O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Raqamli innovatsion tizimning tavsifi va tuzilishi


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Raqamli innovatsion tizimning tavsifi va tuzilishi 
Raqamli innovatsiyalar yaratiladigan sharoitlar mavjud bo’lgan tizimlarni 
o’rganishda ularni bilimlarga asoslangan iqtisodiyot sifatida o’rganib chiqish ham 
muhim nazariy yondoshuvlardan biri hisoblanadi. Bu haqdagi qimmatli 


171 
ma’lumotlarni 1980-yillarda bir qancha mamlakatlarda milliy innovatsion tizimlar 
ishlab chiqqan olimlarning asarlaridan olish mumkin. Bu yo’nalishning eng asosiy 
namoyondalari sifatida Shvetsiyalik professor B. Lundvallni, Britaniya ilmiy 
siyosatni o’rganish markazi professori K. Frimanni va AQSH Kolumbiya 
Universiteti professori R. Nelsonni ko’rsatib o’tish mumkin. Ular, umumiy 
metodologik tamoyillardan foydalangan holda, bu sohaning yirik namoyondasi Y. 
Shumpeter kabi, yangiliklar kiritish va zamonaviy amaliy-ilmiy innovatsion 
ishlanmalar rivojlanishning va raqobatda g’olib chiqishning asosiy faktori 
ekanligini tan olganlar. Bu olimlarning barchasi iqtisodiy rivojlanishda zamonaviy 
bilimlardan foydalanishga alohida diqqat qaratganlar. Milliy innovatsion tizimlarni 
rivojlantirish kontseptsiyasi professor D. Nortning ilmiy ishlarida eng mukammal 
holda tadqiq qilingan. Uning ilmiy ishlaridagi asosiy g’oya - institutsionalizm 
bo’lib, uningcha, jamiyatdagi ilg’or ilmiy-texnologik institutlar (tashkilotlar
undagi bilimlar va texnologiyaga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladilar. Nortning 
ko’rsatishicha, rivojlangan mamlakatlarda ilmiy-texnologik institutlarning 
rivojlanishi, ular orasidagi aloqalarning kengayishi, ilm-fanning amaliyotga 
tadbiqiga alohida ahamiyat berilishi orqali ular tarixiy qisqa muddatlarda “uchinchi 
dunyo”ga qaraganda iqtisodiy rivojlanishda kattaroq imkoniyatlarga ega 
bo’lganlar. Bu fundamental ilmiy kontseptsiyalar va tushunchalarga asoslanib
bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyot yoki raqamli innovatsion tizimga 
quyidagi ta’rifni berishimiz mumkin: Raqamli innovatsion tizimjamiyatdagi 
institutsional tuzilmalarning majmui bo’lib, ularnimng faoliyati bilimlar, ilmiy 
informatsiya va yangiliklar yaratishga (yoki rivojlangan mamlakatlardagi ilg’or 
innovatsion yangiliklarni ijobiy ravishda o’zlashtirishga) qaratilgan bo’lib, u 
davlat tuzilmalari, biznes, ilm-fan va ta’limning birgalikdagi o’zaro foydali 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling