O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

2U ёки 2Tor — tijorat asosida faoliyat ko’rsatadigan kompaniya bo’lib, u 
2008yilda zamonaviy ta’lim tanqidchisi va taniqli tadbirkor Djon Katsman 
tomonidan tashkil qilingan. Ushbu kompaniya bir necha yilga mo’ljallangan to’liq 
on-layn kurslar yaratish bo’yicha yetakchi Amerika universitetlari bilan hamkorlik 
qiladi. Kompaniya tomonidan interaktiv qo’llanmalar, planshet va smartfonlar 
uchun dasturlar, on-layn ma’ruzalar va talaba hamda professorlarning muloqotini 
amalga oshiruvchi funktsional qurilmalar ishlab chiqarilmoqda. Har bir kursning 
platformasini ishlab chiqish uchun 2U(yoki 2Tor) kompaniyasi turli xil venchur 
fondler tomonidan ajratilgan 10 million dollar atrofidagi mablag’ sarfqilmoqda. Bu 
loyihaning boshlang’ch bosqichidagina tahminan 100 million dollar mablag’ sarf 
qilingan. Ta’lim texnologiyasining ushbu bo’lim sarlavhasida keltirilgan qolgan 
to’rtta asosiy yo’nalishlari esa quyida imkoniyat darajasida tavsif etiladi. 


187 
Ta’limning shaxsga yo’naltirilganligi 
Zamonaviy ta’lim jarayoni raqamli texnologiyalardan foydalangan holda 
universallashtirishga intilib, ta’lim berishda insonlarni bir-birlariga maksimal 
darajada o’xshash qilib modellashtiradi (ya’ni, moslikni talab qiladi). Xozirgi 
zamondagi maktab va universitetlar o’z talaba-o’quvchilarini klassik “qora 
qutilar” ko’rinishida tasavvur qilib, ularning barchasiga bir xil ma’lumot beradilar 
va bilim oluvchilarning individual hususiyatlarini hisobga olmagan holda ulardan 
javob reaktsiyasini kutadilar. Bunday yondoshuv ko’pchilik tomonidan allaqachon 
voz kechilishi kerak bo’lgan industrial davr anaxronizmi sifatida tushuniladi. 
Kimlardir bu muammoni o’quv jarayoiniga ko’proq o’qituvchlarni jalb qilgan 
holda hal qilishni taklif qiladilar. Chunki bunda har bir o’quvchiga alohida diqqat-
e’tibor qaratilib, ularning talab-istaklarini va qobiliyatlarini nazarga olgan holda 
o’quv jarayonini optimal ravishda tashkil etish mumkin. Lekin bu juda ham 
qimmatga tushadigan tadbir bo’lgani uchun, pedagogika bo’yicha ko’pchilik 
mutahassislar ta’lim jarayoniga zamonaviy komp’yuterlarning dasturiy-texnik 
vositalarini va imkoniyatlarini jalb qilish yaxshi natijalarga olib kelishi 
mumkinligini ta’kidlamoqdalar. Agarda shu yo’ldan borilsa, kelajakda 
komp’yuterlar tegishli dasturiy-texnik ta’minot yordamida har bir o’quvchi yoki 
talabaga uning intellektual, emotsional va bilim darajasiga muvofiq ravishda 
individual o’quv dasturlarini tuzib bera olgan bo’lar edilar. Misol sifatida 2008 
yilda tijoriy ko’rinishda asos solingan va Knewton — deb nomlangan o’quv 
tizimini ko’rsatishimiz mumkin. Knewton — on-layn kurslar yaratuvchilariga 
kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan usullardan foydalangan holda talabaning 
konkret predmet bo’yicha o’zlashtirishini tahlil qilish imkonini beradi. Ushbu 
yig’ilgan ma’lumotlar asosida Knewton har bir o’quvchi-talaba uchun mos 
keladigan unikal (noyob) dastur tuzib beradi. Talaba bilimining bo’sh va sayoz 
joylari nimalarda ekanligini, qanday ko’rinishdagi o’quv materiallarini u yaxshi 
o’zlashtirishini (matnmi, audio yoki videoni), endi u qaysi mavzuga o’tgani 
ma’qulroqligini mahsus dasturlar yordamida Knewton aniqlab bera oladi. O’quv 
adabiyotlarini tayyorlab beradigan dunyodagi eng katta nashriyotlardan biri 


188 
Pearson matematika bo’yicha on-layn kurslar yaratish uchun Knewton dan 
foydalanayotganligi ham uning to’g’ri yo’ldan ketayotganligini ko’rsatadi. 
Nashriyotning maqsadi – qo’llanmani o’qish bilan bir vaqtda talabaning 
muvaffaqiyatlariga mos ravishda qaytadan tashkillana oladigan interaktiv elektron 
o’quv qo’llanmalarni yaratish vaularni sotishni yo’lga qo’yishdir. Knewton 
kompaniyasi o’z ishlarini davom ettirish va kengaytirish uchun Piter Til va Rid 
Xoffman kabi venchur investorlardan 50 million dollarga yaqin investitsiyalar 
olgan.

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling