Yangilik kiritish ma’nosining o’zgarishi evolyutsiyasi
Iqtisodiyot
rivojlanishi
davrlari
Industriallashtirishdan
oldingi iqtisodiyot
Industrial
iqtisodiyot
Informatsion
iqtisodiyot
Bilimlarga
asoslangan
raqamli
iqtisodiyot
Yangilik
kiritishning
ma’nosi
Yangi mahsulotlar
Yangitovarlar,
yangibozorlar, yangi
texnologiyalar
(ishlab chiqarish,
boshqaruv va
ijtimoiy)
Yangi talablarni
qondirish (yoki
talablarni
qondirishning
yangi usullari)
Yangi raqamli
boyliklar va
foyda
keltiradigan
yangi raqamli
vositalar yaratish
Iqtisodiyotning yalpi industriallashtirishdan oldingi davrida yangi tarmoqlar
rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan yangi mahsulotlar va yangiliklar yaratilgan.
Bularga misol sifatida kimyo sanoatida sun’iy tola va plastmassa paydo bo’lishini
ko’rsatish mumkin. Industrial iqtisodiyot ishlab chiqarish unumdorligining tez
sur’atlarda ko’payib ketishi oqibatida tovarlar soni xaddan tashqari ko’payib
ketishi bilan tavsiflanadi. Informatsion iqtisodiyot davri o’ziga insonlarning yangi
talablarini yaratadigan yangi mahsulotlar va yangi texnologiyalarni qamrab oladi.
Masalan, komp’yuter texnologiyalarining paydo bo’lishi ularni yangi ish quroli
sifatida ishlatish talabi tufayli hosil bo’lgan va ular esa o’z navbatida insonning
yangi talablarini yuzaga keltirdi, shu jumladan, yangi mahsulotlar va hizmatlar,
mehnat sharoitlari va yangi hayot tarsi yuzaga keldi. Raqamli texnologiyalar
ijtimoiy muhitga faol ta’sir qiladigan bilimlar ishlab chiqarishning iqtisodiy
rivojlanishning zamonaviy darajasiga ta’sirini o’rganishda evolyutsiyaning eng
yangi davrini ajratib olish mumkinki, unda raqamli usulda tavsiflangan ijtimoiy
faktorlar katta ahamiyatga ega bo’lib, ular inson jamiyati hayotidagi katta sifat
o’zgarishlarga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |