O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4


O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi


Download 378.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana17.06.2023
Hajmi378.08 Kb.
#1551483
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
navoiyshunoslik-tahlil-sharh-va-talqinlar

O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi 
Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023
O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti 
Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini 
o‘rganish masalalari 
DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-307-312
 
 
 
 
 
 
311
 
8-fevral 
https://tai.uz/ Xalqaro konferensiya 
falsafa bilan boyitishga e‟tibor qaratadi. Falsafiy yondashuvlar esa adabiy tanqid va 
adabiy talqin qilishni uslubiy jihatdan kengaytiradi, filologik nuqtai nazardan 
ularning maqsad va vazifalarni to„g„ri belgilashga xizmat qiladi.
“Ibrohim Haqqulovning birgina adabiyot emas, balki boshqa fanlardan ham 
yetarli darajada xabardorligi, o„z xalqining faol fuqarosi sifatida siyosiy-ijtimoiy 
qarashlari mavjudligi, hayotni chuqur bilishidan dalolat beradi, deb yozadi E.Ochilov 
“Ilmga baxshida umr”nomli maqolasida. - O„z tadqiqotlarida Avesto, Qur‟on, Injil, 
Talmud, kabi diniy adabiyotlar, hadislar va boshqa turli diniy adabiyotlarga ham tez-
tez murojaat qilib turadi”. 
Demak, bitta asar haqida yaratilgan turlicha tahlil va talqinlar ichida yozuvchining 
badiiy niyatini to„g„ri anglay olgan, tanlangan mavzu, ilgari surilgan g„oya haqida 
to„g„ri xulosaga kelgan asosli fikrlargina yashovchanlik qudratiga ega bo„ladi. Shu 
bilan birgalikda tahlil va talqinlar jarayoni inson tafakkurining o„sishiga, fikr 
olamining kengayishiga, inson ongosti qatlamida mudrab yotgan fikrlarning 
uyg„onishiga, oxir-oqibat esa butun jamoatchilik saviyasining o„sishiga, ularda ham 
fikrlar, yangi g„oyalar paydo bo„lishiga olib keladi. Ibrohim Haqqulning “Yana qora 
rang talqini haqida” (NQ, 1-kitob), “Badiiy matn va tahlil muammolari”, “She‟riy 
matn va obraz ma‟nodorligi”, “Navoiy she‟riyatida so„zning obrazga aylanish 
asoslari”, “Navoiy she‟riyatida so„z va ma‟no”, “Tamalsiz talqin g„alatdir”, “Navoiy 
she‟riyatida fano talqinlari” (NQ, 2-kitob), “Adabiy matn: munosabat va talqin”, 
“Navoiy she‟riyatida haq va shaxs munosabati” (NQ, 3-kitob), “Anosiri arba‟a: 
mohiyat va she‟riy talqin”, “Navoiy she‟riyatida tark tushunchasi va talqinlari”, 
“Navoiy ijodida “adam va vujud” falsafasi”, “Hadis va talqin mahorati” (NQ, 4-
kitob) maqolalari bevosita matn tahlili va talqiniga bag„ishlangan. Faqat sanab 
o„tilganlargina emas, olimning har bir maqolasi, suhbat va sharhlarida ham badiiy 
tafakkur mahsulining bugungi kun nuqtai nazaridan tahlil va talqinlari beriladi. 
Ibrohim Haqqulning tadqiqotlarining yetakchi xususiyati teran fikrlilik, tahlilda 
izchillik, mushohadalarning o„tkirligi, nazariy bilimlarining chuqurligi, dalillash 
san‟atida mohirligi, bayonda ilmiy va badiiy uslubning o„ziga xos omuxtaligi bilan 
ajralib turadi. Olimning Navoiy ijodiga doir asarlari shoirni xalqqa, kitobxonlar 
qalbiga qaytishi uchun mudom xizmat qilishi shubhasizdir. 

Download 378.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling