O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4
O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi
Download 378.08 Kb. Pdf ko'rish
|
navoiyshunoslik-tahlil-sharh-va-talqinlar
O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi
Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o‘rganish masalalari DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-307-312 310 8-fevral https://tai.uz/ Xalqaro konferensiya hayotlari, shaxsiyat va fazilatlari bilan nihoyatda chuqur qiziqqan Navoiy bu mo„jizadan, albatta, xabardor bo„lgan” [I.Haqqul, 2007:78]. Bunday ilmiy asosga ega mulohazalar kitobxonni Navoiyga bo„lgan ehtiromini yanada oshiradi. Navoiy qo„llagan bir timsol, istiloh orqali g„azalxonni bilimini, tafakkurini oshirishga xizmat qiladi. Olimga ko„ra: “Yor yuzidagi terni ko„rish va uning mo„jizaviy qudratiga ishonchning tub asosi” bu bo„lsa, yana bir jihatini Imom G„azzoliyning “Ihyoi ulum id din”ning o„ningchi kitobidagi Rasuli akramning o„lim holatidagi yuzlaridan inju donasi kabi terlarning tomgani, undan go„zal va xushbo„yi hid taralgani hamda Rasuli akramning “Mo„minning joni ter ila, kofirniki esa hayvonning joni kabi og„iz va burun teshiklaridan chiqar” degan muborak so„zlari keltiriladi. Xulosa o„laroq olim “ter” bir ramzdurki, u orqali ma‟naviy-ruhiy mohiyat ilgari suriladi [I.Haqqul, 2007:80],–deydi. Navoiyshunoslik bu g„azalning ko„plab tahlillari amalga oshirilgan. Maqolada olim bu borada amalga oshirilgan tahlillarga munosabat bildiradi. Shuni aytib o„tish lozimki, badiiy talqin ijodkor aytmoqchi bo„lgan g„oyani aniqlash bilan birga ijodkorning shuurida kechgan fikrlarni ham kashf etish san‟atidir. I.Haqqul Navoiy bayon qilmoqchi bo„lgan mushohadalarni, g„oyani teran anglaydi, Navoiy ruhoniyatiga yaqin boradi. O„zi ta‟kidlaganidek, “Navoiy hayotga ko„ngil nigohi bilan nazar tashlar ekan, ma‟no, tuyg„u, taassurot, tasvir – hamma-hammasini yo dard, yo iztirob yoki holat orqali, albatta, ko„ngilga bog„laydi” [I.Haqqul, 2011:139]. Navoiy majoz va timsol sifatida ko„zdan ilohiy ishq, irfoniy haqiqatlar mohiyatini yoritish uchun ham nihoyatda mohirlik bilan foydalangan, deydi olim[ I.Haqqul, 2011:140]. Baytdagi ko„z timsolini tahlil qilarkan, adabiyotshunos “Navoiy majoz va timsol sifatida ko„zdan ilohiy ishq, irfoniy haqiqatlar mohiyatini yoritish uchun ham nihoyatda mohirlik bilan foydalangan”ini ta‟kidlaydi.Talqin asnosida ko„zning poetik obraz sifatida xalq og„zaki ijodida, dunyoviy va tasavvufiy she‟riyatdagi badiiy-falsafiy mohiyatiga e‟tibor qaratadi. Imom G„azzoliy, Mahmud Shabustariy, Junayd Bag„dodiy fikr-qarashlari bilan Navoiy qo„llagan ko„z timsolini g„oyaviy xususiyatlarini o„quvchiga nukdadonlik bilan yetkazadi. Navoiyni o„qish va uqishda qiynalgan kitobxonga uni tushunish u qadar imkonsiz emasligiga ishonch uyg„otadi. Tahlil mas‟uliyatini olim shunday izohlaydi: “Mumtoz she‟riyatda qo„llanilgan so„z, ibora va atamalarning istilohiy, ramziy-majoziy ma‟nolarini eski ilmiy, tarixiy, adabiy manbalarga tayanmasdan, u yo bu shoir yashagan davr odamlarining fikr-qarashlari bilan hisoblashmay, ularni biz to„g„ri izohlashga erisholmaymiz” [ I.Haqqul, 2011:141]. Matn talqini falsafiy mushohadaga yo„l ochadi. I.Haqqul tadqiqotlarida badiiyatni falsafa bilan yaqinlashtiradi, adabiyotni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling