O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti
Bakalavrlar tayyorlash sifatini baholash
Download 4.4 Mb.
|
IJTIMOIY-FALSAFA
8 Bakalavrlar tayyorlash sifatini baholash
8.1 Oliy ta’lim muassasasi tayyorgarlikning kafolatli sifatini, jumladan: - ish beruvchilar vakillarini jalb qilish bilan bitiruvchilarning tayyorgarlik sifatini ta’minlash bo’yicha strategiyani ishlab chiqish; - ta’lim dasturlari vaqt-vaqti bilan taqrizlash, monitoringi; - ta’lim oluvchilarning bilim va malakalari darajasini, bitiruvchilarning kompetensiyalarini baholashning obyektiv jarayonini ishlab chiqish; - o’qituvchilar tarkibi kompetentligini ta’minlash; - faoliyatni (strategiyani) kelishtirilgan mezonlar bo’yicha baholash uchun muntazam tahlillar va boshqa ta’lim muassasalari bilan ish beruvchilar vakillarini jalb qilgan holda taqqoslash yo’li bilan ta’minlashi lozim. 8.2 Bakalavriat yo’nalishlari bo’yicha kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish quyidagilardan iborat: ichki nazorat – oliy ta’lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi. Ichki nazorat oliy ta’limning boshqaruvchi vakolatli davlat idorasi tomonidan tasdiqlangan nazorat reyting tizimi to’g’risidagi Nizom asosida o’tkaziladi; yakuniy davlat nazorati davlat ta’lim standartlariga muvofiq fanlar bo’yicha Davlat attestasiyalari va bitiruv malakaviy ishi himoyasini o’z ichiga oladi; davlat-jamoat nazorati oliy ta’limning boshqaruvchi vakolatli davlat idorasi, jamoat tashkilotlari va kadrlar buyurtmachilari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi; tashqi nazorat Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat test markazi Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalarini attestasiya qilish Boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Tayyorlangan kadrlar sifatini baholash kadrlar iste’molchilari tomonidan ularning mehnat faoliyati jarayonida amalga oshiriladi. 8.3 Har bir fan bo’yicha bilimlarni joriy va oraliq nazorat qilishning muayyan shakli va o’quv jarayoniga tadbiq etilishi OTM tomonidan mustaqil ishlab chiqiladi va talabalar e’tiboriga o’qishning birinchi oyi davomida yetkaziladi. 8.4. Talabalarning o’zlashtirishi joriy nazorati va oraliq attestasiyasi dasturlari ularning bo’lajak kasbiy faoliyati sharoitlariga maksimal yaqinlashtirilishi uchun sharoitlar OTM tomonidan yaratilishi kerak. Buning uchun muayyan fan o’qituvchilaridan tashqari tashqi ekspertlar sifatida ish beruvchilar, turdosh fanlardan dars beruvchilar va boshqalar bu jarayonga faol jalb qilinishi kerak. 8.5 Yakuniy davlat attestasiyasi bakalavr bitiruv malakaviy ishi himoyasini o’z ichiga oladi. Bitiruv malakaviy ishining mazmuni, hajmi va tuzilmasiga bo’lgan talablar bitiruvchilarning yakuniy davlat attestasiyasi o’tkazish haqidagi Nizom asosida oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadi. 8.6 Oliy ta’lim muassasasi: oliy ta’lim muassasalari davlat attestasiyasi va akkreditasiyasi to’g’risidagi Nizomga muvofiq ushbu standart talablariga va bakalavr tayyorlash sifatiga rioya qilish; professor-o’qituvchilar tarkibi va o’quv-yordamchi xodimlar saviyasining malaka talablariga mos kelishi; har bir integrasiyalashtirilgan fanni o’quv dasturigida ko’zda tutilgan o’quv-metodik adabiyotlar, O’MM, shuningdek, mustaqil ta’lim va mustaqil tayyorgarlik uchun materiallar bilan ta’minlash; o’quv jarayonining moddiy-texnikaviy ta’minlanganligi uchun to’la mas’uldir. Download 4.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling