1-ma’ruza: sifat. Uning o‘ziga xos ma’nosi, morfologik xususiyatlari, sintaktik vazifalari. Belgini darajalab ko'rsata olishi sifat darajalari: oddiy, qiyosiy vaorttirma daraja. Sifatlarning otlashishi. Sifat


Download 23.88 Kb.
bet1/7
Sana03.11.2023
Hajmi23.88 Kb.
#1743983
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Darajalari oddiy, qiyosiy vaorttirma daraja. Sifatlarning otlas-fayllar.org


Darajalari: oddiy, qiyosiy vaorttirma daraja. Sifatlarning otlashishi



1-ma’ruza: 

SIFAT. UNING O‘ZIGA XOS MA’NOSI, MORFOLOGIK XUSUSIYATLARI

SINTAKTIK VAZIFALARI. BELGINI DARAJALAB KO'RSATA OLISHI - SIFAT 

DARAJALARI: ODDIY, QIYOSIY VAORTTIRMA DARAJA. SIFATLARNING 

OTLASHISHI. 

SIFAT 
Otga bog‘lanib, uning belgisini bildiradigan va qanday? qanaqa? 


so‘roqlariga javob bo‘ladigan so‘zlarga sifat deyiladi. Chiroyli ko‘ylak, baland 

bino, devoriy gazeta, qiziq gap, kuzgi ekin

SIFATLARNING MA’NO GURUHLARI 
BILIB OLING. Sifatlar qanday belgini ifodalashiga ko‘ra quyidagi 


guruhlarga bo‘linadi: 


1) xususiyat sifatlari; 2) rang-tus sifatlari; 3) maza-ta’m sifatlari;


4) hajm-o’lchov sifatlari; 5) hid sifatlari; 6) makon-zamon belgisini 

bildiruvchi sifatlar. 


Kamtar, egri, qadimgi, yozgi, ichki, keng, tor, quvnoq, chopag‘on, uzun, 


qisqa, keng, baland, tungi, xursand, quvnoq, g‘amgin, sho‘x, kamtar, 

bulturgi, qishki, kechki, kuzgi, shirin, qizil, katta, odobli, xushfe’l, behisob, 

tonggi, kuzgi, xushbo'y, muattar, oppoq, qora, tuzsiz, taxir, badbo‘y
Ma’lum belgi bir necha so‘zlar orqali ifodalanishi ham mumkin. Masalan: 

katta, ulug‘, ulkan, buyuk, gigant; chiroyli, go‘zal, xushro‘y, bejirim va boshq.


Bunday so‘zlar muayyan bir umumiy ma’no asosida birlashsalar ham, lekin ular 
bir-biridan ma’lum farqlanishga ham ega. Bunday farqlanish ularning boshqa
so‘zlar bilan bog‘lanishida, ma’lum uslubga xoslanishida aniq namoyon bo‘ladi. 
Masalan, odam so‘zi katta, buyuk, ulkan, ulug‘ sifatlarini qabul qila oladi, lekin

gigant sifati odam bilan bog‘lana olmaydi. Chunki u qurilishlarda binolarning
shakl-belgisini ifodalashga xoslangan. Shuningdek, ulug‘, buyuk so‘zlari shakl 
belgisidan tashqari xususiyat belgisini ham ifodalaydi. Bunday vaqtda ular bilan
ma’nodosh bo‘lib keladi. Ulkan, gigant  so‘zlarida esa bunday ma’no yo‘qligi 
uchun ular bilan ma’nodoshlikni hosil qila olmaydi.
Shuning uchun ham sifatlarning ma’nodoshlarini bilish va o‘z o‘rnida qo‘llay 
bilishi so‘zlovchining nutqiy mahoratini ko‘rsatadi.

Mashq: 1. Sap-sariq oltinday cho‘girilar, ko‘k beqasam to‘n kiyishib yotgan 

ananaslami yegani ko‘zingiz qiymaydi. 2.Mamat olachipor, yashil tepalikdan 

pastlikka tomon yayov kel- moqda. 3. Oftob o‘chyapti. Ko‘m-ko‘k osmonda 




suzib yurgan paxtadek yumshoq bulutlar yonayotgandek lovillardi. 4. Hovli 

tor, devorlari baland, xuddi kattakon hovuzga o‘xshar, buning ham to'rtdan 

birini ayvon egallagan edi. 5. Qoramtir osmon asta- sekin yorisha boshladi. 6. 

Chumchuqlar ham nima shirin, nima achchiqligini bilsa kerak. 7. Bir g‘uncha 

edingiz yel ham tegmagan, ifor taralardi sizdan muattar


Download 23.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling