O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4
O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi
Download 378.08 Kb. Pdf ko'rish
|
navoiyshunoslik-tahlil-sharh-va-talqinlar
O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi
Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o‘rganish masalalari DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-307-312 311 8-fevral https://tai.uz/ Xalqaro konferensiya falsafa bilan boyitishga e‟tibor qaratadi. Falsafiy yondashuvlar esa adabiy tanqid va adabiy talqin qilishni uslubiy jihatdan kengaytiradi, filologik nuqtai nazardan ularning maqsad va vazifalarni to„g„ri belgilashga xizmat qiladi. “Ibrohim Haqqulovning birgina adabiyot emas, balki boshqa fanlardan ham yetarli darajada xabardorligi, o„z xalqining faol fuqarosi sifatida siyosiy-ijtimoiy qarashlari mavjudligi, hayotni chuqur bilishidan dalolat beradi, deb yozadi E.Ochilov “Ilmga baxshida umr”nomli maqolasida. - O„z tadqiqotlarida Avesto, Qur‟on, Injil, Talmud, kabi diniy adabiyotlar, hadislar va boshqa turli diniy adabiyotlarga ham tez- tez murojaat qilib turadi”. Demak, bitta asar haqida yaratilgan turlicha tahlil va talqinlar ichida yozuvchining badiiy niyatini to„g„ri anglay olgan, tanlangan mavzu, ilgari surilgan g„oya haqida to„g„ri xulosaga kelgan asosli fikrlargina yashovchanlik qudratiga ega bo„ladi. Shu bilan birgalikda tahlil va talqinlar jarayoni inson tafakkurining o„sishiga, fikr olamining kengayishiga, inson ongosti qatlamida mudrab yotgan fikrlarning uyg„onishiga, oxir-oqibat esa butun jamoatchilik saviyasining o„sishiga, ularda ham fikrlar, yangi g„oyalar paydo bo„lishiga olib keladi. Ibrohim Haqqulning “Yana qora rang talqini haqida” (NQ, 1-kitob), “Badiiy matn va tahlil muammolari”, “She‟riy matn va obraz ma‟nodorligi”, “Navoiy she‟riyatida so„zning obrazga aylanish asoslari”, “Navoiy she‟riyatida so„z va ma‟no”, “Tamalsiz talqin g„alatdir”, “Navoiy she‟riyatida fano talqinlari” (NQ, 2-kitob), “Adabiy matn: munosabat va talqin”, “Navoiy she‟riyatida haq va shaxs munosabati” (NQ, 3-kitob), “Anosiri arba‟a: mohiyat va she‟riy talqin”, “Navoiy she‟riyatida tark tushunchasi va talqinlari”, “Navoiy ijodida “adam va vujud” falsafasi”, “Hadis va talqin mahorati” (NQ, 4- kitob) maqolalari bevosita matn tahlili va talqiniga bag„ishlangan. Faqat sanab o„tilganlargina emas, olimning har bir maqolasi, suhbat va sharhlarida ham badiiy tafakkur mahsulining bugungi kun nuqtai nazaridan tahlil va talqinlari beriladi. Ibrohim Haqqulning tadqiqotlarining yetakchi xususiyati teran fikrlilik, tahlilda izchillik, mushohadalarning o„tkirligi, nazariy bilimlarining chuqurligi, dalillash san‟atida mohirligi, bayonda ilmiy va badiiy uslubning o„ziga xos omuxtaligi bilan ajralib turadi. Olimning Navoiy ijodiga doir asarlari shoirni xalqqa, kitobxonlar qalbiga qaytishi uchun mudom xizmat qilishi shubhasizdir. Download 378.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling