O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti
Xotin-qizlarning nodavlat notijorat tashkilotlari
Download 4.4 Mb.
|
IJTIMOIY-FALSAFA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish
Xotin-qizlarning nodavlat notijorat tashkilotlari. Mamlakatimizda xotin-qizlarning manfaatlarini ifoda etadigan nodavlat notijorat tashkilotlarining soni ko‘paymoqda. Bunday tashkilotlarga O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Tadbirkor ayollar uyushmasi, “Ayol liderlar” markazi, “Ayol va jamiyat” instituti kabilar kiradi.
Xotin-qizlarning nodavlat notijorat tashkilotlari davlatning ishonchli hamkori sifatida ijtimoiy muammolarni hal etishda hamda gender tengligiga erishishga (ayollar bilan erkaklaro‘rtasidagi munosabat madaniyatini yuksaltirish orqali ayollar masalalarini echishga)301 qaratilgan siyosat olib borishda hukumatga yordam beradi. Bugun respublikamizda xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ular orasida tadbirkorlikni rivojlantirish, sport va sog‘lom turmush tarzini yoyishga yo‘naltirilgan Xotin-qizlar nodavlat notijorat tashkilotlarining soni 100 dan ziyoddir302. Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida XX asrning 50-yillaridan so‘ng davlat boshqaruvining “nomarkazlashuvi” natijasida mahalliy (g‘arbda munitsipal deb yuritiladi) o‘zini o‘zi boshqarish organlari jamiyatning asosiy institutlaridan biriga aylandi. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish (yoki munitsipal “municipal”(ing.) – “o‘zini o‘zi boshqarish”) deb u yoki bu ma’muriy-hududiy birliklardagi aholi vakolatlarini ifodalovchi saylangan organlar va ularning ma’muriy apparati tomonidan amalga oshiriladigan mahalliy ahamiyatga ega ishlarni boshqarishga aytilad303. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish demokratik prinsiplar asosidagi boshqaruvdir. Uning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: - mazkur organlarning fuqarolar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylanishi; - mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqaruvning nisbiy mustaqilligi. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat boshqaruvining unsurlarini tashkil etadi. SHu bilan birga, ular joylardagi mahalliy davlat organlari tizimiga taalluqli bo‘lmaydi. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mansabdor shaxslari fuqarolar tomonidan saylanadi va mahalliy aholining vakillari sifatida rasmiy faoliyat olib boradilar. Bu organlarning iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi faoliyati aholi uchun beqiyos ahamiyatga ega. O‘zini o‘zi boshqarish organlarida davlat boshqaruvi bo‘g‘inlariga nisbatan ma’muriyatchilikka berilish kamroq bo‘ladi. SHu kabi barcha ijobiy xususiyatlar mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning demokratik qadriyatlardan biriga aylanishiga imkoniyatlar yaratadi. YUqoridagi fikrlarning asosiy xulosasi shuki, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishning asosiy omillari qatoriga siyosiy partiyalar, nodavlat notijorat tashkilotlari va mahalla institutlari faoliyati kiradi. Ular aholining huquqiy va siyosiy madaniyatini oshirish, siyosiy qarorlar qabul qilish, fuqarolik jamiyatini qaror toptirish, davlat hokimiyati organlaridan to‘liq mustaqil bo‘lishini ta’minlaydigan huquqiy mexanizmlar yaratish, fuqarolarni qonunlar ishlab chiqish va qabul qilish jarayonlaridagi umumxalq muhokamalarida, eng muhimi, demokratiya tamoyillarni ta’minlashda yaqin istiqboldagi islohotlarning asosiy mezonidir. Download 4.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling