ESDA TUTING. Juft sifat qismlari -u, -yu vositasida bog‘lansa, ular
ajratib yoziladi: yakka-yu yagona.
4. TAKRORIY SIFATLAR:
Bir asosning aynan takrorlanishidan hosil
bo‘lgan sifat takroriy sifat sanaladi. Takroriy sifatlar belgini ta’kidlab,
kuchaytirib ifodalaydi. Takroriy sifat qism lari chiziqcha bilan ajratib
yoziladi. Katta-katta, yangi-yangi.
Sifatlarni tahlil qiling:
1. Barcha ezguliklar zamirida xosiyatli orzular yotadi. 2. Tuproq qatlami qalin,
sersuv yerlarda o‘sgan archalar yo‘g‘on va bo‘ydor bo'ladi. 3. Atrofdagi
hovlilardan ko'tarilgan tutunlar ko‘kimtir, mayin mavj bilan tiniq, sovuq havoda
suzadi.
4. Qo‘limda bitta sigir bor. Jonivor juda sersut, qaymog‘i suzsangiz bir
enlik keladi. 5. Bu bog‘lar ichida oq qizg‘ish, nafis, havorang marmardan qurilgan
ko‘rkam binolar, ko'shklar, kichik-kichik saroylar ko‘zga tashlana- di. 6.
Hulkaming och jigarrang yonoqlarida ajib bir qizillik o‘ynaydi.
7. Markaziy
Osiyoning erksevar, mard va jasur xalqi dushmanga qarshi mardonavor kurashdi.
8. Milliy mafkuramizda milliylik umumbashariy g‘oyalar bilan uyg'unlashib
ketgan.
9. Orzu millatga hayotbaxsh ruh bag‘ishlaydi.
10. Ona yeming xushbo‘y
tafti mast qiladi kishini.
11. U otasi Muzaffar Farmonovning bata mom aksi: dadasi
yum-yumaloq, baqaloq bo‘lsa, bu xushqad, xushsurat. 12. Samig‘ aka elliklardan
oshgan, tarvuzdek yum-yumaloq, hazilkash, shirinso‘z odam
13. O’zbek xalqi
meh- mondo‘st xalq.
14. Ko‘z oldimdan ichakuzdi qiliqlar qilayotgan qiziqchilar,
toshlami osmonga irg‘itib o‘ynayotgan polvonlar ketmasdi. 15. Osmono‘par
koshonalar, yangi libos kiygan cho‘l-u sahrolar tasviri qo‘shiq parvoziga esh
bo‘ladi 16. Kasbning katta-kichigi bo'lmaydi.
17. Shu payt toshdan tushib
kelayotgan sarg‘ish-qo‘ng‘ir ayiqning bahaybat gavdasi ko'rinib qoldi.
18. G‘ir-g‘ir
shaboda turli- tuman giyohlaming hidlarini olib keladi.
19. Baland-past devorlar
orqasidagi mevalaming oq, pushti, qizil gullariga tabassum bilan qaraysan.
20.
Menga o‘xshash esli-hushli yigitga zoriqib o'tirgan ekan.
21. Qo'llari ketmon,
o‘roq, ayri ushlayverganidan g‘adir-budur, haqiqiy dehqon edilar.
22. Ba’zan plitka
shokoladmi. arzon-garov qo g‘irchoqmi olib keladi. 23.Shag‘al to'kilgan o‘ydim-
chuqur yo‘ldan yurish it azobini bersa- da Yigitali chidadi.
Sifat
Ma’no turi
Tub yoki
yasama
Sifat
darajasi
Asliy va
nisbiy
Otlashish Tuzilishi