O’zbekiston respublikasi davlat statistika qo’mitasi kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti


Group, Deutsche Bank, Unicredit Group, ING, Achmea, Rabobank, UBS


Download 4.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/363
Sana04.11.2023
Hajmi4.49 Mb.
#1748347
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   363
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Gulyamov 2020 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Group, Deutsche Bank, Unicredit Group, ING, Achmea, Rabobank, UBS, 
Banco Galicia va boshqalar) hamda 43 ta dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar 
(Temenos, Diasoft, Infosys, Sopra Banking Software, TCS Banks, IBM, SAP, 
Microsoft va boshqalar) kiradi. 
"Raqamli banking" bu bank xizmatlari internet orqali amalga oshiriladigan 
onlayn bank tizimiga o‘tishdir. "Onlayn" yoki "internet banking" bank yoki 
boshqa moliyaviy institute mijozlariga moliyaviy institute veb-sayti yordamida bir 
qator moliyaviy transaksiyalarni amalga oshirish imkonini beruvchi elektron 
to‘lov tizimidir. Ushbu tizim banklar va mijozlarga bank xizmatlarini qulay va 
tezroq amalga oshirishlariga imkon beradi. “Raqamli banking" tizimi 
jarayonlarning yuqori darajada avtomatlashuvi, xizmatlarning veb-saytlarga 
asoslanishi, institutlararo bank mahsulotlarini yetkazib berishni ta’minlovchi 
dasturiy interfeysi lovalarining (ARO) foydalanilishi, mijozlarga moliyaviy 
axborotga kompyuter, mobil telefon va bankomatlar orqali bog‘lanish 
imkoniyatining mavjudligi kabilarga asoslanadi
4
. Endi raqamli iqtisodiyot 
sharoitlarida O’zbekiston Respublikasi bank tizimini, ya’ni, raqamli banking 
muammolarini va uni rivojlantirish yo’l-yo’riqlarini ham biroz ko’rib chiqishga 
harakat qilamiz. Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, "raqamli bank" xizmati o‘ziga 
xos bir qator xususiyatlarga egadir. Ular, jumladan, respublika bank tizimi uchun 
quyidagilardan iboratdir: 
 hozirgi paytda pul massasi aylanmasining ustuvor shakli naqdsiz bo‘lib, 
tizim samaradorligini oshirish uchun mijoz bilan masofaviy elektron aloqaga 
kirishishni maksimallashtirishni nazarda tutadi; 
 autentifikatsiya usullaridan fizik, elektron, parollashgan biometrik hamda 
kombinatsiyalashgan usullardan foydalanilib, bank xizmatlari xavfsizligini 


160 
ta’minlash usullarini modernizatsiya qilishni maqsad qiladi
 
mamlakat doirasida internet orqali markazlashgan ma’lumotlar markazi "big 
data" imkoniyatlari yordamida raqamli axborot tizimi arxitekturasini tuzish va 
u orqali ma’lumotlarni boshqarishni maqbullashtirish rejalashtirilayapti; 
 bank avtomatlashtirish bo‘limlarining paydo bo‘lishi va kengayishi, boshqa 
bo‘limlarga bo’lgan ish yuklamasining kamayishi natijasida bank xizmatlarini 
va bank faoliyatini avtomatlashuvning ahamiyati oshishi; 
 bankning mijozlar bilan o‘zaro aloqasida ijtimoiy media, web-dasturlar va 
videoaloqa uskunalaridan keng foydalanish ko’zda tutilishi kabilardir. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, 
mamlakatimiz 
bank 
sektori 
resurs 
bazasi 
kengayib 
borayotganiga, 
respublikamizda 
"raqamli 
banklar
faoliyatini 
rivojlantirishga 
astoydil 
kirishilganligiga qaramasdan, yalpi ichki mahsulotga nisbatan bank aktivlari 
ulushlari anchagina kamligicha qolmoqda. Shuningdek, respublikamiz bank 
tizimida davlat ta’sirining yuqoriligi va tijorat banklari o‘rtasida erkin raqobatning 
yetarli darajada emasligi bank xizmatlarini ko‘rsatishda raqamli innovatsion 
texnologiyalarni qo‘llash, masofadan keng ko‘lamli bank xizmatlarini ko‘rsatish, 
bank tizimini keng miqyosda "raqamlashtirish" faoliyatini to’la-to’kis 
rag‘batlantira olmayapti. Endilikda respublikamizda elektron hukumat tizimining 
rivojlanishi, 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarihizmat 
doirasining 
kengayishi, internettezligi va imkoniyatlarining oshishi bank sektorida internet-
banking xizmatlarining yanada ko’payishiga xizmat qilishi kutilmoqda. 
Respublikamiz bank tizimi resurs salohiyatini oshirish va "raqamli banking"ni 
rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda quyidagi yo‘nalishlarda 
islohotlarni faollashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi deb o’ylaymiz: 
 respublikamiz bank sektorida asta-sekinlik bian davlatning monopolik 
ta’sirini kamaytirib borish va tijorat banklarining bozor institutlari 
sifatidagi mustaqilligini ta’minlash; 
 mamlakatimiz bank tizimiga xorijiy kapitalni faol jalb qilish, chet el 
banklarining turli ko’runishdagi filiallarini ochishni rag‘batlantirish; 


161 
 bank tizimida zamonaviy raqamli axborot texnologiyalarini keng qo‘llash, 
internet sifati va tezligini oshirib borish, bank infratuzilmasini yanada 
rivojlantirish; 
 tijorat banklari o‘rtasida erkin raqobatni ta’minlash, nobank kredit 
tashkilotlarini rivojlantirish orqali moliya bozorida raqobat muhitini 
shakllantirish; 
"raqamli bank" tizimini shakllantirishda muhim omil bo‘lgan zamonaviy 
bilimga ega dasturchi-moliyachi kadrlarni raqamli iqtisodiyot saaroitlarida 
ishlashga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish. 

Download 4.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling