O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Twitter, Apple, Microsoft va shunga o‘xshash kompaniyalarni markazlashgan, 
demak, adolatli bo’lmagan (dushmanlik ruhidagi) tuzilmalar deb hisoblashga 
moyil bo‘lgan bir paytda baribir shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, qachonlardir 
ular ham hech kimga ma’lum bo‘lmagan startaplar g‘oyalari tufayli radikal 
kompaniyalarga aylanishlari mumkin. To‘g‘ri tashkil qilingan huquqiy tizim 
tufayli, kriptovalyutalar asosidagi bunday startaplar rivojlanishi va foyda olishi 
mumkin bo‘ladi. Natijada dunyo ishonch hosil qilinishi oqibatida yaxshi tomonga 
o‘zgaradi. Bikoinning nufuziga Silk Road va Mt.Gox saytlari bilan bog‘liq voqea 
asoratlari ham ta’sir ko‘rsatadi, albatta. Huddi shuning uchun ham ko‘pchilik 
odamlar butun boshli g‘oyani boshdan oxirigacha aldov deb hisoblaydilar. 2014 yil 


150 
o‘rtalarida o‘tkazilgan so‘rovning ko‘rsatishicha, AQSH fuqarolarining faqat 
yarmigina bitkoin nima ekanligini biladi, atigi 3%ga yaqini undan foydalangan
65%i esa undan foydalanish ehtimoli pastligini aytgan. Kriptovalyutalarga ishonch 
hosil qilish uchun, odamlar unga ishonishni boshlagunlariga qadar ularga 
nimalarnidir tushuntirishiga to‘g‘ri keladi. Agarda bitkoin haqiqatda yetakchi 
valyutaga aylanganida, u dunyo fuqarolarining katta qismini larzaga keltiradigan 
iqtisodiy kuchlarni hosil qila olgan bo‘lar edi. Yangi kriptotangalar «ishlab 
topilish» tugaganidan so’ng va ularning umumiy soni 21 millionga yetishi bilan 
bitkoin deflyasion valyutaga aylanadi. Bizning global iqtisodiyot hozirgi holatida 
inflyasion valyutalarga asoslanadi. Kreditga va kuchli monetar nazoratga 
asoslangan holda ishlaydigan global iqtisodiyot uchun bunday tizim katta ziyon 
yetkazgan bo‘lar edi, ayniqsa, u tegishli tayyorgarliksiz joriy qilingan bo‘lsa. 
Ammo, orada raqobat degan muammo ham bor. Visa va Master Card kabi 
oshkora raqobatchilarni yoddan chiqaring. Agar, aytaylik, raqamli to‘lovlarning 
barcha afzalliklarini taklif qiladigan va bundan bitkoinning barcha real va 
ehtimoliy kamchiliklaridan xoli bo‘lgan to‘lov tizimi mavjud bo‘lsa-chi? 
Kriptovalyutalarning moliya tizimida ustunlik qiladigan holatga erishish usuli 
ularning uzluksiz moslashuv jarayonidan iborat bo‘lib, buni hech kim 
kriptovalyuta bozoridagi asosiy o‘yinchilardan tezroq bajara olmaydi. Hozir 
raqamli asr, bitkoin esa – raqamli asr valyutasi hisoblanadi. Odamlar hayotini 
telefonsiz tasavvur ham qila olmaydigan, juda ko‘plab savdo bitimlari onlayn 
amalga oshiriladigan dunyoda muomala oddiyligi va harajatlar tejalishi bitkoinga 
ustunlik beradi. U yuqorida aytib o‘tilgan katalizatorlardan bittasiga, keyin yana 
bittasiga, undan keyin yana bittasigava ehtiyoj sezadi. Pirovardida bitkoin shu 
qadar ommalashdiki, pulning uchala funksiyasini birlashtiradi va shunda u xuddi 
dollar kabi buyuk ahamiyatga ega bo‘ladi.Jamiyatdagi salbiy imidjga va me’yoriy 
cheklovlarga qaramasdan, tashqi muhit kriptovalyutalarning gullab-yashnashiga 
to‘sqinlik qilyapti deb bo‘lmaydi. Kriptovalyutalarga moyillik bildiradian ayrim 
davlatlar, jumladan, Shveytsariya, Singapur, Birlashgan Qirollik va Kanada 
kriptovalyuta texnologiyalarini rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan innovatsion 


151 
xablar yaratishga hizmat qilgan bo‘lar edi. Xatto AQSH da ham, NDFU direktori 
Bendjamin Loski tomonidan taklif qilingan bit-litsenziya qabul qilinmaganiga 
qaramay, chuqur fikrlaydigan qonun chiqaruvchilar kriptoolam sohasidagi 
innovatsiyalar uchun imkon qoldirishgan. Shu bilan bir vaqtda, rivojlanayotgan 
mamlakatlardagi kriptotexnologiyalar rivojlangan mamlakatlar bilan bu sohada 
tenglashish ma’nosida juda ham sekin harakat qilishmoqda. Lekin u yerlarda ham 
bitkoin bilan ishlashga intilish sezilarli darajadaligi OAV habarlari vositasida 
ma’lum bo’lmoqda. Bitkoinlar depozitariysi va elektron hamyonlar ijaraga 
beruvchi SEO mutahassisi Xapo Venses Kasares bitkoin kelajagini u onlayn-savdo 
uchun afzal ko‘riladigan ayirboshlash vositasiga aylanadigan «internet tabiiy 
valyutasi» sifatida ko‘radi. Bitkoin narxini oshiradigan yagona omil bu – 
cheklangan emissiya va talabning ortishi yoki kamayishi bo’lib, uni oltin yoki 
kumush kabi foydali qazilmalar bilan taqqoslash mumkin – dunyoda uning miqdori 
cheklangan va uni sun’iy raivshda ishlab chiqarib bo‘lmaydi. Kriptovalyutaning 
asosiy ustunligi ham huddi mana shundan iborat – uni qalbakilashtirib bo‘lmaydi. 
Biroqmoliyaviy ekspertlar bunday qo‘yilmalar riskli ekanligi haqida ta’kidlashni 
davom ettirishmoqda, ko‘plab davlatlar esa avvalgidek, o‘z ramsiy bozorlarida 
kriptovalyutalar bilan operatsiyalarni taqiqlamoqdalar. Shuningdek, mahalliy 
tartibga soluvchida kriptovalyutalarni nazorat qilish imkoniyati yo‘qligi ham 
shubha uyg’otadi. Biroq zamonaviy iqtisodiyotdagi tendensiyalarhukumatni 
raqamli elektron pullarni mahalliylashtirish ustida o‘ylanishga majbur qiladi. 
Kriptovalyutalar olamida havfsizlik ham muhim rol o‘ynaydi – ko‘pincha 
jinoyatchilar jinoiy yo‘l bilan topilgan pullarni kriptovalyuta yordamida «yuvish» 
uchun undan foydalanadilar. 
Endi kriptovalyutalar birjasi haqida ham bir fikrlab ko’ramiz. Agar siz nima 
qilib bo‘lsada, bir necha bitkoin yoki efiriumga ega bo‘lish istagida bo‘lsangiz, va 
bu orqali nimadir ishlab olishni istasangiz, siz to‘g‘ri birjaga yo‘l olishingiz lozim. 
Kriptovalyutalar birjalari ko’pchlik hollarda oddiy birjalar bilan bir xil tartibda 
ishlaydi. Bu savdo maydonchalardagi asosiy farq shundaki, agar oddiy birjaga 
odamlar brokerlarsiz biror bir ish qila olishmasa, kriptovalyuta birjasida savdolarda 


152 
boshqalarni jalb qilmasdan ham ishtirok etish mumkin. Birjadagi bundan boshqa 
ishlar esa o‘xshash, ya’ni, ro‘yxatdan o‘tish, birjada kotirovka qilinadigan ma’lum 
bir valyutada hisobraqami ochish, shundan keyin operatsiyalarni amalga oshirish 
mumkin bo‘ladi. Asosiysi – kriptovalyuta birjalarining ikki xil turi mavjudligini 
esdan chiqarmaslik kerak. Birinchi turdagi birjalarda kriptovalyuta «tirik» pulga – 
dollar, yevro, funt va hatto rublga sotiladi. Ikkinchi turdagilarida esa – 
kriptovalyutalar raqamli elektron pullarga sotiladi. Elektron pullar bitkoinni 
efiriumga (yoki boshqa kriptovalyutaga) joriy kurs bo‘yicha onlayn rejimida 
almashtrish va bunda pul ishlab olish mumkin bo‘lgan kriptovalyuta ayirboshlash 
shahobchasi rolida ishtirok etadi. Agar birja savdosi siz uchun murakkablik 
qiladigan bo‘lsa, lekin siz bitkoinni rublga yoki rublni bitkoinga almashtirish 
fikridan qaytmasangiz, kriptovalyuta ayirboshlash shahobchasiga murojaat 
qilishingiz kerak bo’ladi. Bunday shahobchalar joriy kurs bo‘yicha kriptovalyutani 
boshqa turdagi valyutaga ayirboshlashga imkon beradigan oddiy servislardir. 
Kriptovalyuta ayirboshlash shahobchasini tanlashda shuni yodda tutish kerakki, 
oxirgi paytlarda kriptovalyutaga ixtisoslashgan firibgarlar soni ancha ortgan. Shu 
sababli, ayirboshlash uchun maydonchani tanlashga jiddiy yondashish kerak. 
Internetda kriptovalyuta ayirboshlash shahobchalari reytinglari va ular haqidagi 
fikrlarni osonlik bilan topishingiz mumkin. Endi esa kriptovalyutalar kapitallashuvi 
masalasini ko’rib chiqamiz. Kriptovalyutalar bilan bog‘liq masalalarda odamlar 
yo‘l qo‘yadigan asosiy xatolik - bu atamalarning ma’no va mohiyatini 
tushunmaslik yoki bilmaslikdir. Ko‘pchilik kapitallashuvni kurs bilan adashtiradi 
bu esa qo‘pol xato hisoblanadi. Ha, kriptovalyutalar kapitallashuvi kriptovalyutalar 
kursiga bog‘liq, lekin bularning ikkalasi bir xil narsa emas. Odatda, kurs qanchalik 
baland ko‘tarilsa, kapitallashuv shunchalik tez o‘sadi. Biroq ayrim mutaxassislar 
qaysidir kriptovalyutaning bozor qiymatini mavjud sxemalar bo‘yicha aniqlashning 
imkoni yo‘q, chunki kriptovalyutalar kapitallashuvi – tortishuvli masala degan 
fikrlarga qo‘shiladilar. Kriptovalyutalarning yo‘q bo‘lib ketish holatlari ekspertlar 
orasida shubha uyg‘otadi. «Satosi Nakamotu» niki ostida ishlaydigan tadbirkorlik 
sub’ektlariu bir necha yil oldin million bitkoin bilan birga g‘oyib bo‘lgandeb 


153 
hisoblashadi. Shuningdek, avvalroq buzilgan uskunalarda «yonib» ketgan 
kriptovalyutalar haqidagi axborotlar ham paydo bo‘lgan. Albatta, hozir tizim ancha 
havfsiz, elektron pullar qimmatlashuvi foydalanuvchilarni bu masalaga jiddiyroq 
yondashishga majbur qiladi, lekin risk baribir mavjud.Mayning qilish uchun esa 
kriptovalyutani «mayning» qiladigan asbob-uskunalar hamda tegishli dastur xarid 
qilish talab etiladi. Ko‘plab ijobiy fikrlarga qaramay, mayning uskunalari bitkoinni 
juda ham katta miqdorlarda «jalb qilmaydi». Kriptovalyuta fermasi egasi, uskunani 
kriptotizimga ular ekan, ushbu tizimdagi tranzaksiyalar haqidagi axborotni 
saqlaganligi uchun qandaydir miqdorda mukofot oladi. 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling