O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Download 4.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Deutsche Bank
- Revised Payment Directive, PSD2 EU ) ham tasdiqlaydi. U qonunchilik darajasida Evropa Ittifoqi banklarini chetdan ishlab chiquvchilarga foydalanuvchilar dasturlari uchun API
- Sbertex
- ABN AMRO Group, Credit Suisse, Societe Generale
1) bank operatsiyalari haqida SMS orqali xabardor qilish;
2) amalga oshirilgan amallar to’g’risida elektron pochta (e-mail) orqali xabardor qilish; 3) mijozlar uchun personal IVR-kabinet tashkil qilish. Mijozlarga masofaviy bank hizmatlari ko‘rsatish va onlayn-hizmatlar taklif qilish amaliyotining ko‘rsatishicha, mahalliy banklar cheklangan turdagi onlayn- hizmatlar taklif qilmoqda, shuningdek, bank faoliyatini iste’molchilar talablariga nisbatan ommalashtirish jarayoni juda sekinlik bilan ro‘y bermoqda. Agar mahalliy banklarraqamli kanallar bo‘yicha xilma-xil moliyaviy hizmatlar taqdim etadigan bo‘lsa, iste’molchilar bank servislaridan istalgan vaqtda va istalgan joyda foydalanish imkoniga ega bo‘lgan bo’lar edilar. Mijozlarga masofaviy bank hizmatlari ko‘rsatish va onlayn-hizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirish maqsadida quyidagi choralar ko‘rish taklif etiladi: 1) yangi texnologiyalar yordamida banklar bilan iste’molchilar o‘rtasidagi masofani qisqartirish; 2) mijozlar bilan interfaol usulda ishlagan holda bank servislarini munazam maslahat asosida tashkil qilish va rivojlantirish; 156 3) an’anaviy banklar va professional tashkilotlar o‘rtasida raqamli texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha kollaborativ munosabatlar ishlab chiqish va ularni hayotga tadbiq etish; 4) mijozlarni bank operatsiyalari o‘tkazishda yangi raqamli texnologiyalardan foydalanishga jalb qilish. Bank hizmatlarining innovatsion turlarini bank tizimiga faol joriy qilish uchun respublikada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish zarur bo‘lib, buning uchun nafaqat investitsiyalar, balki raqamlashtirish sohasida bizdan o‘zib ketgan rivojlangan mamlakatlar tajribalarini yaxshilab o’rganish ham zarur. Bank sanoati – shiddat bilan raqamli rivojlanishga bo’lgan yorqin misollardan biri bo‘la oladi. Deloitte konsalting kompaniyasi Rossiya banklari orasida yangi texnologiyalarni qo‘llash jarayonini tadqiq etib, buning natijasida ekspertlar 11 ta innovatsiyani tanlab oldilar va ularni bir nechta guruhga ajratidilar: ular havfsizlikni ta’minlash («aqlli» identifikatsiya-II-Intellektual Identification), tahlil (Big Data, shaxsiy moliyaviy yordamilar – PDA – Personal Digital Assistent), raqamli texnologiyalar (onlayn-hamyon, muloqotsiz to‘lov va boshqalar), avtomatlashtirish (bo‘linmalardagi avtootvetchiklar va robotlar), geymifikatsiya (mijozlar uchun o‘yinlar va kvestlar) va P2P-kreditlashdir. Kripto-aktivlar, ya’ni blokcheyndagi o‘z qiymati va egasi bo‘lgan qaydlar yig‘indisi aylanmasi bilan endi faqat litsenziya asosida shug‘ullanish mumkin. Litsenziyalashga mayning, kripto-aktivlar bozoridagi hizmatlar va kripto-birjalar faoliyati kiradi. Bu yo‘nalishlarni litsenziyalash NAPU (Loyihalarni boshqarish milliy agentlagi) tomonidan amalga oshiriladi. Keyinroq O‘zbekistonda kripto- birjalarga bo’lgan talablar ham tasdiqlandi: xorijiy korxona, «ustav miqdori» 30 000 ekyu (5,5 mlrd so‘mdan ortiq), elektron tizim mavjudligi, savdoni amalga oshirish qoidalari, bozor kotirovkalaridan foydalanish va savdo haqidagi axborotlarni besh yil davomida saqlash majburiyati. Ko‘plab virtualvalyutalar moddiy ta’minotga ega bo‘lmasdan, ijtimoiy shartnoma shakli hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, valyutalar, obligatsiyalar, aksiyalar, opstionlar, veksellar va boshqa shu kabi moliyaviy vositalarning mutlaq ko‘pchiligi ham ijtimoiy 157 shartnoma shakli hisoblanadi va to‘liq moddiy ta’minotga ega bo‘lmaydi. Biroq agar klassik valyuta qimmati asosanuni emissiya qiladigan mamlakatning moliyaviy-iqtisodiy va siyosiy holatiga bog‘liq bo‘lsa, kriptovalyutalar qiymati faqat undan foydalanuvchilar kutadigan natijalar bilan belgilanadi.Kembridj universiteti tadqiqotlariga ko‘ra, kriptovalyutalardan foydalanuvchilar umumiy soni so‘nggi uch yil ichida to‘rt baravar – 2013 yildagi 8,2 milliondan 2018 yilga kelib taxminan 50 milliongacha o‘sdi. Ta’kidlash joizki, raqamli iqtisodiyotga o‘tilish bilan iqtisodiy o‘sish tendensiyalari yanada faol o‘sish tomon o‘zgarishi mumkin. Bir tomondan, yaqin yillarda kriptoiqtisodiyot umumiy hajmi alohida mamlakatlar byudjeti bilan taqqoslanadigan darajaga yetadi. Boshqa tomondan, ushbu iqtisodiy faollik butun dunyo bo‘ylab (eng katta qizg‘inlik Xitoy, Yaponiya, Evropa Ittifoqi davlatlari, Skandinaviya davlatlari, AQSH, Janubiy Koreya va Afrikaning bir qator mamlakatlarida kuzatildi) tarqalgan, ammo uning ko‘lami har bir alohida mamlakat iqtisodiyoti umumiy hajmida va jahon miqyosida u qadar sezilarli miqdorda emas. Bir qator davlatlar (Shveysariya, Angliya, Isroil va boshqalar) blokcheyn texnologiyasini qo‘llagan holda, o‘zining mos keluvchi markaziy banklar tomonidan emissiya qilinadigan va nazorat qilinadigan virtual valyutasini ham yaratish istagini bildirdilar. Bir tomondan, blokcheyn va boshqa texnologiyalar joriy qilish, shubhasizki, davlat virtual valyutalari ishonchliligini oshiradi, boshqa tomondan esa, bunday yondashuv kriptovalyutalarning asosiy g‘oyasiga (taqsimlangan va markaziy boshqaruvsiz) zid keladi va unga to‘liq ma’noda qarshilik ko‘rsata olmaydi.Nima bo‘lganda ham, barcha davlatlar o‘zining moliyaviy va iqtisodiy tizimini ularning bir qismi tartibga solinadigan bir nechta valyuta muomalada bo‘lishiga tayyorlashi zarur deb o’ylaymiz.Xususan, Kanadaning eng yirik banklaridan biri, yangi Shotlandiya banki yoki Scotiabank, yaqinda bank mijozlari uchun «bank ishi odamlarga qanday hizmat qilishini qayta fikrlash» falsafasiga muvofiq, raqamli innovatsiyalar va yechimlar ishlab chiqish va joriy qilishni amalga oshiradigan yangi raqamli fabrika ishlab chiqilishi haqida ma’lum qildi. Deutsche Bank ham raqamli bank mahsulotlarini rivojlantirish borasida o‘z markaziga ega: Digital Factory Frankfurtda joylashgan. Bu raqamli 158 fabrikada14 mamlakatdan bo‘lgan 400 ga yaqin dasturiy ta’minot ishlab chiquvchi axborot texnologiyalari mutaxassislari va moliyaviy ekspertlar eng zamonaviy usullardan foydalangan holda, raqamli mahsulotlar ishlab chiqish ustida birgalikda ishlamoqdalar. 2016 yilning noyabrida Deutsche Bank dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilarga an’anaviy moliya hizmatlari doirasidan chiqadigan bank mijozlari uchun raqamli yechimlar yaratish imkoniyatini taqdim etdi. Bunday yondashuvbank ular negizida butun dunyo startaplari bilan hamkorlik qiladigan uchta innovatsion laboratoriya, raqamli fabrika va tadqiqotlar yangi markazini birlashtiradigan innovatsiyalar ekotizimi yaratishga imkon berdi. Bank dasturchilarga kelajakning raqamli hizmatlarini amalga oshirish uchun o‘z g‘oyalarini tekshirishga imkon beraidgan amaliy dastur interfeys (dbAPI) orqali raqamli muhitga to’laqonli ulanish va bu muhitda ishlash imkoniyatini ta’minlaydi. Tranzaksiyalar qismida ochiq interfeyslar mantiqinibank sohasi uchun inqilobiy bo‘lgan «Ikkinchi to‘lov Direktivasi» (Revised Payment Directive, PSD2 EU) ham tasdiqlaydi. U qonunchilik darajasida Evropa Ittifoqi banklarini chetdan ishlab chiquvchilarga foydalanuvchilar dasturlari uchun API bepul taqdim etishga majbur qiladi. Mijozning topshirig‘i asosida va bank bilan aqlli shartnoma tuzish orqali uchinchi tomon to‘lovlarni amalga oshirishi va tranzaksiyalar haqidagi axborotni o‘z dasturlarida aks ettirishi mumkin. Bu bir tomondan, ko‘plab bozor qatnashchilarini cho‘chitadigan, boshqa tomondan esa – yangi, strategik ahamiyatga molik istiqbol bo‘lib ko‘rinadigan ochiq banking tomon yana bir qadamdir.Boshqa tomondan, raqamli bank hizmatlari ishlab chiqishga proprietar yonadshuv ham an’anaviy raivshda qo‘llanilib kelmoqda. Xususan, Rossiya Sberbanki «Sbertex» AT-kompaniyasini tashkil qildi. Sbertex loyihalari o‘z bank tizimini o‘z kuchlari bilan modernizatsiya qilishga yo‘naltiriladi. Biroq ochiq interfeyslar (Open API) rivojlanishi ham kelajakdagi yo‘nalishlardan biri sifatida ma’lum qilinadi. Banklar ekotizimi tez rivijlanibbormoqda va bank servislari bilan bog‘liq o‘z dasturlarini yozish istagida bo‘lgan kishilar soni ko‘pchilikni tashkil qilmoqda. Bularning barchasi startap-g‘oyalar mijozlariga yo‘naltirilgan mustaqil IT-mutaxassislarini jalb qilish va ochiqlikka intilishdan darak beradi. Tabiiyki, 159 bunday yondashuvni yangi raqamli iqtisodiyot paradigmasi talab qiladi. BIAN joriy 5-versiyasi 7 ta biznes-yo‘nalish, 36 ta biznes-domen, 300 ga yaqin turli domendagi servislar, 700 dan ortiq biznes-stsenariylar va 2000 ga yaqin namunaviy biznes-operatsiyalarni o‘z ichiga oladi. Ishlab chiquvchilar tarkibiga 27 ta moliya tashkilotlari (ABN AMRO Group, Credit Suisse, Societe Generale Download 4.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling