O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Apple kompaniyasini ekotizimining asosiy mahsulotlarini – iPhone, iPad


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet311/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Apple kompaniyasini ekotizimining asosiy mahsulotlarini – iPhone, iPad, Mac, 
iTunes va iCloud lar tashkil qiladi.
Mustaqil dasturchilar yoki raqamli hamkorlar kompaniya uchun ko’plab foydali 
servislar va mobil ilovalar yaratganlar. Iste’molchilar iTunes ning butun boshli 
kollektsiyalarini saqlaydilar, planshet, telefon, noutbuk va komp’yuterni 
birlashtirish (sinsronizatsiya qilish) ga imkon beradigan iCloud servisidan 
foydalanadilar, Siri servisidan foydalanadilar, Apple TV va Mac komp’yiteri 
uchun NetFlix dan foydalanadilar. Foydalanuvchilar bulardagi ma’lumotlarni olib, 
ularni osongina Google servislariga o’tkaza olmaydilar. Ekotizimdagi rivojlangan 
servislar foydalanuvchilari Apple platformasida saqlab turadilar. Bundan tashqari, 
Apple ekotizimning lideri va tashkilotchisi sifatida, kompaniya mahsulotlarini 
ishlatishga qulay va oddiy holga keltirishga hamda raqobatchilarga nisbatan yuqori 
sifatni ta’minlashga harakat qiladi. Hozirda 40 mingdan ortiq mustaqil dasturchilar 
Apple OS operatsion tizimidan va Apple Store platformasidan foydalanadilar. 
2015 yil boshiga kelib, Apple Store foydalanuvchilarga 1,4 milliondan ortiq 
ilovalar taklif etgan va ular orqali dasturchilar jami 25 milliard dollar mablag’ 
ishlab olganlar.
16.2. Biznes-ekotizim yaratish usullari 
IBM, Sisco Systems, Dell, Apple, Alibaba va boshqa kompaniyalarning 
tajribasiga ko’ra, ekotizimning muvaffaqiyatli ravishda tashkil qilinishi va 
rivojlanishi iste’molchilar, hamkorlar hamda biznesning boshqa ishtirokchilari
tomonidan yaxshi muhit hosil qilinishi hisobidan amalga oshiriladi. Ko’pincha 
ekotizimning muvaffaqiyatga erishishida bir xilda fikrlaydigan va yuqori 
kompetentsiyaga ega bo’lgan hamkorlarning birlashishi muhim ahamiyatga ega 


550 
bo’ladi. Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi raqamli biznes ekotizimlarning 
paydo bo’lishiga olib keladi. Bularning yadrosini esa intellektual informatsiyon 
texnologiyalarga asoslangan zamonaviy raqamli platformalar tashkil qiladi. 
Bunday platformalar innovatsion yechimlar va mustaqil dasturchilar tomonidan 
yetkazib beriladigan amaliy dasturlar bilan to’ldiriladi (Альстайн М., Паркер 
Дж., Чаудари С. Сетевой эффект как новый двигатель экономики // Harvard 
Business Review — Россия. 2017. Январь — февраль. С. 30.). Platformaning 
boshlang’ich dasturiy ta’minoti asosida hamkorlar ilovalarning imkoniyatlarini 
kengaytiradilar, servis dasturlar (utilitlar) ishlab chiqaradilar, iste’molchilar 
ma’lumotlar va tajribalar bilan almashinadilar, sotuv bo’yicha hamkorlar topiladi, 
ma’lumot yetkazib beruvchilar shakllanadi, shu dasturiy ta’minot asosida analitik 
algoritmlar shakllantiriladi. Ba’zi xollarda bunday ekotizimlarning yaratuvchlari 
nafaqat IT-industriya mutaxassislari emas, balki biznes namoyondalari ham 
bo’lishi mumkin. Bunga misol sifatida Accenture kompaniyasi yirik AQSh 
riteyleri Home Deport ni keltiradi. Bu kompaniya uning tarmog’i orqali sotiladigan 
tovarlani yetkazib beruvchilarni aqlli uyni boshqarish platformasi Wink binlan mos 
tushadigan qilib beradi. Shunday qilib, yangi raqamli platforma, agar u mustaqil 
dasturchilar tomonidan aqlli uyni boshqarish uchun bir qancha ilovalar tuzilgandan 
so’ng, mavaffaqiyat qozongan taqdirda, IT-sohasiga mansub bo’lmagan 
kompaniya tomonidan tashkil etilgan eng yorik platformalardan biri bo’lib qolishi 
mumkin. Yuqoridagilardan kelib chiqqan xolda, shuni ta’kidlash mumkinki, 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling