Branch (brunch) - inglizcha «breakfast» (nonushta) va «lunch» (tushlik)
so‘zlarining qo‘shilishidan kelib chiqqan tushuncha bo‘lib, odatda soat 11 va 14
oralig‘ida iste’mol qilinadi.
Benchmarketing – eng yaxshi kompaniyalarning ishlash jarayonini o’rganadi va
shu asosda ularning ijobiy tajribalarini o’z kompaniyasiga ko’chiradi.
Biznes-farishtalar – kompaniya rivojlanishining boshlang’ich bosqichlariga unga
investitsiya qiladiganlar.
577
Do'stlaringiz bilan baham: |