1-ma’ruza: sifat. Uning o‘ziga xos ma’nosi, morfologik xususiyatlari, sintaktik vazifalari. Belgini darajalab ko'rsata olishi sifat darajalari: oddiy, qiyosiy vaorttirma daraja. Sifatlarning otlashishi. Sifat


Download 23.88 Kb.
bet4/7
Sana03.11.2023
Hajmi23.88 Kb.
#1743983
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Darajalari oddiy, qiyosiy vaorttirma daraja. Sifatlarning otlas-fayllar.org

ASLIY VA NISBIY SIFATLAR 
Belgini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifodalaydigan va uni darajalab ko‘rsatish 
imkoniyatiga ega bo’lgan sifatlar asliy sifatlar deyiladi: go‘zal, chiroyli, shirin, oq, 

aqlli, yuzaki.
Belgini to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki boshqa bir tushunchaga nisbatlagan holda 
ifodalaydigan va daraja ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lmagan sifatlar nisbiy 

sifatlar deyiladi: qishki, ко ‘chma, derazali, devoriy. 

mazali, go‘zal, chiroyli, ro‘molli, sermeva, erksevar, paxtali, tonggi, so‘nggi, 

kuzgi, chillaki, yuzaki, qora, qizil, qishki, soyaki, xushbichim, do‘ppili, beor, 

serg‘alva, devsifat, devoriy 


Asliy va nisbiy sifatlaming tagiga chizing, ularni izohlang.



1. Hovlimizda ko‘cha eshikdan kiraverishda kichkina, g'ishtin uycha bor. 2. 

Temur yuksak insoniylik xususiyatlariga ega bo'lgan buyuk shaxs edi. 3. Uning 

jussasi kichkina bo‘lsa ham yuzlari jiddiy, boqishlari o'tkir, ovozi esa jarangdor. 

4. Yonbag‘irlarda rango-rang tovlanib, xushbo‘y atrini taratayotgan gullarga 

nazar tashlayman. 5. U oltmishlarga borib qolgan bo‘lsa-da, yoshlardek ikki beti 

qip-qizil, serg‘ayrat va tavakkalchi odam edi.

SIFATLARNING YASALISHI 

Sifatlar tarkibiga ko‘ra tub va yasama sifatlarga boiinadi. Tarkibida so‘z 


yasovchi qo‘shimchalar boMmagan sifatlar tub sifatlar, asos va yasovchi
qismdan iborat bo‘lgan sifatlar yasama sifatlar hisoblanadi. Yasama sifatlar 
asosga qo‘shimchalar qo‘shish yoki so‘z qo‘shish yo‘li bilan hosil qilinadi.

1) Affiksli usul (morfologik) 2) Kompazitsion usul 

(sintaktik) 

1) Affiksli usul (morfologik) : ot, fe’l va ravishga maxsus sifat yasovchi
qo’shimchalarni qo’shish orqali hosil qilinadi. 



Download 23.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling