1-ma’ruza: sifat. Uning o‘ziga xos ma’nosi, morfologik xususiyatlari, sintaktik vazifalari. Belgini darajalab ko'rsata olishi sifat darajalari: oddiy, qiyosiy vaorttirma daraja. Sifatlarning otlashishi. Sifat


Download 23.88 Kb.
bet2/7
Sana03.11.2023
Hajmi23.88 Kb.
#1743983
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Darajalari oddiy, qiyosiy vaorttirma daraja. Sifatlarning otlas-fayllar.org

SIFAT DARAJALARI 

Belgining ortiq yoki kamlik jihatidan farqlanishi sifat darajalari, ana 


shunday ma’no ifodalovchi shakllar esa daraja shakllari deyiladi.

ESDA SAQLANG. Sifatning quyidagi to‘rt xil darajasi mavjud: 1) oddiy
daraja; 2) qiyosiy daraja; 3) orttirma daraja; 4) ozaytirma daraja. 


Akademik litseyda esa 1) oddiy daraja; 2) orttirma daraja; 3) ozaytirma daraja


1) Oddiy daraja: Belgining odatdagi me’yorda ekanligini bildiruvchi va 
boshqa darajalar uchun asos bo’lib xizmat qiluvchi sifat shakli oddiy daraja 

shakli deyiladi. Shirin olma, katta bino, toza suv

1. Lola qizil, oq, sariq ranglarda tovlanib ochildi. 2. Maktabga qatnay 

boshlagandan keyin uning ko‘z o'ngida yangi olam ochildi. 3. Chakalakzor 

qorong‘ulikda vahimali va sirli ko'rinardi. 

2) Qiyosiy daraja: Belglnlng me’yordan biroz kam ekanligini qiyosan
ifodalaydigan sifat shakli qiyosiy daraja shakli deyiladi. Qiyosiy daraja shakli 


-roq qo‘shimchasi yordamida yasaladi.
— roq orqali shakllangan sifatlarda boshqa vositalar, ya’ni — dan, 
qaraganda, ko‘ra, nisbatan so’zlari keladi. Olma daraxti shoftoli daraxtiga 

qaraganda kattaroq. 

1. Bo‘yi mendan kattarog‘-u, o‘zi sap-sariq. 2.Aftidan, ovozim ham 

hozirgidan jarangdorroq edi, shekilli, ko‘pgina yig'inlarda she’r o‘qish menga 

topshirilar edi. 3. Bilmadim... oqshommi go‘zalroq, tongmi?!. Bir-biridan 

go'zal, bir-biridan fusunkor

3) Orttirma daraja: Belgining mo‘ljaldan ortiqligini, kuchliligini bildirgan
sifatlar orttirma darajadagi sifatlar hisoblanadi. 
Bunday sifatlar 1. Fonetik usul: Oddiy darajadagi sifatlarning birinchi bo‘g‘i-
nidagi oxirgi undoshning m , s yoki p undoshiga almashtirib yoki shunday undosh 

qo‘shib sifat oldidan takrorlash orqali: ko‘m-ko‘k; sariq — sap-sariq, bus-butun,



qizil — qiр-qizil kabi;


Download 23.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling