O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti


Download 4.4 Mb.
bet185/311
Sana14.11.2023
Hajmi4.4 Mb.
#1772978
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   311
Bog'liq
IJTIMOIY-FALSAFA

Birinchi bosqich, mustamlaka bo‘lgunga qadar o‘tgan davr. Bu bosqich taxminan XIX asrning 60-yillarigacha bo‘lgan davrni qamrab olib - dehqonlar (mirishkorlar), hunarmandlar, xalq ichida yuruvchi san’atkorlarning noprofessional birlashmalarini o‘z ichiga oladi. hashar - qandaydir xususiy yoki ijtimoiy muammoni hal qilishda umumiy yordam ko‘rsatish o‘zbek xalqining eng qadimiy an’anasi sifatida, vaqtinchalik mehnat fuqarolik ittifoqi shakli deb hisoblash mumkin. Bundan tashqari O‘zbekistonda o‘z-o‘zini boshqarishning o‘ziga xos modeli mavjud bo‘lib kelgan va hozirda ham amal qilmoqda, bu – mahalladir.
Ikkinchi bosqich, mustamlakachilik davri, ya’ni kolonial bosqich (1865-1917 yillar) siyosiylashgan jamiyatlardan iborat edi. Bu jamiyatlar chorizm va mahalliy boshqaruv hukumatining zulmiga qarshi qaratilgan edi. SHuningdek, manfaatlar asosida tuzilgan turli adabiy to‘garaklardan iborat edi (masalan ziyolilar yig‘iladigan bedilxonlik, mashrabxonlik, navoiyxonlik kechalari). Bu davrda hattoki, arxeologiya, sayroqi qushlar ixlosmandlarining mahalliy to‘garaklari, shashmaqomchilar jamiyati va boshqalar tuzildi. Barcha to‘siqlarga qaramasdan, so‘fiylarning diniy jamoalari ham faoliyat ko‘rsatib kelgan. Tabiyki, mustamlaka rejimi o‘zga g‘oyaning har qanday ko‘rinishini, milliy uyg‘onish va fuqarolar mustaqil faoliyatini har tomonlama bo‘g‘ishga harakat qildi.
Uchinchi bosqich, «sovet» mustamlakachiligi davri (1917-1985 yy.). Mazkur bosqich sovet hokimiyati tomonidan “kommunizm qurish ishida xalqning siyosiy faolligini” butun dunyoga ko‘rsatish maqsadida foydalanildi. Bular:

  • ixtirochilar va ratsionalizatorlarning ilmiy-texnik jamiyati, radiohavaskorlar ilmiy-texnik jamiyati, «Bilim» ilmiy-texnik jamiyati va boshqalar;

  • jismoniy tarbiya va sport sohasida – «Dinamo» jamiyati, «Spartak» jamiyati va boshqalar;

  • nogironlarning - O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati, O‘zbekiston karlar jamiyati va boshqalar;

  • qiziqish bo‘yicha – shaxmatsevarlar jamiyati, ovchilar va baliqchilar ittifoqi va boshqalar;

  • professional sohada - O‘zbekiston bastakorlar ittifoqi, O‘zbekiston arxitektorlar ittifoqi, O‘zbekiston yozuvchilar ittifoqi va boshq.;

  • tashqi-siyosiy targ‘ibot sohasida – tinchlikni saqlash qo‘mitasi, Osiyo va Afrika xalqlari bilan birdamlik qo‘mitasi va boshq.;

  • madaniy-tarixiy sohada – tarixiy va madaniy yodgorliklarni himoya qilish O‘zbekiston jamiyati va boshq.;

  • gumanitar sohada - O‘zbekiston Qizil Xoch va Qizil YArimoy Jamiyati, suv (havzalari)da qutqarish Jamiyati va boshqalar.

Ushbu tashkilotlarning hammasi rasmiy xarakterga ega bo‘lgan – tabiiyki, buni aholidan sir tutish qiyin edi, zero aholi orasida ularga nisbatan ikki tomonlama yondashuv shakllandi: bir tomondan, hamma ularning zarurligini tushunardi, boshqa tomondan esa, ularning foydasiz ekanligini ko‘rishdi (yoki shunga guvoh bo‘lishdi). Sovet hukumati bu birlashmalarning har qanday siyosiylashuviga nihoyatda ehtiyotkorona munosabatda bo‘lgan. Ayniqsa ushbu jamoatchilik birlashmalariga ularning deyarli befoyda ekanligini namoyon qilgan a’zolikning «ixtiyoriy-majburiy» xarakteri odamlarning g‘ashiga tegar edi.

Download 4.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   311




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling