O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining M. T. O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti


Oliy tal’limda o‘z faoliyati davomida quyidagi fanlar bo‘yicha laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni olib borgan


Download 46.01 Kb.
bet2/3
Sana21.04.2023
Hajmi46.01 Kb.
#1369658
1   2   3
Bog'liq
Abduxamidov S. Тақдимнома хокимдан

Oliy tal’limda o‘z faoliyati davomida quyidagi fanlar bo‘yicha laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni olib borgan:
“Mexanika”, “Amaliy mexanika” va “Mexanika.Materiallar qarshiligi”.
S.K.Abduxamidov ilmiy faoliyati davomida to‘garaklar ham tashkil qilib, ustoz-shogird an’analarini ham yo‘lga qo‘ygan. 2020-yil da u rahbarlik qilgan “Mustahkamlik, bikirlik va ustuvorlik” nomli to‘garagi a’zosi Ashuraliyev Bunyod 2020-yilda o‘tkazilgan “Materiallar qarshiligi” fanidan Respublika fan olimpiadasida Respublika bosqichida birinchi o‘rin sohibi bo‘lgan.
Jamoada o‘tkaziladigan anketa tuzish va sotsiologik so‘rovlar ma’lumotlariga binoan, jumladan, oliygohning “Ichki nazorat va monitoring” bo‘limi tomonidan har bir o‘quv yilida talabalar orasida o‘tkaziladigan “Professor-o‘qituvchilar talabalar nigohida” anketa-so‘rovlarida S.K.Abduxamidovning ish saviyasiga ijobiy baho berilgan.
S.K.Abduxamidov O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining M.T.O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining Suyuqlik, gaz va gidrouzatish tizimlari mexanikasi laboratoriyasida ilmiy faoliyatini davom ettirib bir qancha maqolalar chop ettirib “Gidrodinamik tenglamalarni sonli yechish usullari” mavzusidagi ilmiy ishi yuzasidan izlanishlar olib bormoqda.
Yuqoridagi dissertatsiya mavzusi asosida 45 dan ortiq ilmiy maqola, shu jumladan, 20 tasi xorijiy ilmiy jurnallarda, shuningdek, 1 ta Scopus bazasidagi xalqaro xorijiy jurnal va konferensiyada ilmiy maqolalar chop ettirgan.
Talabgor S.K.Abduxamidov tomonidan ilmiy-pedagogik faoliyati davomida
45 dan ortiq
ish e’lon qilingan, 15 ta xorijiy jurnallarda, jumladan (1 ta Scopus bazasidagi xalqaro xorijiy jurnalda), (14 ta boshqa xorijiy) jurnallarda va 10 dan ortiq respublika OAK miqyosidagi jurnallarda, 20 ta xalqaro va respublika konferensiyalarida ilmiy maqolalar chop etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan 1 ta EHM uchun dasturga guvohnoma olingan.

Download 46.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling