O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlardan muhofaza


Favqulodda vaziyatlarda aholini himoya qilish


Download 287.7 Kb.
bet18/39
Sana06.11.2023
Hajmi287.7 Kb.
#1752089
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39
Bog'liq
Reja Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qili-fayllar.org

Favqulodda vaziyatlarda aholini himoya qilish 

Favqulodda vaziyatlarda aholini himoya qilishning asosiy usullari. 
Tinchlik va urush vaqtlarida favqulotdagi vaziyatlarda aholini muhofaza qilish
fuqaro muhofazasining asosiy vazifalaridan biridir.
Tinchlik vaqtida favqulotdagi vaziyatlarda aholini muhofaza qilishning asosiy 
yunalishlari quyidagicha: 
1. Aholini favqulotdagi vaziyat boshlanishi yoki boshlanganligi haqida
xabardor qilish.
2. Aholini favqulotda vaziyat sodir bo‘lgan joylardan boshqa xavfsiz joylarga
evakuatsiya qilish.
3. Aholini fuqaro muhofazasini muhofaza qilish joylariga ko‘chirish
(berkitish).
Urush vaqtida aholini favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilishning asosiy 
yunalishlari quyidagicha: 
1. Aholini fuqaro muhofazasining muhofaza qilish joylariga berkitish.
2. Aholini evakuatsiya qilish, ishchi va xizmatchilarni va ularning oilalarini
birinchi kategoriya obektlaridan, shahardan tashqarida joylashgan, xavfsiz
zonalarga va shahar tashqarisidagi hududlarga ko‘chirish.
3. Aholi tomonidan shaxsiy individual himoya vositalarini nafas olish va terini
himoya qilish uchun ishlatladigan anjomlardan, medik vositalardan foydalanish.
Radiaktiv zararlanish va kimyoviy zaharlanish paytidagi chora tadbirlar. 
1. SHaxsiy himoya vositalaridan foydalanish.
2.Fuqaro muhofazasining muhofaza qurilmalarida berkinish va eng oddiy
joylarda berkinish.
3. Zaharlangan joylarda bo‘lganda belgilangan rejimlarga rioya qilish.
4. Zaharlangan joylardan zaharlanmagan joylarga evakuatsiya qilish.
5. Tibbiyot vositalarni ishlatishni qo‘llash.
6. To‘la va qisman sanitar tadbirlarini olib borish.
Suv bosgan joylarda aholini muhofaza qilish. 
1. Aholini asosan xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish;
2. Suv bosishi mumkin bo‘lgan hududlarda yashovchi aholini oldindan
ogohlantirish, sodir bo‘lgan taqdirda qanday choralarni ko‘rishni oldindan
tushintirish;



3. Tezkor evakuatsiya zarur bo‘lmagan vaqtda balandroq joylarga chiqib


olish, keyinchalik esa xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish.
Aholini muhofaza qilishda fuqaro muhofazasi muhandislik xizmati, ishchilar,
korxona ishchilari quyidaga ishlarni o‘tkazishlari kerak:
1. Fuqaro muhofazasi muhofaza qilish joylarini qurish, shuningdeq er osti
qurilmalarini ta’mirlash (er to‘lalarni, er osti o‘tish joylarini).
2. Qutqarish ishlarida ishtirok etish va boshqa ishlarni bajarish,
imoratlarni tiklash, fuqaro muhofazasi qurilmalarini va muhandislik
qurilmalarini tiklash.
YOng‘inlar bilan kurashish.
YOng‘in, bu- kuchli issiqlik natijasida moddiy va ma’naviy boyliklarni bir
necha daqiqada yo‘q qiluvchi, atrof-muhitni izdan chiqaruvchi favqulodda
vaziyatdir. YOng‘in uy sharoitida nazorat qilinishi mumkin bo‘lgan dastlabki
daqiqadan uch daqiqagacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida nazorat qilib bo‘lmaydigan
darajada kuchayadi.
YOnginlarga qarshi kurash asosan yong‘inga qarshi kurashadigan
xizmatchilarga
zimmasiga
yuklatilgan,
ular
zamonaviy
texnika
bilan
ta’minlangandirlar. YOng‘inlarga qarshi kurashishni takomillashtirish uchun
yong‘inga qarshi muhofazani rejalashtirib borish va amaliy mashg‘ulotlarni
o‘tkazib turish zarur. Fuqaro muhofazasida butun aholini yong‘inga qarshi
kurashishgi o‘rgatish kerak, kerakli moslamalarni saqlash lozim. Elektr asbob-
uskunalar, apparatlar, isitgichlar va isitish anjomlarini yong‘inga qarshi
moslanganligi maqsadga muvofiqdir.

Download 287.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling