O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlardan muhofaza


Download 287.7 Kb.
bet10/39
Sana06.11.2023
Hajmi287.7 Kb.
#1752089
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39
Bog'liq
Reja Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qili-fayllar.org

Surxondaryo viloyati. Respublikaning eng janubida joylashgan bo‘lib,
Amudaryoning o‘ng irmog‘i Surxondaryo havzasini tashkil etadi. Surxondaryo
viloyatining maydoni 20,8 ming kv. km bo‘lib, respublika hududining 4,7% ni
tashkil etadi. Aholisi 1,3 mln. dan ortiq. Havzaning tabiiy chegarasi shimolda
Xisor, sharqda Bobotog‘, g‘arbda Ko‘xitong tog‘lari, janubda esa Amudaryo bilan
chegaralanib turadi. Viloyatning relef tuzilishidagi umumiy qiyalik shimoldan
janubga tomon pasayib boradi. Boshqa viloyatlar hududi kabi Surxondaryo
viloyatida ham ko‘chkilar ikki sababdan yuzaga kelib, qayd qilingan tog‘larning
yonbag‘irlarida keng tarqalgan. Viloyatdagi eng yirik Janubiy Surxon suv ombori
atrofida ham jarlanish bilan ko‘chkilar uyg‘unlashib ketganligini ko‘ramiz. Suv
omborining shimoli-g‘arbiy tomonida bu hodisalarning aksariyat ko‘prok
uchrashini kuzatishimiz mumkin. Viloyatlar ichida Surxondaryo Orol havzasidagi
yirik daryo (Amudaryo) atrofidagi qirg‘oqni yuvish va o‘pirilish hodisalari
nisbatan ko‘proq uchrashi bilan ajralib turadi. Ko‘chkilarning erga texnik ishlov
berish natijasida yuzaga keladigan turi SHerobod botiqligining markaziy va
shimoliy qismlarida ko‘proq uchraydi. Hozirgi vaqtda vohadagi avtomobil
yo‘llarini qurish va mavjud yo‘llarni kengaytirish ishlari natijasida ham
ko‘chkilarning biroz ko‘payganini ko‘rish mumkin. O‘pirilish-ko‘chki jarayoni
Qayroqsoyning janubi-g‘arbiy tomonlarida keng tarqalgan. Bu joylardagi lyoss
qatlamlari daryoning (Surxondaryo) o‘ng qirg‘og‘ida nisbatan ko‘proq bo‘lgani



uchun namgarchilik ta’sirida er ko‘chishi tez rivojlanmoqda. Surxondaryo viloyati


favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari olib borayotgan sa’y-harakatlari
natijasida ko‘chkidai zarar ko‘rgan xo‘jaliklar deyarli yo‘q. Ammo, keyingi 40
yillikdagi xavfli geologik hodisalardan ko‘rinib turibdiki, ko‘chkilar ko‘payib
bormoqda, ya’ni 90-yillardagi ko‘chkilar soni 80-yillarga nisbatan uch baravar
ortgan.

Download 287.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling