O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4
O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi
Download 378.08 Kb. Pdf ko'rish
|
navoiyshunoslik-tahlil-sharh-va-talqinlar
O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi
Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o‘rganish masalalari DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-307-312 309 8-fevral https://tai.uz/ Xalqaro konferensiya metodlar asosida talqin qilish orqali badiiy haqiqat mohiyatga yaqin keladi. Shu bilan birgalikda tahlil va talqinlar jarayoni inson tafakkurining o„sishiga, fikr olamining kengayishiga, inson ong osti qatlamida mudrab yotgan fikrlarning uyg„onishiga, oxir- oqibat esa butun jamoatchilik saviyasining o„sishiga, ularda ham fikrlar, yangi g„oyalar paydo bo„lishiga olib keladi. Ma‟lumki, “adabiyotshunos ham talqinni o„quvchi sifatida boshlaydi, ya‟ni u ham talqinni talqin qiladi – obrazlar vositasida aks ettirilgan voqelikni tasavvurida qayta yaratadi. Biroq uning talqini shu amalning o„zi bilan cheklanmaydi, u tadqiq ham etadi. Adabiyotshunos, jumladan, asardagi obrazlarni tasavvurida jonlantirish asosida qayta akslangan voqelikni real voqelik (asarda aks etgan va asar o„qilayotgan davr voqeliklari) bilan muqoyasa qilish, shu asosda muayyan xulosalar chiqarishga intiladi [Quronov, 2015: 24]. Germenevtika matnni idrok etish va tushunish masalalari bilan shug„ullanadi, ya‟ni so„zlovchi va tinglovchi yoxud ijodkor va o„quvchi o„rtasidagi o„ziga xos dialogdir. Germenevtika zohiriy ma‟no ostida yashiringan ma‟noning ochilishi deb ta‟riflanadi. Shuningdek, tushuntirish va tushunish talqin deb atash mumkin bo„lgan murakkab jarayonning nisbiy momentlarini tashkil qiladi [Ricoeur, 1986:162]. Bir maqola doirasi talqinshunos Ibrohim Haqqulning “Navoiyga qaytish” kitoblarining birinchi va ikkinchi jildlaridan o„rin olgan Navoiyning mashhur “Qaro ko„zum” radifli g„azali tahliliga bag„ishlangan “Terning siri” va “Qaro ko„zum kelu...(Bir bayt tahlili)” maqolalariga munosabat bildirish va bu orqali mumtoz matnning matnosti ma‟nolari germenevtik tahlillar orqali amalga oshirilganiga guvoh bo„lamiz. Olim g„azal matni arxitektonikasidagi ter va ko„z timsollarining talqinini ikki maqola doirasida tahlilga tortadi. Germenevtik yondashuvga ko„ra bu – butunni qism orqali ko„rsatish bo„lib, asar yoki matnning har bir qismi ma‟lum bir ma‟noni o„z ichiga oladi va asarni o„qish davomida shu qismlar birlashtirilib, butun ma‟no kashf etiladi. “Yuzida terni ko„rib o„lsam, ey rafiq, meni, Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg„il” baytidagi ter obrazini talqini etar ekan olim uni badiiy timsol o„laroq “Muhammad alayhissalomning mo„jizalari” hamda Imom G„azzoliyning “Ihyoi ulum-id din” kitoblaridagi payg„ambarimiz Muhammad a.s hayoti bilan bog„liq voqea-hodisotlar bilan dalillaydi. “Muhammad alayhissalomning mo„jizalari” kitobida o„qiymiz: “O„n ikkinchi mo„jiza: Muborak peshonalari erdiki, andin terlar tomg„on erdi, darhol ul tikan gul bo„ldi. Onhazrat sallolohi alayhi vasallamning terlarini as‟hob yuzlariga surtur edilar, toki xushbo„y bo„lg„aylar”. Bu hodisotni olim ishonch bilan aytadiki, “Hazrati payg„ambar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling