O’zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlardan muhofaza


O‘zbekistondagi suv omborlaridagi suv hajmi kuyidagicha


Download 287.7 Kb.
bet14/39
Sana06.11.2023
Hajmi287.7 Kb.
#1752089
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
Bog'liq
Reja Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qili-fayllar.org

O‘zbekistondagi suv omborlaridagi suv hajmi kuyidagicha: 
1.
Toshkent
Suv ombori
250 mln. m
3
2.
Jizzax
Suv ombori
85 mln. m
3
3.
Kattaqurg‘on
Suv ombori
900 mln. m
3
4.
CHorvoq
Suv ombori
2 mln.-m
3
5.
Andijon
Suv ombori
1mlr.754 mln. M
3
6.
CHimqurgon
Suv ombori
300 mln. m
3
7.
Uchqizil
Suv ombori
165 mln. m
3
8.
Karkedon
Suv ombori
218 mln. m
3
9.
Kosansoy
Suv ombori
165 mln. m
3
10.
Kuyimozar
Suv ombori
300 mln. m
3
Vatanimizning tabiiy tuzilishi, gidrometeorologik sharoiti, muhandis-
gidrogeologik inshootlari boshqa tabiiy ofatlar kabi toshqin bo‘lib turishi va uning
xavfi yuqoriligidan dalolat beradi. Ayniqsa bu hodisa suv tarmoqlari atroflarida
juda ko‘p tarqalgan. Toshqinlarning hosil bo‘lishi, garchan bir xil sababdan
bo‘lsada, ya’ni ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi natijasida me’yoridan ko‘p
yog‘ingarchilik bo‘lishi, aholi yashash joylari va hududlarga turli ta’sir ko‘rsatadi.
Bular ichida eig kuchlisi halokatli toshqinlar hisoblanib, ular uzoq muddat yoqqan
yomg‘ir natijasida yuzaga keladi. Bizning sharoitda toshqinlar bilan birga sellar
doimiy kuzatiladi. Selli toshqinlar odatda qisqa vaqtda paydo bo‘lib, asosiy
xususiyatlaridan biri shitob bilan suv kelishi oqibatida suv inshootlari atrofini,
qirg‘oqlarni, ba’zan to‘g‘on va ko‘priklarni yuvib ketadi. Natijada suv sathining
ko‘tarilishidan katta-katta maydonlarga suv bostirib yuborishi oqibatida shu
joydagi ekinlar, muhandislik inshootlari katta zarar ko‘radi. Bunday noxush
holatlarning oldini olish bo‘yicha ilmiy muassasalar muammoning echimiga katta
e’tibor berib keng miqyosdagi izlanishlar olib borayotgan bo‘lsa, hukumat,
mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari esa joylarda mavsum sharoitida
tayyorgarlik ko‘rish va tadbirlarni uyushqoqlik bilan qisqa muddatda o‘tkazish
yo‘llarini ishlab chiqishmokda. Ayniqsa daryolar, soylar va turli gidroinshootlar
atroflarida sohillarni mustahkamlash, obod maskanlarga aylantirish vazifalari
hukumat qarorlarida o‘z aksini topgan. SHu bois, turli suv inshootlari atrofidagi
maydonlarni go‘zal go‘shaga aylantirib odamlar hordiq chiqaradigan kichik-kichik
dam olish shohobchalari tashkil etish mahalla qo‘mitasi faollarining diqkat-
e’tiborida bo‘lishi kerak. Lekin. yuqorida ta’kidlaganimizdek, tabiiy ofatlar
to‘satdan paydo bo‘lib, hayotimizga katta xavf solishi bilan birga chegara
tanlamaydi. Erning zaif va pastkam joylarini butkul buzib yuboradi.



Respublikamizda ro‘y beradigan toshqinlarning yana bir xususiyati, ular qo‘shni


davlatlar hududlarida paydo bo‘lib, butun talafotni bizning aholi va hududlarga
etkazadi. CHunki, Vatanimizning sharqiy, janubi-sharqiy hududlari baland
tog‘liklar bilan o‘ralgani uchun suv tarmoklarining boshlanish qismi qo‘shni
davlatlarda bo‘lgan, shu tog‘lardagi buloqlardan to‘planadi. SHu bilan birga
ko‘pgina daryolarning boshlanish joyida muzliklar, ko‘llar bo‘lgani uchun ob-havo
harorati ko‘tarilib ketishi oqibatida ulardagi suv miqdorining oshishi ham ma’lum
xavf tug‘diradi. Mazkur muammoning oldini olish va doimiy kuzatish bo‘yicha
«O‘zgidromet» tasarrufidagi tarmoq kuzatish xizmati xodimlari mavsumiy
vaqtlarda tunu-kun ish olib boradilar. SHu kabi tashkilotlar qo‘shni davlat
hududlarida ham mavjud. Hozirgi davrning talabi bo‘yicha olib borilayotgan
tadbirlar amaliy jihatdan samarali bo‘lishi uchun Markaziy Osiyo davlatlarining
kuzatish xizmatlari orasida ma’lumot ayirboshlash ishlarini yo‘lga qo‘yish, doimo
ishonchli ma’lumot bilan hamkorlikda ish olib borishni taqozo etmoqda. Bunga
yaqqol misol tariqasida XX asrning oxirida “SHohimardon fojiasi” deb tarixga
muhrlangan Farg‘ona vodiysidagi fojiani keltirish mumkin. YUqorida qayd
qilinganidek, mazkur fojia qo‘shni Qirg‘iziston mamlakati hududida boshlanib
SHohimardonsoy bo‘yiga juda katta talafotlar keltirdi. Fojianing asosiy sababi yoz
oylarida harorat keskin ko‘tarilishi bilan Qirg‘izistonning O‘sh viloyati
tog‘liklaridagi Oqsuv Daryosining yuqori qismida joylashgan qor va muzlar erishi
oqibatida suv miqdori birdaniga oshib ketib, soatiga 200 m/soniya tezlikda harakat
qilishi natijasida SHohimardonsoy va uning quyi oqimlarida sel oqovalariga
aylandi. Natijada ko‘pgina insonlar nobudgarchiligi bilan (100 dan ortiq), shu
joydagi kommunikatsiya inshootlari, yo‘llar, maishiy xizmat maskanlariga katta
talafot etkazdi. Jumladan, 52 xo‘jalik, 36 ta dam olish maskani, 4 ta bolalar
oromgohlari va boshqa yirik miqyosda olib borilgan tadbirlar natijasida aholi
xavfsiz joylarga ko‘chiriddi. Tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf egashga
respublikadagi barcha tashkilotlar o‘z hissalarini qo‘shishdi.
Aholi va hududlarni toshqin, sellardan muhofaza qilishning birinchi talabi
daryo, soy o‘zanlari atrofini mustahkamlashdan iborat. SHunday tadbirlar Oqsuv
va SHoximardonsoy atroflarida olib borilib, qirg‘oqlar qum-shag‘al, temir-beton
mahsulotlari bilan mustahkamlandi.
Albatta, respublikamizda bunday joylar ko‘plab uchrab turadi va hayotimiz
xavfli jarayonlardan kafolatlanmagan. SHuning uchun aholi yashaydigan
hududlarda ma’lum xavfsizlik choralarini oldindan ko‘rib qo‘yishimiz,
hushyorlikni oshirishimiz zamon talabidir. Bunday holatlarda birinchi galda
amalga oshiriladigan ishlardan yana biri aholini o‘z vaqtida ogohlantirishdir.
Lekin, ogohlantirishdan avval aholini tabiiy ofatga tayyorlash zarur. Buning uchun
tushuntirish ishlari bilan bir qatorda tabiiy ofatlarning sababi, tarqalishi to‘g‘risida



ma’lumot berib, ro‘y bergan taqdirda avvalo xotirjamlikni saqlash, ortiqcha


vahimaga berilmaslik alomatlarini har birimizning qalbimizga singdirishimiz
kerak. SHundagina holatni tez baholay olamiz va harakatni to‘g‘ri olib boramiz.

Download 287.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling