O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4
O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi
Download 378.08 Kb. Pdf ko'rish
|
navoiyshunoslik-tahlil-sharh-va-talqinlar
O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi
Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o‘rganish masalalari DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-307-312 308 8-fevral https://tai.uz/ Xalqaro konferensiya va ma‟no-mohiyatiga yetib talqin hamda tahlil qilish tadqiqotlar mazmun-mohiyatini boyitmoqda. Bu borada navoiyshunos Ibrohim Haqqul tadqiqotlarini alohida ko„rsatish mumkin. Olimning 2007-2021-yillarda yaratilgan to„rt kitobdan iborat yirik fundamental tadqiqoti “Navoiyga qaytish” asari ulug„ shoir hayoti va ijodiyotini o„rganishda muhim ahamiyatga ega. To„rt qismdan iborat asarlar bir-birini to„ldiradi: buyuk mutafakkir hayoti, asarlarining yozilish tarixi bilan bog„liq yangi fakt va tahlillar, ulug„ shoir ijodiyotini to„g„ri, holis tadqiq etish yo„lidagi metodologik yondashuvlar aks etgan maqolalar, g„azal, ruboiy, qit‟alar talqin-sharhi, epik asarlar poetikasiga xos mulohazalar va adabiy-tanqidiy o„ylar, navoiyxonlik suhbatlarini o„z ichiga oladi. Ibrohim Haqqulning Navoiy ijodiga doir tadqiqotlari muvaffaqiyatini ta‟minlashda quyidagi ikki jihatning ham o„rni bor: birinchidan, olim Navoiy merosiga ulkan muhabbat bilan yondashib, shoir ruhiyati va qalbiga chuqurroq kirib borishga intiladi, ikkinchidan, har bir masalaga bugungi zamon talabi, davrning nigohi bilan qaraydi. Natijada Navoiy ijodining barcha zamon va makonlar uchun dolzarb bo„lgan o„lmas mohiyati kashf etiladi, uni o„rganish xalqimiz uchun zaruriy ma‟naviy ehtiyoj ekanligi ko„rsatiladi. “Navoiyga qaytish”da Ibrohim Haqqulning mohir talqinshunosligi ko„rinadi. Tarix, din, tasavvuf, madaniyat, san‟at, siyosat, ma‟naviyat, fan bilan bog„liq fikr- qarashlarini har bir maqolasi, tahlillari zamiriga singdiradi. Navoiy ijodiyotini real turmush bilan bog„lagan holda tadqiq etadi, fikrlarini hayotiy misollar bilan asoslaydi. Matn talqiniga tarixiy ma‟lumotlar, tazkira va manoqiblardan zarur iqtiboslar, ibratli va qiziqarli hikoyat, rivoyat va naqllarni keltirish orqali ilmiy- akademik uslubni keng kitobxon auditoriyasiga olib kiradi. “Biz yoshlarga basirat sir- asrorlarini yetarli daradjada tushuntirib, dunyoga basirat ko„zi bilan boqishni o„rgatmagunimizcha, ular Navoiy she‟riyatining tub mohiyati va go„zallik sirlarini mushohada qilishdan ojiz bo„lib qolaveradi” [I.Haqqul, 2007:5], deb ta‟kidlaydi. Albatta, zamonaviylashib, texnogen jamiyatga aylanib borayotgan davrda insoniyat ma‟naviy-ma‟rifatdan uzoqlashib, o„zi yaratgan moddiyatning iste‟molchisiga aylanib borayotgani har chin haqiqat. Shu bois, ijtimoiy fanlar, jumladan, adabiyotshunoslik o„z oldiga yangi metod va badiiy matnga yondashuvlarni qo„ya boshladi. Badiiy matnga germenevtik yondashuv zamonaviy va mumtoz asarlar tahlilida qo„llanila boshlandi. Bunda adabiyotshunos badiiy asarning poetik konsepsiyasini, ijodkor idealini teran tushunib, uni eng samarali falsafiy-estetik tamoyillar, ilmiy-nazariy |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling